Salomatlik Salomatlik Diyetolog tomonidan eng foydali quruq mevalar nomi ma’lum qilindi

Diyetolog tomonidan eng foydali quruq mevalar nomi ma’lum qilindi

O'qildi: 342


Diyetolog tomonidan eng foydali quruq mevalar nomi ma’lum qilindi

Eng foydali va to‘yimli quruq mevalar mayiz, o‘rik qoqisi, xurmo va olxo‘ridir. Bu haqda diyetolog Lyudmila Mikityuk “RIA Novosti”ga ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: Nature

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, ular yangi mevalarga qaraganda uch barobar ko‘p kletchatka, vitamin va minerallarga ega. Bundan tashqari, quruq mevalar tavsiya etilgan kunlik ozuqaviy moddalarning ko‘proq foizini tashkil etadi.

“Mayiz tarkibida juda ko‘p kaliy va B guruhi vitaminlari mavjud bo‘lib, ular qon bosimini pasaytirishga va organizmdagi yallig‘lanishni kamaytirishga yordam beradi. Olxo‘ri tabiiy surgi hisoblanadi. Shuningdek, u kaliy, kletchatka, A va K vitaminlariga boy. Bu yurak-qon tomir kasalliklarining yaxshi oldini olish va osteoporoz bilan kurashishda samaralidir”, – deydi Mikityuk.

Shuningdek, diyetolog xurmo antioksidantlar orasida temir, kaliy va kletchatkaga boy ekanligini ta’kidlagan.

Oo‘rik qoqisida kletchatka, kaliy, A va C vitaminlari mavjud. Ular ko‘z kasalliklarining oldini olish uchun foydalidir va A vitaminining kunlik qiymatining 47 foizini ta’minlay oladi.

Shu bilan birga, Mikityuk quruq mevalar butun mevaning kaloriya tarkibini saqlashini ham eslatib o‘tgan, shuning uchun ularni me’yoridan ortiq iste’mol qilmaslik kerak, aks holda bu vaznga ta’sir qiladi.

Mavzuga doir:

  • Inson umri qisqarishiga sabab bo‘luvchi mahsulotlar
  • Xolesterin miqdorini kamaytirishga va qon tomirlarni himoyalashda yordam beruvchi mahsulotlar


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.