Yurakdagi og‘riq chap qo‘lga bersa, sababi nima bo‘lishi mumkin?
Agar yurakdagi og‘riq qo‘lda namoyon bo‘lsa, bu har doim ham yurak patologiyasining belgisi bo‘lmaydi. Bunday alomat hech qanday tarzda kardiomuammolar bilan bog‘liq bo‘lmagan holatlarda ham kuzatilishi mumkin, masalan, osteoxondroz. Yordamchi alomatlar og‘riq sabablarini aniqlashga yordam beradi, deb yozadi Wday.
Foto: PinterestYurak kasalligi bilan bog‘liq og‘riq
Agar yurakdagi og‘riqlar chap qo‘lga ta’sir qilsa, shifokor stenokardiya tashxisini ham qo‘yishi mumkin. Bunda bemorda oddiy nafas olishga xalaqit beradigan ko‘krak qafasida og‘riq kuzatiladi. Og‘riq nafaqat chap qo‘lga, balki bo‘yin va jag‘ga ham beradi.
Xuruj holati agar bemor o‘zi uchun qulay bo‘lgan pozitsiyani egallagan bo‘lsa ham o‘zgarmaydi. Infarkt— miokard bir qismining o‘limi. Og‘riq nafaqat yurak mintaqasida, balki chap qo‘l va orqa belda ham tarqaladi.
Infarktning belgilari:
- yondiruvchi og‘riq;
- havo yetishmasligi;
- oyoq-qo‘llarning uyushishi.
- ko‘krak qafasi orqasida og‘riqlar;
- yelka va bo‘yinda noqulaylik;
- nafas olish qiyinlashuvi.
Kardio muammolar bilan bog‘liq bo‘lmagan og‘riq sabablari
Agar yurak sohasidagi og‘riq qo‘lda sezilsa, yurak mushaklari bilan bog‘liq bo‘lmagan kasalliklar sabab bo‘lishi mumkin.
Shunga o‘xshash his-tuyg'ular ko‘krak qafasi orqa sohasida umurtqa osteoxondrozini keltirib chiqarishi mumkin.
Bu yurak sohasida og‘riqni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan nerv ildizlarining siqilishi, shuningdek, u chap qo‘lda kuzatilib, harakatlanayotganda uyushish va og‘riq paydo bo‘lishiga olib keladi.
Qovurg‘alararo nevralgiya biroz stenokardiya xurujiga o‘xshaydi, lekin harakat paytida og‘riqning kuchayishi bilan tavsiflanadi. Uning belgilari — ta’sirchan sohada terining qizarishi va sezgirligining pasayishidir.
Umurtqa bilan ko‘krak qafasi oralig‘ining yallig‘lanishi — mediastenit. Patologiyaning sababi ovqat hazm qilish tizimining kasalligi yoki shikastlanishdir.
Mediastenit belgilari:
- yutish paytida, shuningdek nafas olayotganda chap qo‘lda og‘riq;
- yuz rangining ko‘karishi;
- isitma;
- tez-tez yurak urishi;
- yo‘tal tutishi;
- terlashning kuchayishi;
- ovozning xirillashi.
Bu chap qo‘lda og‘riq bilan birga bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha patologiyalar emas. Og‘riq kardionevroz, o‘pka kasalliklari, yelka artriti va boshqa kasalliklarning belgisi bo‘lishi mumkin.
Vaziyatning haqiqiy sababini faqat malakali mutaxassis aniqlay oladi. Shifokor bu holat uchun yetarli davolash kurslarini tayinlashi kerak.
Mavzuga doir:
- Nega chuqur nafas olganda o‘pka og‘riydi?
- Quloq shang‘illashi hamda jag‘dagi og‘riq yurak va qon tomir kasalliklari alomati bo‘lishi mumkin
- Kardiolog tekshiruvidan o‘tish kerakligidan darak beruvchi simptomlar
Manba