Salomatlik Salomatlik Ozmoqchi bo‘lganlarga tavsiya etilmaydigan sabzavotlar

Ozmoqchi bo‘lganlarga tavsiya etilmaydigan sabzavotlar

O'qildi: 258


Ozmoqchi bo‘lganlarga tavsiya etilmaydigan sabzavotlar

Sabzavotlarning barchasi bir xilda foydali emas, ba’zilari vazn ortishiga olib kelishi, hatto qonda shakar miqdorini oshirishi mumkin.

Foto: Pinterest

Ortiqcha vazndan xalos bo‘lis uchun non va shakardan voz kechib, sabzavotlar iste’mol qilish kerakmi?Buning birinchi qismi to‘g‘ri bo‘lishi mumkin, lekin ikkinchisini o‘ylab ko‘rish kerak. Sabzavotlar orasida ham semirtiradiganlari bor: tashqi ko‘rinishidan zararsiz va hatto foydali, lekin aslida ular qo‘shimcha kilogrammlarga sabab bo‘ladi.

Sabzi

Yurak uchun zararli: juda mazali va sog‘lom. Sabzida vazn uchun xavfli bo‘lgan saxarozaning yuqori miqdori mavjud, ayniqsa, ularni ko‘p miqdorda iste’mol qilish. Shuning uchun kuniga bitta sabzi yeyish tavsiya etiladi.

Bodring

Yozda ushbu sabzavot sog‘liq uchun deyarli zarur, chunki u juda ko‘p suvni o‘z ichiga oladi va tanadagi namlik muvozanatini saqlashga yordam beradi. Bu esa suvsizlanishga qarshi samara beradi. Ammo bodringda kletchatkalar juda kam, shuning uchun juda tez hazm qilinadi va organizm boshqa narsani iste’mol qilishni xohlaydi. Bodring tufayli boshqa mahsulotlar tanovul qilinadi va natijada vazn ortishi kuzatiladi.

Lavlagi

Juda foydali va mazali ildiz sabzavot, lekin, afsuski, u shakar, kraxmal va uglevodlarni o‘z ichiga oladi. Lavlagini, birinchi navbatda, qonda shakar darajasi yuqori bo‘lganlar ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilishi kerak. Bu sabzavot glyukozaning ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin. Agar glyukoza qarshiligi xavfi mavjud bo‘lmasa ham lavlagi me’yoridan ortiq iste’mol qilish mumkin emas. Lavlagining tanada yog‘ni ishlatishdan ko‘ra saqlashni rag‘batlantirishini tasdiqlovchi tadqiqotlar mavjud.

No‘xat

No‘xat sog‘liq uchun foydali, chunki ular juda ko‘p foydali kletchatkalarni o‘z ichiga oladi, ammo ular kraxmal va boshqa oziq moddalarga boy. Bu bel atrofidagi yog‘larni saqlashga yordam beradi. Shunday qilib, ushbu mahsulotni kamroq iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Makkajo‘xori

Vazn yo‘qotishga jiddiy yondashganlar makkajo‘xoridan butunlay voz kechishi kerak bo‘ladi. Bu sabzavot juda ko‘p shakarni o‘z ichiga oladi, bu glyukozaning keskin ko‘tarilishining asosiy sababidir.

Mavzuga doir:

  • Yangi yil bazmidan keyin ozishga yordam beradigan parhez rejasi
  • Ingichka stakan, kichkina likopcha va birdaniga ko‘p ovqatlanib yubormaslikka yordam beradigan boshqa usullar
  • Uzoq muddatli vazn yo‘qotish strategiyasi: Bir yil ichida orzudagi qomatga erishish uchun nima qilish kerak?


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.