Salomatlik Salomatlik E vitaminining qanday foydali tomonlari bor va uni qaysi mahsulotlardan olish mumkin?

E vitaminining qanday foydali tomonlari bor va uni qaysi mahsulotlardan olish mumkin?

O'qildi: 358


E vitaminining qanday foydali tomonlari bor va uni qaysi mahsulotlardan olish mumkin?

E vitamini yoki tokoferol – hujayralarni erkin radikallar tomonidan zararlanishdan himoya qiluvchi antioksidantdir. Zararlanish tabiiy metabolizm, shuningdek sigaret tutuni, ultrabinafsha va boshqa salbiy ekologik omillar ta’siri ostida paydo bo‘ladi.

Foto: Getty Images

E vitamini quyidagi ko‘plab vazifalarni bajaradi:

  • immunitet tizimini mustahkamlaydi;
  • qizil qon hujayralarini shakllantirishga yordam beradi, qon tomirlarini kengaytiradi va qon ivishining oldini oladi;
  • K vitamini metabolizmida ishtirok etadi;
  • tana hujayralarida metabolizmni tartibga soladi.
Har bir inson kuniga ma’lum miqdorda tokoferolga muhtoj, bu yoshga va boshqa omillarga bog‘liq:
  • 6 oygacha bo‘lgan bolalar – 4 mg;
  • 7 oydan 12 oygacha – 5 mg;
  • 1 yoshdan 3 yoshgacha – 6 mg;
  • 4 yoshdan 8 yoshgacha – 7 mg;
  • 9 yoshdan 13 yoshgacha – 8 mg;
  • 14—18 yoshdagi o‘smirlar, kattalar, homilador ayollar – 15 mg; emizikli onalar – 19 mg.
Qaysi mahsulotlarda E vitamini mavjud?

Mutaxassislarning fikricha, tabiiy mahsulotlar tokoferolga bo‘lgan ehtiyojni juda yaxshi qondiradi.

Yog‘lar

Har qanday o‘simlik yog‘ida ko‘p miqdorda E vitamini mavjud. Masalan, 100 gramm kungaboqar yog‘i kattalar uchun kunlik ehtiyojning 457 foizini o‘z ichiga oladi; 100 gramm zaytunda – 139 foiz; yeryong‘oq – 100 foiz.

Yong‘oqlar

Ular juda ko‘p yog‘larni o‘z ichiga oladi, shuning uchun E vitamini ham yong‘oqlar tarkibida yetarlicha mavjud.

  • Bodom – 100 g kattalar kundalik ehtiyojining 126 foizini o‘z ichiga oladi.
  • Funduk – 100 foiz.
  • Yong‘oq – 55 foiz.
Urug‘lar

Urug‘lar ham yong‘oq kabi foydali. Agar 100 gramm kungaboqar pistasi iste’mol qilinsa, tokoferolning kunlik ehtiyojning 171 foizini olish mumkin. Shuningdek, qovoq urug‘lari E vitaminining kunlik dozasining 14,5 foizini o‘z ichiga oladi.

Yashil sabzavotlar

Ular sariyog‘ va yong‘oqlardan farqli, ammo 100 gramm ismaloqda tokoferolning kunlik qiymatining 13 foizi, brokkoli esa 9 foizini tashkil qiladi.

Avokado

Avokado ham E vitaminini o‘z ichiga oladi. Agar ushbu mevadan 100 gramm iste’mol qilinsa, kunlik qiymatning 14 foizni olish mumkin.

Qanday sabablarga ko‘ra organizmda E vitamini tanqisligi yuzaga keladi? 

Bu holat juda kam uchraydi, ko‘pchilik oziq-ovqatdan yetarli miqdorda tokoferol oladi. Tanqislik faqat tananing yog‘larni parchalay olmaydigan sharoitlarda paydo bo‘lishi mumkin.

Agar shunga qaramay, odam kerakli miqdordagi tokoferolni olmasa, uning nervlari va mushaklari shikastlanadi, qo‘l va oyoqlarda sezuvchanlik susayadi va tana harakatlari ustidan nazorat yo‘qoladi. Ba’zilarda esa ko‘rish qobiliyati pasayadi. Qolaversa, tanqislikning yana bir belgisi sifatida immunitetning susayishi kuzatiladi.

E vitaminining xavfli tomonlari bo‘lishi mumkinmi?

Mahsulot tarkibidagi tokoferol toksik emas va u mutlaqo zararsiz. Xavf faqat odam kuniga 1000 mg dan ortiq tokoferol iste’mol qilganda paydo bo‘ladi. So‘ngra qonni suyultirish tufayli qon ketish xavfi mavjud. Shuning uchun vitamin qo‘shimchalarni qabul qilishda, albatta, shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

Mavzuga doir:

  • Odam organizmi qishda qaysi vitaminlarga ehtiyoj sezadi?
  • Organizmda temir tanqisligi mavjudligini qanday aniqlash mumkin?
  • Vitaminlarni zaharga aylantirishi mumkin bo‘lgan 5 xato
  • Ayniqsa sovuq mavsumda tanqisligi kuzatiladigan D vitamini haqida nimalarni bilish kerak?


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.