Ertalab ishtaha bo‘lmasligining tibbiyotga aloqasi bo‘lmagan 3 sababi
Ertalabki ishtahasizlik bir necha sabablarga ko‘ra bo‘lishi mumkin. Ulardan ba’zilarigina tibbiy sabablarga ega. Mutaxassis Zarema Aliyeva bu muammolar haqida batafsil ma’lumot beradi.
Foto: Getty Images— Ertalab ishtaha bo‘lmasligi oshqozon-ichak kasalliklari yoki qalqonsimon bez faoliyati bilan bog‘liq muammolar tufayli bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, mutaxassislarning ta’kidlashicha, agar nonushta qilmaslik sog‘liq uchun muammo tug‘dirmasa, bu narsa anchadan beri odat bo‘lib qolgan bo‘lsa, gastrit yoki boshqa jiddiy kasalliklar bo‘lmasa, bunga e’tibor bermasa ham bo‘ladi. Ammo bir necha yil davomida to‘g‘ri nonushta qilsangiz-u, to‘satdan ertalab ishtahangiz yo‘qola boshlaganini sezsangiz – mana bu tashvishlansa bo‘ladigan holatdir. Bunday paytda ochlik o‘rniga ko‘ngil aynish hissi paydo bo‘lishi ham tekshiruvdan o‘tish lozimligini anglatadi.
Boshqa har qanday holatlarda ertalabki ishtaha bo‘lmasligi sabablarini aniqlash kerak:
— Ko‘p qahva ichish. Agar siz o‘zingizni qahvaxo‘r deb hisoblasangiz va hayotingizni bu tetiklashtiruvchi ichimliksiz tasavvur qila olmasangiz, ertalabki ishtaha yo‘qligiga hayron qolmasa ham bo‘ladi. Qahva ochlik tuyg‘usini yo‘q qilishi bilan birga, tanadagi suvni ham yo‘qotishini ham unutmang, shuning uchun ko‘p qahva ichuvchilar organizmdagi suyuqlik meyorini 1 stakan qahva/2 stakan suv miqdorida to‘ldirishi kerak. Aks holda tana suvsizlanib, natijada esa quruq teri va erta ajin tushish muammosiga duch kelasiz.
— Qoidalarga rioya qilmaslik. Ma’lumki, kompyuter yoki televizor ekrani oldida ko‘p o‘tiradiganlarga rejim haqida gapirish tugul, ular uchun ertalabki nonushtaga turishning o‘zi bir muammo. “Boyo‘g‘li”lar nafaqat kech uxlaydi, balki kech turadi ham, tabiiyki, kech nonushta qiladi. Agar ular qandaydir favqulodda holat tufayli erta turib qolsa, bunday paytda ishtaha bo‘lmasligining sabablari aniq.
— Mazali kechki ovqat. Qanchalik kech va to‘yib ovqatlansangiz, organizm uchun ovqat hazm qilish shunchalik qiyinlashadi, chunki tunda tanadagi ko‘plab jarayonlar, xususan, ovqat hazm qilish sekinlashadi. Shunga ko‘ra, ertalab ishtahasiz turasiz. Afsuski, ovqatlanishga bunday yondashuvni foydali deb atash qiyin, chunki mo‘l-ko‘l kechki ovqat va nonushta qilmaslik tufayli noto‘g‘ri ovqatlanish odati shakllanadi. Bu esa kelajakda ortiqcha kilogrammlarga olib kelishi mumkin.
Mavzuga doir:
- Qisqa vaqt ichida ozishga yordam beradigan 7 ta tonggi odat
- 15 daqiqa ertaroq uyg‘onishga turtki: nonushtaning ko‘pchilikka noma’lum afzalliklari
- Tunda iste’mol qilingan qanday mahsulotlar vazn ortishiga sabab bo‘lmaydi?
- Uxlashdan avval kefir ichish foydalimi yoki zararli?
Manba