Turshakning salomatlik hamda go‘zallik uchun 7 foydali jihati
Turshaklar vitaminga boy tarkibi bilan quritilgan mevalar orasida mashhurdir. Qizig‘i shundaki, quritilgan o‘rik yangi mevalardan ko‘ra sog‘lom va to‘yimli hisoblanadi, masalan, ular uch barobar ko‘p kletchatkaga ega. Komponentlarning konsentratsiyasi mahsulotni quritish jarayonida ortadi.
Foto: Marie ClaireKuch va energiya beradi
Quritilgan o‘rik tarkibida kaliy, kalsiy, temir, natriy, fosfor, magniy va turli guruh vitaminlari mavjud hamda immunitetni mustahkamlaydi, energiyani oshiradi. Shuning uchun diyetologlar mashg‘ulotdan bir necha soat oldin quritilgan mevalarni iste’mol qilishni maslahat beradi.
Ko‘rish muammolarining oldini oladi
Quritilgan o‘rik A va E vitaminlarining tabiiy manbayi hisoblanadi. Parchalanish jarayonida beta-karotin faol moddaga aylanadi, u A va E vitaminlari bilan birgalikda ko‘z kasalliklarining oldini oladi. Yana bir pigment − karotenoid ko‘rish uchun muhim. Bu o‘simlik birikmasi ko‘zning to‘r pardasi va linzalarini himoya qiladi va hatto keksa odamlarda ham ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi.
Kamqonlikni bartaraf etadi
Ayniqsa, quritilgan mevalarni homilador ayollarning ratsioniga kiritish tavsiya etiladi. Agar kuniga taxminan 5 dona quritilgan o‘rikni iste’mol qilish qoidaga aylansa, unda tanada doimo yetishmayotgan vitaminlar o‘rni to‘ladi. Bundan tashqari, homilador ayollar anemiya rivojlanish xavfiga duch keladi. Ko‘pincha kamqonlik temirning yetishmasligi tufayli yuzaga keladi, quritilgan o‘rik esa uning zaxiralarini to‘ldiradi.
Yurak kasalliklaridan asraydi
Quritilgan o‘rik boshqa mevalarga qaraganda ko‘proq kaliyni o‘z ichiga oladi, shuning uchun u gipertoniya, yurak xuruji yoki insult bilan og‘rigan odamlar uchun ayniqsa foydalidir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, mahsulotdan doimiy iste’mol qilish yuqori qon bosimini pasaytirishi va insult xavfini kamaytirishi mumkin.
Shuningdek, kaliy, elektrolit − tanadagi asab tugunlari va mushaklarning qisqarishini tartibga soluvchi ionli eritma bilan natriy o‘zaro ta’sirlashganda, u tanani kerakli miqdordagi suyuqlik bilan ta’minlaydi. Tanada suyuqlik qanchalik yaxshi bo‘lsa, toksinlar tezroq chiqariladi.
Suyaklarni mustahkamlaydi
Quritilgan mevalar keksalar uchun ham foydalidir, yoshi o‘tishi bilan suyakning mineral zichligi pasayadi, bu esa turli kasalliklarga olib keladi. Agar doimiy ravishda turshak iste’mol qilinsa, suyaklar mo‘rtlashishi kamayadi.
Nafas yo‘llarini tozalaydi
Magniy nafas olish yo‘llariga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu element yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida qo‘llanadi, hujayralar yallig‘lanishining oldini oladi va nafas olishni osonlashtiradi.
Teri holatini yaxshilaydi
Antioksidant sifatida quritilgan mevalar erkin radikallarning zararlanish xavfini kamaytirish orqali terining tabiiy tuzilishini saqlab qolishga yordam beradi. Erkin radikallar sog‘lom hujayralar bilan bog‘lanib, hujayra devorlarini oksidlaydi va ularga zarar yetkazadi. Turshak iste’moli bilan ajinlar paydo bo‘lishini minimallashtirish va qarish jarayonini sekinlashtirish, shuningdek terining elastikligini oshirish mumkin.
To‘g‘ri quritilgan o‘rikni qanday tanlash kerak?
Quritilgan mevalarni sotib olayotganda, yorqin rangdagisini tanlash kerak emas. Ehtimol, u kimyoviy qo‘shimchalar, ta’m va rang beruvchi vosita tufayli yaxshi ko‘rinayotgandir. Shuningdek, tarkibi va ishlab chiqarish vaqtiga e’tibor berish lozim.
Shuni unutmaslik kerakki, quritilgan o‘riklar boshqa mahsulotlarning o‘rnini bosuvchi asosiy tarkibiy qism emas, balki ratsion uchun ajoyib qo‘shimcha hisoblanadi. Qolaversa, vazn kamaytirishni istaganlar turshaklarni iste’mol qilmagani yaxshiroq, chunki ular yuqori kaloriyaga ega. Kunlik tavsiya etiladigan miqdor 7-8 dona quritilgan o‘rik bo‘lib, bu tanaga zarar yetkazmaydi va barcha yetishmayotgan zahiralarni to‘ldiradi, eng muhimi, hazm qilish jarayoni va jigarni tozalashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mavzuga doir:
- No‘xatning qanday foydali xususiyatlari bor?
- Arab xurmosi iste’mol qilinganda tanada qanday o‘zgarish yuz beradi?
- Mavsum mahsuloti: qovoqning siz bilmagan foydali xususiyatlari
Manba