Salomatlik Salomatlik Sochlarning to‘kilishiga sabab bo‘ladigan ovqatlanish bilan bog‘liq odatlar

Sochlarning to‘kilishiga sabab bo‘ladigan ovqatlanish bilan bog‘liq odatlar

O'qildi: 314


Sochlarning to‘kilishiga sabab bo‘ladigan ovqatlanish bilan bog‘liq odatlar

Odatda kuniga 100 tola soch to‘kiladi. Lekin odatdagidan ko‘proq soch to‘kilishiga rux, temir yoki biotin yetishmayotgani yoki qalqonsimon bez faoliyatida muammolar kuzatilayotgani ham sabab bo‘lishi mumkin. Bu muammoni bartaraf qilish uchun esa eng avvalo ratsiondan qanday mahsulotlar o‘rin olganiga e’tiborli bo‘lish kerak.

Foto: Freepik

B12 vitamini va temirga boy mahsulotlarni iste’mol qilmaslik

Kalsiy yetishmasligi soch va tirnoqlarning ahvoliga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan yagona element emas. Shifokorlarning ta’kidlashicha, temir moddasining yetishmasligi soch to‘kilishiga sabab bo‘ladi. Aynan shunday oqibatga B12 vitaminining yetishmasligi ham olib kelishi mumkin. Nonushtaga iste’mol qiladigan mahsulotlar bilan uning tanqisligini qoplash mumkin. Tuxum, sut, pishloq, qo‘ziqorin, baliq shular jumlasidan. Ayniqsa, jigar B12 vitaminining koni sanaladi. Shuningdek, shakar, meva, grechka va suli yormasi singari mahsulotlarda temir moddasi bisyor bo‘ladi. Qolaversa, no‘xat, loviya va yasmiq singari mahsulotlarga e’tibor qarating.

A vitaminini haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish

Soch to‘kilishining oldini olish uchun A vitamini miqdorini me’yorda bo‘lishiga e’tiborli bo‘lish kerak. Chunki ushbu vitamminning haddan ortig‘i ham soch to‘kilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Aksariyat hollarda gipervitaminoz, kompleks vitaminlarni qabul qilish yoki ayrim mahsulotlarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish oqibatida ham kuzatilishi mumkin. Shu sabab ham shifokor ko‘rsatmasiga asosan, sabzi, qovoq, shaftoli, o‘rik, olma, tarvuz, qovun, ko‘kat va boshqa mahsulotlardan vaqtinchalik cheklanib turish kerak.

Oqsil kam mahsulotlar bilan parhez qilish

Olimlar oqsili kam mahsulotlardan parhez qilish soch to‘kilishiga olib kelishi mumkinligini aniqlagan. Turli sabablarga ko‘ra oqsillardan tiyilishga ehtiyot bo‘lish kerak. Kam oqsilli mahsulotlardan parhez qiladiganlar go‘sht, baliq, tuxum va sutdan, ayrim vaqtda esa dukkakli mahsulotlardan tiyilib, sabzavot va mevalar yeyishi kerak bo‘ladi. Shifokorlar bunday parhezdan ehtiyot bo‘lishni, organizmga foydali moddalar yetarli miqdorga kirishiga e’tiborli bo‘lish kerakligini ta’kidlaydi. Yasmiq va boshqa dukkakli mahsulotlar, ismaloq, pista va yong‘oqlar oqsilning koni sanaladi. Ulardan tayyorlangan taomlar, hatto vegaterianlar uchun ayni muddao. Qolganlar esa baliq, go‘sht va pishloqni kanda qilmasligi kerak.

Vaznning tez to‘planishi va kamayishiga moyillik

Vaznning birdaniga oshib yoki kamayishi soch ahvoliga ta’sir qilib, ularni mo‘rtlashishiga sabab bo‘ladi. Bu esa darhol ozdiradigan parhezlardan ehtiyot bo‘lish kerakligini bildiradi. Nafaqat vaznning keskin ortishi, balki kamayishi ham salbiy oqibatga olib kelishi mumkin.

Mavzuga doir:

  • Quruq shampun qanday samara beradi va u nima uchun kerak?
  • Qazg‘oqqa qarshi shampundan har kuni foydalansa bo‘ladimi?
  • Go‘zallik salonidagi sirlar: siyrak sochlarga hajm berishga yordam beradigan 10 tavsiya
  • Soch to‘kilishining eng asosiy 5 sababi


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.