Salomatlik Salomatlik Organizmning qarish jarayonini sekinlashtiruvchi ovqatlanish bilan bog‘liq odatlar

Organizmning qarish jarayonini sekinlashtiruvchi ovqatlanish bilan bog‘liq odatlar

O'qildi: 266


Organizmning qarish jarayonini sekinlashtiruvchi ovqatlanish bilan bog‘liq odatlar

Amerikalik diyetologlar to‘g‘ri ovqatlanish bilan qarishni qanday sekinlashtirish mumkinligini ma’lum qildi. Mutaxassislar tavsiyasi Eat This, Not That nashrida chop etildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: “Korrespondent.net”

Ta’kidlanishicha, yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlar muqarrar bo‘lsa-da, jarayonni sekinlashtirishga yordam beradigan ma’lum ovqatlanish va turmush tarzi odatlari mavjud.

Shunday qilib, diyetolog Ronald Smit shakarni iste’mol qilishni cheklashni maslahat beradi. “Umringiz uzoq va sog‘lom bo‘lishini istasangiz, iloji boricha pechenye yoki shirinlik kabi zararli yeguliklardan saqlanishga harakat qiling”, — deydi u.

Shuningdek, baliqni ratsionga kiritish sog‘liqqa foydalidir. “Baliq omega-3 kislotalarga boy, ular organizmni kasalliklardan himoya qiladi va yurak muammolari, ruhiy tushkunlik va hatto saraton kasalligiga qarshi kurashishga yordam beradi”, — deydi shifokor.

Ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis Liza Yang ratsionga ko‘plab meva va sabzavotlarni, xususan, rezavorlar, sitrus mevalari, ko‘katlar, sabzi va bulg‘or qalampirini kiritishni tavsiya qiladi. “Ular qarishning salbiy ta’siriga qarshi turadigan antioksidant va kletchatkaga boy”, — deydi u.

Shuningdek, u go‘shtni o‘simlikka asoslangan oqsil manbalari bilan almashtirishni maslahat beradi. “Ko‘proq o‘simlik mahsulotlarini qo‘shish xolesterin darajasini pasaytirish, qonda shakar darajasini barqarorlashtirish va tanadagi yallig‘lanishni kamaytirish orqali qarish jarayonini sekinlashtirishi mumkin”, — deydi Yang.

Qarish bilan bog‘liq eng katta muammolardan biri suvsizlanishdir.

“Yoshimiz o‘tgan sari suyuqlikni saqlab qoladigan tizimlarning ko‘pchiligi buyraklar kabi yomonlasha boshlaydi va ba’zi yoshga bog‘liq buyurilgan dorilar suvsizlanishning ortishiga olib kelishi mumkin”, — deydi diyetolog Trista Best.

U yetarli miqdorda suv ichish muhimligini, shuningdek, o‘z ichiga ko‘p miqdorda suyuqlik olgan — bodring, qovoq, pomidor, qulupnay va tarvuz mahsulotlarni ko‘proq iste’mol qilish kerakligini qo‘shimcha qildi.

Mavzuga doir:

  • Chernika, sarimsoq va onkologlar muntazam ravishda iste’mol qilishni tavsiya etadigan boshqa mahsulotlar
  • Sarimsoq, yong‘oq va qalqonsimon bez salomatligi uchun foydali bo‘lgan boshqa mahsulotlar
  • Pomidor, zanjabil va qonni suyultiruvchi boshqa tabiiy mahsulotlar
  • Gulkaram, suli yormasi va jigar salomatligi uchun muhim bo‘lgan boshqa mahsulotlar


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.