Salomatlik Salomatlik Allergiya mavsumi: simptomlarni dori vositalarisiz kamaytirish usullari

Allergiya mavsumi: simptomlarni dori vositalarisiz kamaytirish usullari

O'qildi: 428


Allergiya mavsumi: simptomlarni dori vositalarisiz kamaytirish usullari

Ma’lumki, allergiya belgilari yildan yilga kuchayib bormoqda. Yaxshiyamki, fan bir joyda turmaydi va ko‘p hollarda siz dori-darmonsiz vaziyatni yengillashtirishingiz mumkin.

Foto: Getty Images

Umid qilamizki, allergiya bilan kurashishning eng yaxshi usullarini ko‘rib chiqish sizga qulay va sog‘lom hayotga qaytishga yordam beradi.

Uy sharoitiga o‘zgartirishlar kiriting

Allergiya mavsumida uydagi ayrim jihozlar ham uning boshlanishiga turtki beradi. Masalan, par yostiq yoki ko‘rpalar. Allergiya davri o‘tib ketgunga qadar yoki umuman uning qo‘zg‘atuvchilaridan foydalanish tavsiya etilmaydi. Shuningdek, chang ham allergiyani qo‘zg‘atadi. Shuning uchun imkon qadar uyning chang bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur.

Ko‘katlar iste’mol qiling

Ismaloq, salat bargi kabi ko‘katlar karotinoidlarga boy, bu allergik rinitning intensivligini kamaytirishi mumkin. Iloji boricha ulardan ko‘proq iste’mol qilish kerak.

Lekin meva, sabzavot va donli mahsulotlardan ehtiyot bo‘lish lozim. Chunki har bir organizm har qanday mahsulot bilan boshqacha reaksiyaga kirishadi. Allergiya davri tugagach, ushbu ovqatlarni cheklovsiz tanovul qilish mumkin.

Choyni asal bilan iching

Uyda allergiyadan qanday qutulish mumkin?Issiq choy burun yo‘llarini ochadi, asal esa yo‘talni yengillashtiradi. Bundan tashqari, ko‘plab tadqiqotlarga ko‘ra, asal allergik simptomlarning intensivligini kamaytiradi. Ko‘pgina shifokorlar asal allergiyaga qarshi vaksina bo‘lib xizmat qilishiga ishonadi: agar u allergiya boshlanishidan oldin muntazam iste’mol qilinsa, immunitet mustahkamlanadi.

O‘simlik terapiyasini sinab ko‘ring

Maxsus dorivor o‘simliklar og‘iz orqali yuborish uchun kapsula shaklida sotiladi va allergiya alomatlarini kamaytirish uchun ishlatiladi. Ba’zi shifokorlar uni qo‘llash samarasi antigistaminlarga qaraganda past emasligiga ishonchi komil.

Ko‘proq dam oling

Stress har qanday allergik reaksiyani kuchaytiradigan kortizol darajasini oshiradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, odam charchaganini his qilganda simptomlar intensivligi deyarli ikki barobar ortadi. Shuning uchun me’yorida dam olish tavsiya etiladi.

Akupunkturani sinab ko‘ring

Allergiyadan qutulish mumkinmi?Akupunktura(igna sanchib davolash)ham simptomlarni kamaytirishi mumkin. Haqiqat shundaki, akupunktura allergik reaksiyaning intensivligi bog‘liq bo‘lgan stress gormonlarining miqdorini kamaytiradi.

D vitaminini qabul qiling

Bu vitamin immunitet tizimini mustahkamlashga yordam beradi. Bir qator tadqiqotlar D vitaminining past darajasi va allergiya xavfining ortishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladi. Ushbu vitaminni qabul qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashish zarur.

Allergiyadan butunlay qutulish mumkinmi?

Allergiya paydo bo‘lishining oldini olishning eng yaxshi usuli — reaksiyaga sabab bo‘ladigan narsalardan uzoq yurish. Shuning uchun dastlab allergiya qo‘zg‘atuvchilarini aniqlab olish zarur. Natijada allergiya mavsumida undan tiyilish hisobiga uning simptomlarini kamaytirish mumkin, xolos.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.