Salomatlik Salomatlik Qon bosimini dorilarsiz pasaytirish uchun 8 tavsiya

Qon bosimini dorilarsiz pasaytirish uchun 8 tavsiya

O'qildi: 290


Qon bosimini dorilarsiz pasaytirish uchun 8 tavsiya

Gipertoniyada samara berishi mumkin bo‘lgan maslahatlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Foto: Freepik

Ortiqcha vazndan qutuling

Har bir yo‘qotilgan kilogramm qon bosimi ko‘rsatkichini bittaga kamayishiga sabab bo‘ladi. Ozishning eng yashi yo‘li muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanish hisoblanadi.

Kun davomida 30 daqiqa jismoniy faollik

Aerobika mashqlarini bajaring, uzoq vaqt piyoda yurish, velosiped uchish, suzish va raqs tushish qon bosimining me’yorga kelishiga sabab bo‘ladi, qolaversa, kayfiyat ham ko‘tariladi. Buning uchun kun davomida 30 daqiqa sarflashning o‘zi kifoya. Shunda qon bosimi ko‘rsatkichi 5-8 taga kamayadi.

Bo‘tqa iste’mol qiling

Jismoniy zo‘riqish bilan birga, to‘g‘ri ovqatlanish yo‘lga qo‘yilsa, arterial bosim 11 taga pasayadi. Ratsionda meva, sabzavot, dukkakli mahsulotlar bo‘lishiga e’tibor qarating. Yarim tayyor mahsulotlar va yog‘lardan esa tiyiling. Shuningdek, tuz miqdoriga ham e’tiborli bo‘lish kerak. Gap shundaki, natriy qon tomirlarni quritib, arterial qon bosimi ortishiga sabab bo‘ladi.

Nafas olishni me’yorlashtiring

Chuqur nafas oling!Tadqiqotlarda aniqlanishicha, to‘g‘ri chuqur nafas olish — arterial qon bosimini pasaytirishning eng samarali usuli. Besh marta nafas olib, nafas chiqaring. Shu bilan birga, diafragma bilan nafas olish kerakligini esdan chiqarmang. Nafas olganda yelkalaringiz qimirlamasin. Yaxshi natija uchun to‘g‘ri vaziyatni egallang, ko‘zlaringizni yuming. Bu mashq yordamida stress kamayib, qon bosimi yaxshilanishi mumkin.

Oyoq va qo‘llarga issiq vanna qiling

45 daraja issiqlikdagi suvga 10 daqiqa davomida qo‘l yoki oyoqlaringizni solib turing. Issiq suv qon tomirlarini kengaytiradi va qon aylanishi yaxshilanib, arterial bosim pasayadi.

Karkadeli choy iching

Karkadeli choyning sovug‘i qon bosimini pasaytiradi, issig‘i esa aksincha.

Olma sirkasidan kompress qiling

Olmali sirka ham qo‘l va oyoqlar vannasi singari ish beradi. Kompress qilish uchun dokani olmali sirkaga namlab, matoni oyoq kaftiga 10-15 daqiqaga qo‘ying. Qon oyoq qismiga boradi va bosim me’yorlashadi.

Xantaldan foydalaning

Oddiy xantalni oyoqqa qo‘yib ham qon bosimini me’yorlashtirish mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.