Salomatlik Salomatlik Qora ro‘yxat: sog‘lom va sarvqomat bo‘lish uchun tiyilish tavsiya qilinadigan 5 mahsulot

Qora ro‘yxat: sog‘lom va sarvqomat bo‘lish uchun tiyilish tavsiya qilinadigan 5 mahsulot

O'qildi: 281


Qora ro‘yxat: sog‘lom va sarvqomat bo‘lish uchun tiyilish tavsiya qilinadigan 5 mahsulot

Qomat va salomatlikda muammo bo‘lmasligi uchun qaysi mahsulotlardan voz kechish kerakligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Foto: Grazia

Qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari

Zararli mahsulotlar ro‘yxatida kolbasa, sosiska, konserva mahsulotlari, muzlatilgan kotletlar, naggets va boshqa yarim tayyor mahsulotlar yetakchilik qiladi. Bularning barida tuz, konservantlar va boshqa kimyoviy qo‘shimchalar bisyor bo‘ladi. Eng yomoni, bu kabi mahsulotlar qondagi xolesterin miqdorini oshirib, vazn ortishi hamda yurak kasalliklariga sabab bo‘lishi mumkin.

Mayonez

Mayonez eng zararli souslardan biri sanaladi. Aksariyat ayollar ushbu mahsulotni zararli va kaloriyali yegulikning ramzi deb biladi. Erkaklar esa mayonezni universal hisoblab, uni deyarli barcha taomga qo‘shishga tayyor bo‘ladi. Uyda tayyorlangan mayonez o‘simlik yog‘i, tuz, sirka va biroz ziravorlarni o‘z ichiga oladi. Do‘kondan xarid qilingan variantida esa qo‘shimchalar mo‘l bo‘ladi.

Margarin

Margarin suv asosida ishlab chiqarilgan sun’iy yog‘ hamda, asosan, gennomodifikatsiyalangan soyadan olinadigan o‘simlik yog‘ini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, ushbu mahsulot tarkibida xolesterin miqdorini oshirish bilan birga, yurak kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan transyog‘lar ham mavjud.

Myusli

Bo‘tqa, omlet va sirnik pishirgandan ko‘ra myusli tayyorlash a’lo yechimdek tuyuladi. Tayyorlash oson bo‘lgani bilan, ushbu mahsulot katta miqdordagi shakar, o‘simlik yog‘i va ta’m kuchaytiruvchi qo‘shimchalarning koni hisoblanadi. Uning 100 grammida taxminan 400 kilokaloriya mujassam.

Yog‘sizlantirilgan mahsulotlar

Yog‘sizlantirilgan mahsulotlar kundan kunga mashhurlikka erishmoqda. Ishlab chiqarish va iste’molga bo‘lgan talab tobora yuqori bo‘lgani bilan, bu kabi yogurt, tvoroglar siz o‘ylaganingizchalik parhezbop bo‘lmaydi. Ishlab chiqaruvchilar yog‘ning o‘rniga ta’m kuchaytirgich va boshqa kimyoviy qo‘shimchalardan foydalanadi. Qolaversa, yaroqlilik muddatini cho‘zish uchun transyog‘lar qo‘shiladi.

Mavzuga doir: 

  • Sut mahsulotlari nima uchun ayniydi va bunday vaziyatda nima qilish kerak?
  • Muzlatkichdagi yoqimsiz hidni bartaraf qilishga yordam beradigan 7 tavsiya
  • Kir yuvish mashinasi o‘rniga muzlatkichdan foydalanish mumkin bo‘lgan 9 vaziyat
  • Yaroqlilik muddati yakuniga yetgan mahsulotlardan nima tayyorlash mumkin?


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.