Qon bosimi oshishi nimasi bilan xavfli?
O'qildi: 902
Qon bosimi hammada har xil bo‘ladi. Kim uchundir 100/60 qon bosimi o‘rtacha hisoblansa, boshqa biri uchun esa bu juda past sanaladi. Butunjahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining normalariga ko‘ra, 120/80 dan 160/95 gacha bo‘lgan qon bosimi normal hisoblanadi. Qon bosimi 140/90-160/95 chegarasida bo‘lsa, bunday kishilarda gipertonik kasallikka chalinish xavfi yuqori.
Ba’zi-ba’zida oshib turadigan qon bosimi xavfli bo‘lib, to‘qimalar birdaniga tushgan bu og‘irlikni «ko‘tara» olmasligi mumkin. O‘z normal qon bosimingizni bilish uchun vaqti-vaqti bilan uni o‘lchab turing.
Shuningdek, ba’zi dori vositalari ham (masalan, oral kontratseptivlar) qon bosimi oshishiga olib kelishi mumkin. Kasallikni davolamaslik umringizni qisqartiradi.
Belgilari
Qon bosimi oshganda bemorda bosh og‘rib, aylanadi. Og‘riq asosan ensa sohasida bo‘ladi, ba’zi hollarda ko‘zlar qizarishi ham mumkin. Bemorning ko‘ngli aynib, qon bosimi juda ko‘tarilib ketganda qayt qiladi, yurak sohasida og‘riq sezadi. Yurak tez urishi, qizib ketish, nafas yetishmasligini ham kuzatish mumkin.Xavf guruhiga kimlar kiradi?
Yosh o‘tishi bilan ortiqcha vaznga ega bo‘lgan, spirtli ichimliklar ichuvchilarda, chekuvchilarda, shuningdek, tuzlama shinavandalari va kamharakatli kishilarda qon bosimi oshish xavfi yuqori.Bilib qo‘ygan yaxshi!
Har besh kishining bittasida gipertoniya, ya’ni qon bosimi oshishi kuzatiladi. «Qon bosimini tushirsam bo‘ldi, davolanish shart emas», degan yanglish fikr mavjud. Ammo «ko‘za kunda emas, kunida sinadi…» Yuqori qon bosimi bilan yillab yashash mumkin, ammo uning oshishi oqibatida kichik arteriyalar shikastlanadi. Kasallik miya insulti, miokard infarkti, yurak va buyrak faoliyati yetishmovchiligi, ko‘z pardasi ko‘chishi va hatto ko‘rlikka ham olib kelishi mumkin. Gipertoniyani tamoman davolab bo‘lmagani sababli uni doimiy ravishda muolaja qilib yurish zarur.Qon bosimingiz oshsa…
Har bir kishining qon bosimi jismoniy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘zgarib turadi. Jismoniy mehnat, stress, hayotiy tashvishlar paytida u ko‘tarilsa, uyqu va dam olish chog‘ida aksincha, tushadi.Ba’zi-ba’zida oshib turadigan qon bosimi xavfli bo‘lib, to‘qimalar birdaniga tushgan bu og‘irlikni «ko‘tara» olmasligi mumkin. O‘z normal qon bosimingizni bilish uchun vaqti-vaqti bilan uni o‘lchab turing.
Nima yeyish mumkin?
- 40 yoshdan oshganlar hech bo‘lmaganda oyda bir marta qon bosimini o‘lchab turishlari shart.
- Ortiqcha vazn evaziga organizm zo‘riqib ishlaydi. Bu esa yurak va qon tomirlarini ham zo‘riqtiradi, qon bosimi oshadi. Vazn o‘rtacha holga kelganda, qon bosimi ham o‘z normal holatini tiklaydi.
- Qon bosimingiz yuqori bo‘lsa, tuz iste’molini kamaytiring. Turli tuzlama va dudlangan mahsulotlarni esa umuman yemagan ma’qul. Tuz tanada suyuqlik yig‘ilib qolishiga va tanada shish paydo bo‘lishiga olib keladi.
- Yurak mushaklarini mustahkamlash uchun magniy va kaliyga boy mahsulotlar iste’mol qiling. Masalan, quritilgan mevalar, grechka, dukkakli o‘simliklar…
- Shuningdek, turli hayvonot yog‘lari iste’molini kamaytirib, ular o‘rniga o‘simlik yog‘lari ishlating. Ayniqsa, zig‘ir yog‘i foydali.
- Jismonan faol bo‘ling, doimiy ravishda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullaning. Ammo bu mashg‘ulotlar og‘irlik (tosh, gantel) ko‘tarishdan iborat bo‘lmasin.
- Suyuqlik iste’molini nazorat qiling. Tana vaznining 1 kilosiga 30 gr. suyuqlik to‘g‘ri keladi. Masalan, vazningiz 70 kilo bo‘lsa, sutka davomida 2 litr suv ichishingiz mumkin. Lekin uyquga yotishdan 2 soat avval suyuqlik ichmang.
Yodingizda bo‘lsin!
Ko‘p asabiylashadigan odamlarda qon bosimi oshishi ko‘p kuzatiladi. Salomatligingiz uchun muhimi: to‘laqonli uyqu. O‘zingizni ko‘p toliqtirmang va asablaringizni asrang.Shuningdek, ba’zi dori vositalari ham (masalan, oral kontratseptivlar) qon bosimi oshishiga olib kelishi mumkin. Kasallikni davolamaslik umringizni qisqartiradi.
Uy sharoitida…
- Qon bosimingiz ko‘tarilganda eng avvalo yarim yotgan holda o‘tiring, boshingiz tanaga nisbatan balandroqda bo‘lsin.
- Shifokor tavsiya qilgan dorini iching va yarim soat mobaynida o‘rningizdan turmang.
- Gipotenziv dorilar uzoq muddatga uzluksiz qabul qilish uchun buyuriladi. Shu sababli dorini qabul qilishni o‘zboshimchalik bilan to‘xtatmang.
- Kiyik o‘ti, achchiq ko‘k choy damlab iching.
- Qon bosimingizni o‘lchab turing. Agar u ikki soat mobaynida tushmasa, zudlik bilan «Tez yordam» chaqiring.
Kichik maslahat
Bir oy davomida ertalab va kechqurun qon bosimingizni o‘lchang. Shunda o‘rtacha qon bosimingizni bilib olasiz. Bu ma’lumot shifokor sizga dori buyurishida qo‘l keladi.Behzod RAHIMQULOV,
umumiy amaliyot shifokori.
«Darakchi» gazetasi.
«Darakchi» gazetasi.
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.