Ortiqcha vazndan xalos bo‘lishda qahvani qay tarzda ichishga oid 5 qoida
Nature Communications jurnalida e’lon qilingan tadqiqot natijalari kuniga 2-4 stakan tabiiy qahva tanadagi yog‘larni faolroq eritishga va olingan kaloriyalarni energiyaga aylantirishga yordam berishini tasdiqladi. Ammo buning uchun bir nechta qoidalarga rioya qilish muhimdir.
Foto; PinterestNonushtadan keyin qahva iching
Hech qachon och qoringa qahva ichish mumkin emas: kofein oshqozon shilliq qavatini bezovta qilishi mumkin. Ammo ertalabki nonushtani issiq ichimlik bilan tugatish, kofein metabolizmni yaxshilashiga olib keladi va metabolizm kun davomida 8-11 foizga tezlashadi.
Mashq qilishdan 40 daqiqa oldin bir stakan qahva iching
Jismoniy mashqlar va mashg‘ulotlar samaraliroq bo‘lishi uchun 40 daqiqa oldin bir stakan qahva ichish tavsiya etiladi. Chunki kofein kuchli energiya beradi, bu insonga faolroq mashq qilishiga va natijada ko‘proq kaloriya yo‘qotishgan yordam beradi.
Qahva uxlashdan kamida 4 soat oldin ichilmasligi kerak
Sog‘lom uyqu nafaqat salomatlik, balki go‘zal qomat uchun ham zarurdir. Agar uyqu yetarlicha bo‘lmasa, ertasi kuni noto‘g‘ri ovqatlanish odatlariga ko‘proq moyil bo‘lish mumkin. Bundan tashqari, uyqusiz tundan keyin faollashadigan kortizol ham vazn ortishiga hissa qo‘shadi.
Faqat qora qahva iching
Sut, qaymoq, shakar, ayniqsa, siroplar ichimlikni yanada mazali qilishi mumkin, ammo ular sog‘liqqa yoki qomatga foyda keltirmaydi. Agar qora qahvani ichish qiyin bo‘lsa, asal va yog‘siz sut bilan qabul qilish mumkin, lekin boshqa shakarli qo‘shimchalar qat’iyan taqiqlanadi. Ayniqsa, sut va sirop bilan tayyorlangan doimiy qahva ichimligi shirinlik kabi ko‘p kaloriyani o‘z ichiga oladi.
Miqdorni oshirib yubormang
Qahvaning maksimal xavfsiz sutkalik dozasi 400 mililitrni tashkil qiladi. Me’yordan ortiq qahva ichish yurak-qon tomir va asab tizimi uchun xavflidir. Shuningdek, stress, albatta, ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga yordam bermaydi.
Mavzuga doir:
- Noto‘g‘ri parhez: Nima uchun faqat sabzavot va mevalarning o‘zini iste’mol qilish mumkin emas?
- Oson ozish uchun nima qilish kerak?Vazn tashlashga yordam beradigan 4 tavsiya
- Ekspertlar qahva ichish uchun eng yaxshi vaqtni ma’lum qildi
- Qomatni saqlab qolamiz: kuz faslida vazn ortmasligi uchun 5 ta maslahat
- Umrni uzaytiradi, yoshlikni saqlab qoladi: qahvaning sog‘liq uchun 10 ta foydasi
Manba