Nokning qanday foydali xususiyatlari bor?
Ko‘pchilikning sevimli mevasi hisoblangan nok mazali ekanidan tashqari, foydali ekani bilan ham o‘ziga xos sanaladi. Navlari turli fasllardan pishib yetilgani sabab nok mavsumi uzoq davom etadi.
Foto: “Daryo” / Madina NurmanNok hazm jarayonini yaxshilaydigan kletchatkaning koni sanaladi. Ichaklar faoliyatini yaxshilaydi, shlak va toksinlarning organizmdan chiqarilishiga hissa qo‘shadi. Shu sabab ham nokni och qoringa iste’mol qilib bo‘lmaydi. Bu oshqozon va ichaklarda diskomfort paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Antioksidantlarning manbayi hisoblangan mevada C vitamini ham bisyor. Ushbu vitamin organizm hujayralarini zararli radikallardan himoya qiladi, yallig‘lanish jarayonlari rivojlanishining oldini oladi. Immunitetni mustahkamlaydi. C vitaminining 80 foizi nokning po‘stida mujassam bo‘lgani sabab ham uni archmasdan yeyish tavsiya qilinadi. Askorbin kislotasidan tashqari, nokda antioksidant birikmalar — polifenollar va flavonoidlar serob bo‘ladi.
Kaliyga boy hisoblangan ushbu meva, ayniqsa, tarkibida tuzi ko‘p, qayta ishlangan mahsulotlarni iste’mol qiladiganlar uchun ayni muddao hisoblanadi. Kaliy organizmdan ortiqcha natriyni chiqarib yuborib, suyuqlikning ushlanib turishi va shishlar paydo bo‘lishining oldini oladi. Kaliy va natriyning balansda bo‘lishi qon bosimining me’yorda bo‘lishini ta’minlaydi.
Kam kaloriyali hisoblangan nok parhez uchun yaxshi variant. Glikemik ko‘rsatkichi yuqori emasligi sababli iste’molidan keyin qondagi qand miqdori ko‘tarilmaydi, shuning hisobiga ishtaha yomonlashmaydi. Kletchatkalar hazm tizimini yaxshilab, uzoq vaqt to‘q tutadi, ortiqcha ovqatlanishning oldini oladi.
Mavzuga doir:
- Mavsum tuhfasi: Xurmoni ratsionga kiritish uchun 7 sabab
- Yetilganmi yoki yo‘q: xurmo tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?
- Arab xurmosining foydali jihatlari haqida 8 ta ilmiy fakt
- O‘rik iste’mol qilganda organizmda qanday o‘zgarish kuzatiladi?
- Anjir mavsumi: mevaning foydali va zararli tomonlari
Manba