Salomatlik Salomatlik Hazm jarayoni uchun zararli bo‘lgan mahsulotlar

Hazm jarayoni uchun zararli bo‘lgan mahsulotlar

O'qildi: 367


Hazm jarayoni uchun zararli bo‘lgan mahsulotlar

Qaysi mahsulotlar hazm tizimi bilan bog‘liq muammolarga sabab bo‘lishi haqida Elle jurnali ma’lumot berib o‘tadi.

Foto: Elle

Mahsulotning hazm jarayoni uchun qanchalik xavfli ekanini aniqlashning eng oddiy usuli uning tarkibi bilan tanishish hisoblanadi. Oshqozon-ichak traktini zo‘riqtirishi mumkin bo‘lgan komponentlardan qochish tavsiya qilinadi. Sun’iy qo‘shimchalarsiz tabiiy va tarkibi oddiy bo‘lgan mahsulotlarga e’tibor qarating. Tarkibida quyidagi komponentlar mavjud bo‘lgan mahsulotlar hazm tizimi uchun zararli hisoblanishi mumkin.

Glyuten

Foto: Elle

Aksariyat odamlarda glyutenning so‘rilishi me’yorda bo‘ladi va hech qanday salbiy ta’sir kuzatilmaydi. Ammo ba’zilarning organizmi glyutenni ko‘tara olmaydi. Tarkibida glyuten bisyor bo‘lgan mahsulotlarni to‘xtovsiz yeyish yallig‘lanishni keltirib chiqarishi mumkin. Nojo‘ya ta’sir turli: yengil charchash, qorin shishishi, qabziyatdan tortib vazn ortishigacha olib kelishi mumkin. Glyutensiz parhez organizmni shlak va toksinlardan tozalashga qaratiladi. Glyutenli mahsulotlarda, shuningdek, kletchatka, ozuqa moddalari, qolaversa B guruhi vitaminlari mujassam ekanligini unutmaslik, ratsionning xilma-xil bo‘lishiga e’tibor qaratish kerak. Grechka, guruch, kinoa singari mahsulotlarni kanda qilmaslik tavsiya qilinadi.

Laktoza

Foto: Elle

“Sutli shakar” deb ataladigan laktoza hayvon sutining tarkibida bo‘ladi. Sut ichganda organizmda laktozani parchalaydigan laktaz fermenti ajraladi. Bunda yoqimsiz holatlar: gaz paydo bo‘lishi, ich ketishi va og‘riqqa sezuvchanlikning ortishi kuzatiladi. Verba Mayr mutaxassislari oddiy sut mahsulotlarini laktozasizga aylantirish yoki o‘simlikdan olinadigan sut ichish tavsiya qilinadi.

Fruktoza

Fruktoza meva, sabzavot va asal tarkibida mujassam monosaxarid hisoblanadi. Fruktoza energiya bilan ta’minlab, kayfiyatni ko‘taradi. Ammo bunday monosaxaridning haddan ortiq ravishda iste’mol qilinishi qandli diabet, semirish va jigar bilan bog‘liq muammolarga olib keladi. Fruktoza ham insulin ajralishini jadallashtirib, vazn ortishiga sabab bo‘ladi. Parhezshunoslarning ta’kidlashicha, 40 gramm fruktoza odam uchun kunlik me’yor hisoblanadi. Ayrim odamlar organizm monosaxaridni qabul qila olmaydigan muammo bilan duch kelishi mumkin. Bunda maxsus parhezga amal qilish kerak bo‘ladi. Ikkinchi darajali qandli diabetning rivojlanish xavfini kamaytirish uchun tarkibida fruktoza bo‘lgan mevalarni me’yorda iste’mol qilish kerak. Bu organizmdagi yallig‘lanish jarayonini kamaytirishga yordam beradi.

Mavzuga doir:

  • Oshqozon bezovta qilganda va jig‘ildon qaynaganda nima qilish kerak?
  • Gastroenterologdan tavsiya: hazm jarayoni me’yorda bo‘lishi uchun taomnomaga kiritish kerak bo‘lgan 8 mahsulot
  • Qabziyatga qarshi kurashda yordam beradigan 6 tabiiy usul


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.