Salomatlik Salomatlik Vitamin, kletchatka va kalsiyga boy bo‘lgan karamda yana qanday foydali moddalar mujassam?

Vitamin, kletchatka va kalsiyga boy bo‘lgan karamda yana qanday foydali moddalar mujassam?

O'qildi: 309


Vitamin, kletchatka va kalsiyga boy bo‘lgan karamda yana qanday foydali moddalar mujassam?

Karamdoshlar oilasiga mansub keyl, pekin karami, sholg‘omkaram va boshqalar kaloriyasi kamligi, salomatlik uchun muhim sanalgan kletchatka, fitonutriyent va minerallarga boy ekani bilan o‘ziga xosdir.

Foto: “Domashniy ochag”

Bir porsiya xom karamda(200 grammga yaqin)quyidagilar mujassam bo‘ladi:

  • 33 kaloriya;
  • 1 gramm yog‘;
  • 0 milligramm xolesterin;
  • 25 milligramm natriy;
  • 329 milligramm kaliy;
  • 6 gramm uglevod;
  • 3 gramm oqsil;
  • 2,5 gramm kletchatka;
  • A vitaminining 133 foiz kunlik me’yori;
  • C vitaminining 134 foiz kunlik me’yori;
  • kalsiyning 10 foiz kunlik me’yori;
  • B6 vitamining 10 foiz kunlik me’yori;
  • magniyning 7 foiz kunlik me’yori.
Karamning qanday xususiyatlari bor?

Karamdagi mikroelement, antioksidant va vitaminlar quyidagicha foyda beradi:

Surunkali kasalliklarning kelib chiqish xavfini kamaytiradi.

Ko‘rish qobiliyatini saqlashga yordam beradi: bir porsiya karamda lyutein karotinoidi, zeaksantin va beta-karotinning kunlik me’yoridan ko‘prog‘i mujassam bo‘ladi. Ushbu moddalar ko‘z to‘qimalarini ultrabinafsha nurlarining zararli ta’siridan himoya qiladi va kataraktaning kelib chiqish xavfini kamaytiradi.

Qon bosimini pasaytirishga yordam beradi: karam, shuningdek, boshqa sabzavotlar tarkibidagi kaliy, kalsiy va magniy, natriyning ta’sirini neytrallashtiradi.

Suyaklarni mustahkamlaydi: Karamda suyaklarning mustahkamligiga javob beradigan kalsiyning 10 foiz kunlik normasi bo‘ladi.

Karamda qancha kletchatka bo‘ladi?

Karam bir qarashda uncha ko‘p bo‘lmagan, ya’ni 2 gramm kletchatkani o‘z ichiga oladi. Ammo tayyorlangan salat yoki pishirilgan holida iste’mol qilinsa, 8—10 gramm kletchatka bilan to‘yinish mumkin.

Karam foydalimi yoki ismaloq?

Ismaloqda mushaklar to‘qimasining salomatligi uchun muhim bo‘lgan magniy, temir va foliy kislotasi bisyor bo‘ladi. Karam esa karotinoiddan tashqari kalsiy, o‘simlik oqsillari hamda C vitaminining koni. Shunday ekan ularni qo‘shib, salat tayyorlash orqali vitaminlarga to‘yinish mumkin.

Karamni xomligicha iste’mol qilish kerakmi?

Xohishga qarab iste’mol qilish mumkin. Avvalroq o‘tkazilgan tadqiqotda qaynatilgan karamning foydasi xominikidan kam emasligi aniqlangan. Ratsionda qancha ko‘p bo‘ladigan bo‘lsa, shuncha yaxshi. Qanday holda iste’mol qilish esa o‘zingizga bog‘liq. Agar ta’mi taxir tuyiladigan bo‘lsa, avokado yoki boshqa foydali yog‘ga solib, qovursangiz bo‘ladi. Faqat kletchatka va foydali moddalardan xoli bo‘lgani sabab karam sharbatini iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi.

Karamdan tayyorlangan chips foydali bo‘ladimi?

Uydagi karamdan tayyorlangan chipsda kaloriya kartoshkali variantdan kamroq bo‘ladi. Do‘kondan xarid qilganda esa tarkibi bilan tanishib chiqish kerak. Unga kam va foydali yog‘, tuz, murch, biroz ziravorlar qo‘shilgan bo‘lishi kerak.

Karam Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha ishchi guruhning(EWG)2019-yildagi pestitsidlari miqdori ko‘p bo‘lgan sabzavotlar ro‘yxatidan o‘rin olgan. Pestitsidlarning mahsulot orqali haqiqiy ta’sirini aniqlashning sinalgan usuli yo‘q. Tekshiruvdan avval yuvib tozalangan bo‘lsa-da, qoldiqlarni iste’mol qilishning xavfini baholab bo‘lmaydi. Aksariyat tadqiqotlarda karamni ko‘p miqdorda iste’mol qilishning zararidan ko‘ra foydasi ko‘pligi isbotlangan.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.