Salomatlik Salomatlik Akupunktura – igna bilan davolash qanday kasalliklarda buyuriladi?

Akupunktura – igna bilan davolash qanday kasalliklarda buyuriladi?

O'qildi: 291


Akupunktura – igna bilan davolash qanday kasalliklarda buyuriladi?

Akupunktura – tibbiyotda igna bilan davolash ( lotin tilida “akus” – igna, “punktura” – sanchish ma’nosini anglatadi)qadimda Xitoyda paydo bo‘lgan.

Foto: Pinterest

Xitoy mutaxassislari tana salomatligi undagi meridianlar orqali oqadigan hayot energiyasi bilan bog‘liq deb hisoblaydi. Inson tanasida 14 ta meridian bor, ularning barchasi ichki a’zolar va teri bilan bog‘langan, meridianlar orqali harakatlanayotgan energiyaning bloklanishi, a’zolarda va markaziy asab tizimida kasallik keltirib chiqaradi. Аkupunktura ta’sirida blok yechiladi va energiya harakati tiklanadi. Bu esa kasallikning alomatlarini va ularning sababini yo‘q qiladi.

Аkupunktura qanday samara beradi?

Аkupunktura meridianlarda joylashgan biologik faol nuqtalarga ta’sir qiladi. Igna ham yuzaki, ham chuqur to‘qimalarga sanchiladi, mushak, pay, bo‘g‘im oldi sirtlarda joylashgan nerv tomirlari retseptorlariga ta’siri orqali asab tizimi funksional holatini o‘zgartiradi.

Igna bilan davolashning “asosi” – bemorning o‘zi.

Sharq tabobati asosiy qoidalariga ko‘ra, inson shifo topishi uchun uning o‘zida cheksiz imkoniyatlar yaratilgan. Bioaktiv “nuqtalarga” mohirona ta’sir orqali tanada to‘g‘ri impulslar shakllantiriladi. Hosil bo‘lgan impulslar ichki a’zolar va asab tizimini optimal ishlashiga olib keladigan o‘zgarishlarni amalga oshiradi. Shunday qilib organizmning tabiiy holati tiklanadi.

Qanday kasalliklarda igna muolajasi buyuriladi?

Аkupunktura endorfin garmonlarini ko‘paytirishi natijasida og‘riqni to‘xtatadi, tinchlantiradi, stressni yo‘qotadi. Bundan tashqari, umumiy immunitetni faollashtiradi, limfa va qon aylanishini yaxshilaydi, qon bosimi, yurak va miya faoliyatini normallashtiradi. Insultni o‘tkazgan bemorlarning reabilitatsiya davrida samarali natija beradi. Igna bilan davolash nevrologik kasalliklar, psixologik holatlarda, hatto yosh bolalarda ham qo‘llaniladi.

Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev tavsiyalari asosida tayyorlandi.

Mavzuga doir:

  • Qizilo‘ngach saratoni: bilishingiz kerak bo‘lgan 5 ta dastlabki belgi
  • Salomatlik ko‘zgusi: ko‘zlardan aniqlash mumkin bo‘lgan kasalliklar
  • Jigar salomatligini saqlashda yordam beradigan 3 ta odat
  • Miya faoliyatini yaxshilashda yordam beradigan mahsulotlar


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.