Demensiyadan himoya qiladi, bosh og‘rig‘ini bartaraf etadi va kofein haqida ko‘pchilikka noma’lum boshqa faktlar
Kuniga ikki yoki uch stakan qahva ichish sog‘liq uchun haqiqatan ham foydalimi yoki bu shunchaki afsonami?Yaxshi uxlash uchun qahvani qachon ichish kerak?Balki butunlay choyga o‘tish afzalmi?Kofein qanchalik foydali ekanini va uning sog‘liq hamda uyquga qanday ta’sir qilishi mumkinligi haqida quyida batafsil tanishib chiqish mumkin.
Foto: “Domashniy ochag”Charchoqni bartaraf etadi
Kofein chindan ham tetiklantiruvchi ta’sirga ega – bu moddaning charchoqqa javoban organizmni sintez qiladigan tabiiy sedativ bo‘lgan adenozinni kamaytirad. Adenozinning asosiy vazifasi miyani bo‘shatish va dam olishga yuborishdir. Kofein esa tabiiy uyqu paydo bo‘lishini uzoq vaqt davomida to‘xtatishga yordam beradi. Ammo qanchalik tez-tez va ko‘proq qahva ichilsa, miya shunchalik ko‘p adenozin retseptorlarini ishlab chiqaradi va shunga mos ravishda kofein miqdori ortadi. Shuning uchun qahva ichishni me’yordan oshirmaslik lozim.
Diqqatni oshiradi
Qahvani kamdan-kam iste’mol qiladiganlar uchun bu diqqatni jamlashga va diqqatli bo‘lishga yordam beradi. Agar muntazam ravishda bir-ikki stakan qahva ichilsa, kognitiv qobiliyatga ham, e’tiborga ham ta’sir qilmaydi.
Jismoniy stressni yengishga yordam beradi
Muayyan jismoniy mashqlarni bajarish uchun qancha chidamlilik talab etilsa, kofeinning foydasi shunchalik ko‘p. Bu uzoq muddatli jismoniy faoliyatni yaxshilaydi, lekin qisqa jismoniy harakatlar uchun foydasiz. Gap shundaki, kofein organizmni yog‘dan energiya olishga majbur qiladi va mushaklarda saqlanadigan uglevodlarni eritmaydi. Mushaklarda uglevod zaxiralari qolmaganida charchoq paydo bo‘ladi. Shuning uchun hovuzda suzish, yugurish yoki yurishdan oldin bir stakan qahva ichish ajoyib g‘oya.
Demensiya xavfini kamaytiradi
Kuniga 4 stakan qahva Parkinson kasalligini rivojlanish xavfini keskin kamaytiradi, chunki kofein dopamin neyrotransmitterini ishlab chiqaradigan asab hujayralarini himoya qilishga qodir. Bundan tashqari, kofein beta-amiloid miqdorini sezilarli darajada kamaytiradi, ko‘plab tadqiqotchilar buni Alsgeymer kasalligining asosiy sababi deb hisoblashadi. 3500 nafar ko‘ngilli ishtirok etgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, kuniga ikki piyola qahva kasallik xavfini 55 foizga kamaytirgan.
Bosh og‘rig‘ini bartaraf etadi
Kofein qon tomirlarining siqilishi natijasida paydo bo‘ladigan bosh og‘rig‘ini bartaraf etadi.
Uyquga ta’sir qiladi
Kechqurun osongina uxlamoqchi bo‘lganlarga shifokorlar oxirgi qahvani soat 14:00 dan kechiktirmay ichishni tavsiya qiladi. Shuningdek, kofeinli ichimliklardan butunlay voz kechish uyqu sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi.
Yurakka salbiy ta’sir qilmaydi
2020-yil Journal of Clinical Electrophysiology jurnalida chop etilgan tadqiqot shuni tasdiqladiki, qahva ichish yurak xastaligidan aziyat chekadiganlarda aritmiya xavfini oshirmaydi.
Qahva bilan vazn yo‘qotib bo‘lmaydi
Ammo ko‘payib borayotgan tadqiqotlar qahvaning o‘zi vazn yo‘qotish uchun sezilarli natijalarga erisha olmaslikni tasdiqlaydi. Bu haqiqatan ham metabolizmni tezlashtiradi va organizmda to‘plangan yog‘dan energiya olishga undaydi, ammo vazn yo‘qotish masalasida o‘zini oqlamaydi.
Mavzuga doir:
- Nima uchun qahvadan keyin suv ichish kerak?
- Qahva, uzum sharbati va kasallikka qarshi kurashda yordam beradigan boshqa mahsulotlar
- Tetiklashtiruvchi ta’siri qahvanikidan kam bo‘lmagan mahsulotlar
- Qahva, bodring va teri uchun kosmetik vosita tayyorlasa bo‘ladigan boshqa mahsulotlar
Manba