Salomatlik Salomatlik Qon bosimi nazorat ostida: Gipertoniyada yordam beradigan mahsulotlar

Qon bosimi nazorat ostida: Gipertoniyada yordam beradigan mahsulotlar

O'qildi: 295


Qon bosimi nazorat ostida: Gipertoniyada yordam beradigan mahsulotlar

Agar qon bosimi ko‘rsatkichlari me’yoridan yuqori(120/80 dan ortiq raqamlar qon bosimiga e’tibor berish kerakligini ko‘rsatadi)yoki shunchaki sog‘lom turmush tarzini olib borish kerak bo‘lsa, ratsionga bir necha foydali mahsulotlarni kiritish tavsiya etiladi.

Foto: “MedPortal.ru”

Kartoshka

Po‘sti bilan pishirilgan kartoshka og‘ir taom emas, u aslida qon bosimini normallashtiradigan kaliy va magniyga boy. Bundan tashqari, o‘rta kattalikdagi kartoshkada faqat 150—160 kkal mavjud. Tozalanmagan kartoshkani pishirish yoki qaynatish va smetana yoki tabiiy yogurt bilan iste’mol qilish – organizm uchun ikki baravar foyda.

Sut yoki yogurt

Kuniga 1 porsiya sut mahsulotlarini o‘z ratsioniga kiritganlar vaqti-vaqti bilan yogurt iste’mol qiladiganlarga qaraganda, gipertoniya rivojlanish xavfini 11 foizga kamaytiradi. Kunni sutli bo‘tqa, kam yog‘li yogurt va mevalar bilan yoki smuzi iste’moli bilan boshlash tavsiya etiladi.

Kakao

Avstraliyada o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, tabiiy kakao kukuni o‘z ichiga olgan oziq-ovqatlar qon bosimini pasaytirishi mumkin, chunki flavonoidlar qon tomirlarining salomatligini yaxshilaydi. Garvardda qora shokoladning xususiyatlari o‘rganilib, qon bosimi yuqori bo‘lgan odamlar uchun foydali degan xulosa qabul qilindi. Shokolad yuqori kaloriyali mahsulotidir, shuning uchun undan 20 gramm yoki 1 osh qoshiq kakao bilan cheklangan ma’qul.

Loviya

Gipertoniya uchun ratsionga qanday boshqa oziq-ovqatlarni kiritish muhim?Dukkakli mahsulotlar tola, magniy va kaliyga boy bo‘lib, bularning barchasi qon bosimini optimal darajada ushlab turishga yordam beradi. Agar har kuni loviya, no‘xat yoki yasmiq iste’mol qilinsa, qon bosimi 3-5 darajaga kamayishi mumkin. Dukkaklilarni sho‘rva, yegulik, salatlar va ruletlarga qo‘shish mumkin.

Banan

Banan – kaliyning ajoyib manbayi. Agar tuzli mahsulot iste’mol qilishda cheklovlar o‘rnata olish qiyin bo‘lsa, banan uning zararli ta’sirini kamaytirishga qodir. Kattalar kuniga 4,7 gramm kaliyga muhtoj; bitta bananda tavsiya etilgan miqdorning taxminan 12 foizi mavjud. Ertalab bananni bo‘tqaga qo‘shib yoki tilimlarga kesib olib, mazali desertlar bilan iste’mol qilish mumkin.

Mavzuga doir:

  • Qon bosimini bir zumda tushiruvchi 10 ta tabiiy mahsulot
  • Qon bosimini dorilarsiz pasaytirish uchun 8 tavsiya
  • Qon bosimining oshishiga sabab bo‘ladigan 5 odat
  • Bosh miya ichki bosimi oshganidan darak beruvchi simptomlar


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.