Tish emaliga zarar yetkazadigan 7 mahsulot
Qanday mahsulotlarni iste’mol qilish tishlar bilan bog‘liq muammo kelib chiqishiga olib kelishi mumkinligi haqida “Domashniy ochag” nashri ma’lumot berib o‘tadi.
Foto: “Domashniy ochag”Uglevodlar
Konfetlar, qandolat mahsulotlari, muzqaymoq, gazlangan ichimliklar, qadoqlangan sharbatlar va fastfudlarning bari uglevodga boy mahsulotlar sanaladi. Shakar nimasi bilan zararli hisoblanadi?U tishlarning bioplyonkasida yashovchi mikroorganizmlar uchun eng yaxshi ozuqa hisoblanadi. Katta miqdorda shirinlik iste’mol qilib, bilmagan holda mikroorganizmlarning o‘sishiga olib kelamiz, shundan keyin tish emalining yemirilishi kuzatilishi mumkin.
Meva kislotalari
Mevalar vitamin manbai ekani ko‘pchilikka ma’lum, ammo meva kislotalari tish emaliga zarar yetkazadigan yashirin dushman hisoblanadi. Ayniqsa, sitrus mevalar bu borada zararliroq. Saqich chaynash kislota balansini me’yorlashtiradigan so‘lak ajralishini jadallashtiradi. Aynan shu sabab ham sharbatni naycha(trubochka)orqali ichish tavsiya qilinadi, bu tishlarni 100 foiz himoya qilmagani bilan, kasalliklar kelib chiqish xavfining oldini oladi.
Ichimliklar
Vino va kun davomida qahva ichishni kanda qilmaslik tish emaliga zarar yetkazadi. Choy esa nafaqat tishlarning rangini o‘zgartirishi, balki organizmdagi kalsiyni chiqarib tashlashi mumkin.
Spirtli ichimliklar
Spirtli ichimliklar iste’molidan keyin og‘iz qurishiga so‘lak bezlari faoliyatining susayishi sabab bo‘ladi. Bu esa mikroorganizmlarning ko‘payishiga olib keladi.
Issiq va sovuq mahsulotlarni ketma-ket iste’mol qilish
Issiq qahvadan keyin shirin muzqaymoq yeyish tishlarning yemirilishiga olib kelishi mumkin.
Kimyoviy qo‘shimchalari bor yeguliklar
Chips va boshqa qarsildoq yeguliklar tarkibida kimyoviy moddalar bisyor bo‘ladi. Ular esa tishning yemirilishi va boshqa muammolarga olib kelishi mumkin sanaladi.
Suv
Tarkibida ftor bisyor bo‘lgan suvni doimiy ravishda iste’mol qilish, flyuoroza keyinroq esa tish emalining yemirilishiga sabab bo‘ladi. Buning oldini olish uchun filtrlangan yoki butilkali suv ichish tavsiya qilinadi. Qoidaga rioya qiling, zararli mahsulotlardan tiyiling va go‘zal tabassum egasi bo‘ling.
Mavzuga doir:
- Qorin sohasida yog‘ to‘planishiga sabab bo‘ladigan mahsulotlar
- Noto‘g‘ri parhez: Nima uchun faqat sabzavot va mevalarning o‘zini iste’mol qilish mumkin emas?
- Oson ozish uchun nima qilish kerak?Vazn tashlashga yordam beradigan 4 tavsiya
- Ekspertlar qahva ichish uchun eng yaxshi vaqtni ma’lum qildi
- Qomatni saqlab qolamiz: kuz faslida vazn ortmasligi uchun 5 ta maslahat
Manba