Salomatlik Salomatlik Kun bo‘yi bir joyda o‘tirganda organizmda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?

Kun bo‘yi bir joyda o‘tirganda organizmda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?

O'qildi: 310


Kun bo‘yi bir joyda o‘tirganda organizmda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?

Ba’zan ishdagi hisobotlar va boshqa shoshilinch ishlar odamlarning ertalabdan kechgacha, kun bo‘yi oyoq chigilini yozmasdan, noto‘g‘ri holda o‘tirishga majbur qiladi. Bu jiddiy xavotirlarga sabab bo‘lishi mumkinmi?

Foto: Getty Images

Ortiqcha vazn va surunkali stress

Tinchgina bir joyda o‘tirishning nima yomon tomoni bor?Ma’lum bo‘lishicha, inson uzoq vaqt harakatsiz bo‘lsa, tana faol ravishda kortizol ishlab chiqara boshlaydi.

Bir joyda doimiy o‘tirish stress gormonining yuqori darajasi tufayli ortiqcha tez vazn to‘planishiga va semirishga olib kelishi mumkin.

Umurtqa pog‘onasining erta qarishi

Ha, jismoniy harakatsizlik umurtqa pog‘onasining erta qarishi uchun mas’ul omillardan biridir. O‘tirganimizda asosiy yuk tos suyagi va orqa miya ustiga tushadi, natijada intervertebral disklarda kuchli bosim yuzaga keladi.

Bundan tashqari, biz ko‘pincha noto‘g‘ri holatda ekanligimizni sezmaymiz: bir vaqtning o‘zida egilib, bir yelkani yoki ikkalasini ham ko‘taramiz... Bunday holatlarda orqa mushaklar ishlashni to‘xtatadi, pozitsiya zarur yordamni yo‘qotadi. O‘rnimizdan turganimizda ham egilish odatiy holga aylanadi.

Shuni esda tutish kerakki, umurtqa pog‘onasi tana tirgagi hisoblanadi. U barcha ichki organlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ish stulida o‘tirganingizda iloji boricha holatni tez-tez o‘zgartirib turing, yaxshisi, yurgan ma’qul.

Bo‘yindagi doimiy zo‘riqishlar

Ko‘pchiligimiz ish joyda bir noqulay holatda o‘tiramiz: yelkalar ko‘tariladi va bosh oldinga suriladi. Bu holatda bo‘yin mushaklari qisiladi va ortiqcha zo‘riqish paydo bo‘ladi. Bu esa umurtqa pog‘onasi qisilishiga olib kelishi mumkin.

Bir joyda uzoq vaqt o‘tirish umurtqa arteriyalarda harakatsizlikka, miyaning qon ta’minoti yomonlashishiga olib keladi.

Mushaklar asta-sekin zaiflashadi

Bu gipodinamiyaga olib keladi. Qorinning yon mushaklari, shuningdek, tos sohasi birinchi bo‘lib aktivligini yo‘qotadi. Natijada bo‘shashgan mushaklar umurtqa pog‘onasini yaxshi ushlolmaydi.

Qandli diabet rivojlanish ehtimoli

Qandli diabet va gipodinamiya o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?Gap shundaki, ishlamaydigan mushaklar ishlaydiganlarga qaraganda kamroq insulin sarf qiladi, oshqozon osti bezi esa faoliyatini to‘xtatmaydi. Shunday qilib, diabetga moyillik kuchayadi.

Yurak-qon tomir kasalliklari xavfi

Yurak ham mushak ekanligini unutmang. Jismoniy harakatsizlik yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanishi uchun xavfli omildir. Bu yerda ham zanjirli reaksiya boshlanadi: passiv turmush tarzi tufayli mushaklar zaiflashishi, qon yetkazib berishning yomonlashishi va tomirlar tonusining pasayishiga olib keladi.

Varikoz tomirlari kengayishi xavfi

Bir joyda o‘tirish bilan oyoqlarda qon aylanishining yomonligidan aziyat chekamiz. Bundan tashqari, ko‘pchiligimiz bir oyog‘imiz bilan o‘tiramiz. Bu holatda tizza ostidagi vena qisiladi va qon ma’lum joylarda turib qoladi.

Xavotir va depressiyaga moyillik

Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanmaydigan odamlar depressiya va xavotirga ko‘proq moyil ekanligini bilasizmi?Oxirgi ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, harakatsiz turmush tarzini olib boradigan odamlarda ijobiylik va baxt gormonlari — endorfin va serotonin keskin kamayib ketadi.

Uyqu bilan bog‘liq muammo

Uyqusizlik, yomon va uzuq-yuluq uyqu, dahshatli tushlar... Bular ham harakatsiz turmush tarzining natijasidir. Kun davomida bir joyda o‘tirib charchagan tanangiz kechqurun to‘liq dam olish va tinchlanishga kuch topolmaydi.

Mavzuga doir:

  • Ishdan keyin oyoq og‘rishining asosiy sabablari va bundan xalos bo‘lish yechimlari
  • Koronavirus tufayli paydo bo‘ladigan uyqusizlikni qanday bartaraf etish mumkin?
  • Shaxsiy hayot, ish va jamiyatda muvaffaqiyatga erishish uchun muhim bo‘lgan 5 tavsiya


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.