Аyollarda osteoporoz kasalligi
Osteoporoz – surunkali kasallik bo‘lib, suyaklarda mineral moddalarining almashinuvi buzilishi oqibatida asta-sekin zichligining pasayishiga va suyak to‘qimalarining buzilishiga olib keladi. Suyaklar shu darajada mo‘rtlashib, hatto yiqilish natijasida ham sinishi mumkin. Bu kasallik shunchalik dolzarbki, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, osteoporoz yuqumli bo‘lmagan kasalliklar orasida: yurak-qon tizimi kasalliklari, saraton va qandli diabetdan keyin to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. 65 yoshdan oshgan ayollarda tez-tez uchraydigan son suyagi bo‘yinchasi sinishining asosiy sababi osteoporozdir.
Foto; “Lego-Naki”Xavfli omillar ikki turda bo‘ladi:
Boshqarib bo‘lmaydigan, odamning o‘ziga bog‘liq emas.
- menopauza davri, ayniqsa, erta boshlangan bo‘lsa;
- 65 yoshdan kattalar;
- irsiy moyillik;
- avval suyaklar singan bo‘lsa;
- bo‘qoq, qandli diabet va boshqa endokrin kasalliklarida;
- surunkali ichak, jigar, buyrak kassaliklarida;
- homiladorlik davrida;
- yotib qolgan bemorlarda.
- kalsiy moddasini kam iste’mol qilish;
- vitamin D yetishmasligi;
- chekish, spirtli ichimliklar qabul qilish;
- kamharakat, o‘troq turmush tarzi;
- semizlik.
Dastlabki bosqichda kasallik hech qanday belgiga ega emas, shuning uchun bu kasallik bilan og‘rigan bemor arzimagan holatlarda suyagi sinishi natijasida shifokorga murojaat qiladi. Osteoporozning boshqa belgilari odatda umurtqa pog‘onalarida bir nechta kompression yoriqlaridan keyin paydo bo‘ladi:
- bo‘y pasayishi;
- qorinning chiqib qolishi;
- ko‘krakda, to‘sh sohasida og‘riq, ko‘ngil aynishi, jig‘ildon qaynashi;
- qorinning tez to‘yishi;
- vazn kamayishi;
- bel va umurtqada og‘riqlar, ayniqsa, havo ayniganida;
- qomatning bukchayishi;
- qovurg‘alarning pastki chegarasi toz suyagiga yaqinlashib, hatto tegib turishi.
- umurtqa pog‘onasi – 46 foiz;
- son suyagi bo‘yinchasi – 20 foiz;
- yelka va bilak – 15 foiz;
- tananing boshqa qismlari – 19 foiz.
Umurtqa pog‘onasi suyaklarining kompression sinishi, darz ketishi. Sinish hatto oddiy harakatlarda ham bo‘lishi mumkin: kuchli yo‘tal, egilib yerdan narsa ko‘tarishda. Ko‘pincha ko‘krak va bel qismida kuzatiladi. Umurtqa deformatsiyalashadi, surunkali og‘riqlar paydo bo‘ladi, nafas olish tizimi kasallanadi. Son suyagi bo‘yinchasi sinishi odatda yon tomonga yiqilganda sodir bo‘ladi. Bemor yotib qoladi, tomirlar tromboemboliyasi, yotoq yaralar paydo bo‘ladi.
Profilaktika
Birlamchi profilaktika bolalikdan boshlanadi. Suyak massasi va mustahkamligini yaratish uchun yetarli miqdorda kalsiy, vitamin D iste’mol qilish kerak va muntazam ravishda jismoniy faol bo‘lish lozim.
Ikkilamchi profilaktika kasallik aniqlanganda qo‘llaniladigan choralardir:
- kasallik haqida ma’lumotga ega bo‘lish;
- jismoniy faollik – mushaklarning kuchini, koordinatsiyani saqlashga va suyak zichligini oshirishga yordam beradi;
- xilma-xil oqsilni yetarli miqdorda iste’mol qilish, kalsiy va vitamin D bilan boyitish;
- chekish va spirtli ichimliklardan voz kechish;
- bemorning xavfsizligiga erishish choralari – ko‘rishini nazorat qilish, odatiy yuradigan yo‘llarini yaxshi yoritish, har-xil to‘siqlar bo‘lmasligi, ushlash uchun tutqichlar, hammomda tutqichlar bo‘lishi, narsalarni qo‘l yetadigan tarzda qulay qilib joylashtirish, yiqilib tushmasligiga sharoit yaratish kerak.
Manba