Muammolardan darak beruvchi ter hididagi o‘zgarishlar
Hatto yoqimli hidlar ham salomatlikda muammo borligini anglatishi mumkin. Inson tanasidan chiquvchi hidning o‘zgarishiga nima sabab bo‘lishini ma’lum qilamiz.
Foto: PinterestAlbatta, yugurish va sport bilan shug‘ullanganda paydo bo‘ladigan ter hidi tabiiy holat hisoblanadi. Shuningdek, tana hidining o‘zgarishi har doim ham kasallik emas. Ammo qachon bu me’yor hisoblanadi?
Oyoqlar va qo‘ltiq osti sohasi hidi mutlaqo normaldir. Bu joylar boshqalarga qaraganda kuchliroq hidlanadi. Ammo gigiyenaga muntazam rioya qilishda ham ularning hidida o‘zgarish bo‘lsa, bunga alohida e’tibor qaratish zarur. Yuvilganda ham qo‘l, ko‘krak yoki oyoqlar hidini aniq sezilsa, bunga jiddiy e’tibor qaratish lozim.
Og‘iz bo‘shlig‘i hidi
Hamma ham ertalab og‘iz bo‘shlig‘i hidini sezmaydi. Og‘iz ikki sababga ko‘ra hidlanadi: og‘iz qurishi yoki uyqu apnoesi. Bundan tashqari, yomon hidga jigar, buyrak, bronxit va boshqalar sabab bo‘lishi mumkin.
Oyoqlar terlashi
Poyabzal kiygandan keyin oyoqdan hid keladi. Ammo ularni yuvgandan keyin ham hid sezilsa, u oyoqlarda ko‘pincha uchrovchi qo‘ziqorin(gribok)kasalligini anglatadi. Shuning uchun bir zumga bo‘lsa ham birovning poyabzalini kiyish tavsiya etilmaydi. Shuningdek, ushbu kasallik ko‘p vaqtini sifatsiz poyabzalda o‘tkazadiganlarda ham rivojlanadi.
Meva hidi
Albatta, g‘alati tuyilishi mumkin, lekin og‘izdan kelayotgan meva hidi ko‘pincha qandli diabetni anglatadi. Xushbo‘y hidning yoqimli o‘zgarishi hammani adashtirishi mumkin. Agar atrofdagilar yoki o‘zingiz buni sezsangiz, shifokorga ko‘rinish kerak.
O‘ta yoqimsiz ter hidi
Ter hidi kelishi barchada ham tabiiy holat. Biroq ko‘krak, qorin va oyoqlari kabi noodatiy joylardagi terning o‘tkir hidi ovqat hazm qilish muammolaridan darak berishi mumkin. Ter hidi o‘zgarishi sabablari har doim shifokor bilan muhokama qilishga arziydi
Badan hidi
Stress tana hidlanishining asosiy sabablaridan biridir. Bunday ter mashg‘ulotdan keyingi terdan farq qiladi. Stressli ter feromonlarni o‘z ichiga oladi va harakat paytida sovigan terdan boshqa bezlar tomonidan chiqariladi.
Agar inson ko‘p terlayotganini bilsa, shu daqiqalarda o‘zini tinchlantirish yo‘lini topishga harakat qilishi kerak. Agar terning hidi o‘zgarsa, shifokorga murojaat qilishi kerak va ular yengil tinchlantiruvchi vositalarni tavsiya qilishi mumkin.
Mavzuga doir:
- Ter hidi, tomir chiqishi va jigardagi muammolar yuzaga kelganini bildiruvchi boshqa alomatlar
- Qo‘llarga qarab aniqlash mumkin bo‘lgan 7 ta jiddiy kasallik
- Ayollarning og‘riqli go‘zalligi: Yuzda ortiqcha tuklar ko‘payishining 7 sababi
Manba