Qizilo‘ngach saratoni: bilishingiz kerak bo‘lgan 5 ta dastlabki belgi
Qizilo‘ngach saratoni oshqozon-ichak traktining eng keng tarqalgan xavfli shishidir. Har yili dunyo bo‘ylab 16 mingta yangi holat qayd etilmoqda, har bir davlatda ushbu kasallikning tarqalishi doimiy ravishda o‘sib bormoqda.
Erkaklar qizilo‘ngach saratoniga ayollarga qaraganda 3,5 marta ko‘proq chalinadi, eng yuqori ko‘rsatkich 50—59 yoshda bo‘ladi. Qachon qizilo‘ngach saratonining erta belgilariga e’tibor berish va darhol shifokor bilan maslahatlashingiz kerakligi haqida gaplashamiz.
Fotot: Getty ImagesOg‘riqli yoki qiyin yutinish
Qizilo‘ngach — og‘iz va oshqozonni bog‘laydigan naycha. Agar unda shish paydo bo‘lsa, bemor ovqat yutishda qiyinaladi. Shifokorlarning ta’kidlashicha, birinchi qiyinchiliklar odatda qattiq oziq-ovqat — go‘sht yoki nonni yutish bilan boshlanadi. Og‘riq bo‘lishi mumkin. Agar shifokorga murojaat qilmasangiz va hech qanday chora ko‘rmasangiz, yumshoq ovqatlar va hatto suyuqliklarni yutishda ham qiyinchiliklar paydo bo‘lishi mumkin.
Mavzuga doir: Chernika, sarimsoq va onkologlar muntazam ravishda iste’mol qilishni tavsiya etadigan boshqa mahsulotlar
Manba