Sovuq mavsumda organizmni energiya bilan ta’minlab, tetiklashishga hissa qo‘shadigan 8 mahsulot
Kuz-qish mavsumida kishi o‘zini holsiz his qiladi, tongda karavotdan turish va ishga kirishish odatdagidan qiyinroq bo‘ladi. Kechga borib esa xuddi energiya qolmagandek tuyiladi odamga. Bunday vaqtda tetiklashish uchun bir qancha usullardan foydalanish mumkin. Jismoniy faol bo‘lishdan tashqari, toza havoda sayr qilish va vitaminga boy mahsulotlarni iste’mol qilish hayotiy quvvatning tiklanishiga hissa qo‘shadi. Marie Claire nashri qaysi mahsulotlar bu borada ayni muddao ekani haqida ma’lumot berib o‘tadi.
Foto: Marie ClaireQahva
Tarkibida kofein bo‘lgan qahva tiklashtiruvchi mahsulotlar orasida chempion sanaladi. Energiyaga to‘la bo‘lish uchun qahvaning bir finjoni samarali yordam beradi. Yog‘siz sut qo‘shib tayyorlangan qahva organizmni kalsiy, D vitamini energiya uchun muhim bo‘lgan uglevod bilan ta’minlaydi.
Donli yormalar
Qomati buzilishini istamaganlar uchun yormadan tayyorlangan nonushtadan yaxshisi yo‘q. Don mahsulotlari glyukozaning qonda uzoq vaqt bo‘lishini ta’minlagani sabab ham uning iste’molidan keyin kishi o‘zini kun bo‘yi energiyaga to‘la his qiladi.
Tuxum
Tuxum sarig‘ida taomni energiyaga aylantirish xususiyatiga ega bo‘lgan va D vitamining tanqisligini qoplab, suyaklarni mustahkamlovchi B vitamini bisyor. Qolaversa, u energiya bilan ta’minlash uchun muhim sanalgan oqsilga ham boy.
Yong‘oq va quritilgan mevalar
Yong‘oq va quritilgan mevalar foydali yog‘ va oqsilning umumlashmasi sifatida yaxshi ma’lum. Yong‘oq hamda pistalar tarkibidagi yog‘lar organizmni energiya bilan ta’minlagani bois ham ularning iste’molidan so‘ng kishi o‘zini kuchga to‘la va yaxshi his qiladi.
Choy
Choy kishini tetiklashtirishdan tashqari, organizm suvsizlanishiga qarshi ham yaxshi samara beradi. Ko‘ki yoki qorasini ichishning farqi yo‘q. Energiya berib, sovuqda organizmga kerakli vitaminlar bilan ta’minlaydigan mevali choy ichsangiz yana yaxshi. Qolaversa, asal qo‘shilgan giyohli choy ham sog‘lik uchun foydali. U qahvadan farqli o‘laroq, biroz sekinroq tetiklashtiradi.
Apelsin sharbati
Uyqusi chala bo‘lgan va tiniqib turmaganlar uchun sitrus mevalardan yaxshisi yo‘q. Apelsin sharbatida C vitamini bisyor bo‘ladi. Laym va limon ifori esa miya faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi. Sitrus mevalar kuz va qishda, ayniqsa, ko‘p uchraydigan shamollash kasalliklarining oldini oladi.
Olma
Olma mushak hujayralarining ko‘proq energiya ishlab chiqarishiga ta’sir qiladigan kversitinning koni. Shu bois ham uni iste’mol qilishni kanda qilmaslik maslahat beriladi.
Shokolad
Shokoladning bir butuni bir necha soat davomida tetik bo‘lishni ta’minlaydi. Tong bir bo‘lak shokolad bilan boshlansa, organizm kerakli energiyaga ega bo‘ladi. Buning uchun tarkibida shakar kam bo‘lgan qora shokolad iste’mol qilish kerak.
Mavzuga doir:
- Nima uchun shamollaganda ko‘p suyuqlik ichish kerak?
- Noto‘g‘ri parhez: Nima uchun faqat sabzavot va mevalarning o‘zini iste’mol qilish mumkin emas?
- Faqatgina choy emas: shamollash mavsumida qanday ichimliklar bolalar salomatligini saqlashga yordam beradi?
Manba