Salomatlik Salomatlik Maksimal darajada foydali bo‘lishi uchun qaysi mahsulotlarni boshqasi bilan qo‘shib iste’mol qilish kerak?

Maksimal darajada foydali bo‘lishi uchun qaysi mahsulotlarni boshqasi bilan qo‘shib iste’mol qilish kerak?

O'qildi: 266


Maksimal darajada foydali bo‘lishi uchun qaysi mahsulotlarni boshqasi bilan qo‘shib iste’mol qilish kerak?

Foydali deb hisoblangan ayrim mahsulotlarning o‘zini iste’mol qilib, kutilgandek natijaga erishmaslik mumkin. Gap shundaki, vitamin va minerallar hamda foydali moddalar so‘rilishi uchun mahsulotlarni boshqa biri bilan to‘g‘ri umumlashtirish muhim sanaladi.

Foto: Elle

Ismaloq va qulupnay

Organizmga temir moddasi yetishmaydiganlar uchun ushbu variant ayni muddao. Ismaloq tarkibida mujassam bo‘lgan taxminan 3 mg temir moddasi qulupnay, limon, kivi va boshqa mevalarda topish mumkin bo‘lgan C vitamini bilan yaxshi so‘riladi. Ushbu mahsulotlarni bir-biriga qo‘shib, fantaziyani ishlatgan holda yengil hazm bo‘ladigan salat tayyorlash, ta’mi yanada o‘ziga xos bo‘lishi uchun esa limon sharbati qo‘shish mumkin.

Salat va o‘simlik yog‘i

Salatga o‘simlik yog‘i qo‘shib iste’mol qilish kaloriyani kamaytirish maqsadida yog‘ning istalgan turidan voz kechishni afzal bilganlar uchun yaxshi umumlashma hisoblanadi. Xom sabzavotlardan tayyorlangan salatga hech nima qo‘shmay tanovul qilganda organizm bu qadar ko‘p kletchatkani hazm qilishga qiynaladi va oqibatda oshqozonda diskomfort kuzatiladi. O‘simlik yog‘i esa foydali moddalarning so‘rilishini ta’minlash xususiyatiga ega hisoblanadi. Hatto eng jiddiy parhezda ham muhim sanalgan foydali yog‘lar iste’molidan qo‘rqishga hojat yo‘q. Agar yog‘ni xush ko‘rmasangiz, unda salatga tarkibida omega-9 yog‘ kislotasi bo‘lgan avokado qo‘shish tavsiya qilinadi.

Banan va yogurt

Kalsiy organizmga yaxshi so‘rilishi uchun uni tarkibida probiotiklar singari ta’sir ko‘rsatuvchi inulin bo‘lgan mahsulotlar bilan birga iste’mol qilish kerak. Ushbu modda sarimsoq, piyoz, bug‘doy va bananda mujassam bo‘ladi. Ro‘yxatda nomi keltirilganlardan banan va yogurt yoki tvorog eng yaxshi umumlashma bo‘ladi.

Olma va qora shokolad

Olma kversetin, qora shokolad esa katexinni o‘z ichiga oladi. Ushbu antioksidantlarning umumlashmasi esa yurak faoliyatini, qon aylanishini yaxshilaydi. Maksimal darajada foydali bo‘lishi uchun ulardan shirinlik tayyorlab ko‘ring. Buning uchun eritilgan qora shokoladga olma bo‘lagini botirib oling. Bir soat sovitkichda turganidan keyin uni bemalol iste’mol qilishingiz mumkin.

Ko‘k choy va limon

Ko‘k choy qondagi qand miqdorini me’yorlashtiradigan va moddalar almashinuvini yaxshilaydigan antioksidantlarga boy mahsulotdir. Bir necha tadqiqotlarda esa limonning choydagi foydali moddalar so‘rilishini yaxshilashi aniqlangan.

Suli yormasi va oqsil

Har ikki mahsulot tarkibida kuchli antioksidantlik xususiyatiga ega bo‘lgan fitoximikalin mavjud. Aynan shu sabab ham suli yormasiga mevalarni qo‘shib iste’mol qilish ko‘proq foyda beradi. Natijada qondagi qand miqdori pasayadi va to‘qlik hissi uzoq vaqt saqlanib qoladi.

Qahva va dolchin

Deyarli kaloriyasiz, ammo antioksidantlarning koni hisoblangan dolchin qora qahva uchun eng yaxshi qo‘shimchadir. Dolchin moddalar almashinuvini jadallashtiradi, kofein bilan umumlashmasi esa yog‘larni samarali eritadi.

Xumus va zaytun yog‘i

Xumus zaytun yog‘i bilan qo‘shilganda qondagi “baxt gormoni” — serotonin miqdorini oshirish xususiyatiga ega. Zaytun yog‘i esa foydali ekanidan tashqari, uzoq vaqt to‘q yurishga hissa qo‘shadi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.