Salomatlik Salomatlik Metabolizmni tezlashtirishga yordam beradigan vitamin va mikroelementlar

Metabolizmni tezlashtirishga yordam beradigan vitamin va mikroelementlar

O'qildi: 321


Metabolizmni tezlashtirishga yordam beradigan vitamin va mikroelementlar

Hech kimga sir emaski, nafaqat tashqi ko‘rinish, balki organizmning umumiy salomatligi ham metabolizm tezligiga bog‘liq. Uning tezligi oziq-ovqatning so‘rilishiga, energiya ishlab chiqarishga va boshqa hayotiy jarayonlar hamda reaksiyalarga bevosita ta’sir qiladi.

Foto: Pinterest

U o‘z navbatida bir qator omillarga bog‘liq bo‘lishi mumkin, masalan, uyqu sifati, irsiyat, yosh, turmush tarzi, jismoniy faollik darajasi, gormonal balans va ovqatlanish.

Yosh o‘tib borishi bilan metabolizm tabiiy ravishda sekinlashadi, lekin uning tezligiga ta’sir qilish mumkin. Masalan, ma’lum odatlarga rioya qilish va ratsionga vitaminlar va minerallarga boy oziq-ovqatlarni kiritish orqali. Qanday vitaminlar metabolizmni tezlashtirishga qodir ekanini quyida ma’lum qilamiz.

D vitamini. D vitaminining foydalari haqida cheksiz gapirish mumkin, uning yetishmasligi shimoliy mamlakatlarning deyarli barcha aholisiga ta’sir qiladi: u kalsiyning so‘rilishiga yordam beradi, gormonlar va qonda glyukoza darajasini tartibga soladi, sog‘lom suyak va ish faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi. Butun immunitet tizimini yaxshilaydi va, shuningdek, depressiya rivojlanish xavfini kamaytiradi. D vitaminini to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh nurlaridan olish mumkin, bulutli kunlarda va sovuq oylarda esa uni tuxum sarig‘i, qizil ikra va sut mahsulotlari kabi tabiiy mahsulotlar orqali qabul qilish tavsiya etiladi.

Magniy. Organizmdagi magniy yetishmovchiligi bilan kimyoviy reaksiyalar sezilarli darajada sekinlashadi, ular boshqa narsalar qatorida energiya ishlab chiqarish va metabolizm uchun javobgardir. Magniy banan, yong‘oq, dukkaklilar, ismaloq, kartoshka va baliqlarda mavjud.

B guruhi vitaminlari immunitetni oshirish, hujayra metabolizmini tartibga solish va qonda shakarni sog‘lom saqlash kabi muhim funksiyalarda ishtirok etadi. B guruhi vitaminlari yuqori bo‘lgan oziq-ovqatlarga dengiz mahsulotlari, tuxum, sut mahsulotlari, yog‘siz go‘sht, qizil baliq, jigarrang guruch, qovoq, yong‘oq va urug‘lar, banan, olma va boshqa meva-sabzavotlar kiradi. Shuni yodda tutish kerakki, ushbu guruh vitaminlari bir-biri bilan birgalikda yaxshi samara beradi va ulardan faqat bittasining yetishmasligi boshqalarga ta’sir qilishi mumkin, bu esa keyinchalik metabolik kasalliklarga olib keladi.

C vitamini. Askorbin kislotasi sifatida ham tanilgan C vitamini hujayralarni erkin radikallar ta’siridan himoya qiluvchi, qarish jarayonini sekinlashtiradigan, yosh ko‘rinishning asosi bo‘lgan kollagen ishlab chiqarishni rag‘batlantiradigan va immunitet tizimini mustahkamlaydigan tabiiy antioksidantdir. C vitamini metabolik jarayonda ham muhim rol o‘ynaydi – xususan, oqsil, uglevod va xolesterin almashinuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. C vitaminini sabzavotlardan – ismaloq, karam, kartoshka va qalampir, rezavorlar – qora smorodina, qulupnay, va albatta, barcha sitrus mevalardan olish mumkin.

Mavzuga doir:

  • Pankreatit: xavfli kasallikning o‘z vaqtida bilish muhim bo‘lgan belgilari
  • Bel nima uchun og‘riydi va bunday paytda nima qilish kerak?
  • Organizmni tozalashga yordam beradigan 6 mahsulot
  • Ko‘rish qobiliyatini yaxshilashga yordam beradigan vitamin va minerallar


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.