Sovuq suv ichish mumkin! Tomoq og‘rig‘ida yordam beradigan 10 ta layfxak
Yilning istalgan vaqtida tomoq og‘rig‘i kuzatiladi. Virusli infeksiya bilan tomoqdagi noqulaylikka qarshi qanday kurashish mumkin? Quyida bunga yordam beradigan bir nechta foydali layfxaklar bilan tanishib chiqing.
Foto: PinterestTomoqni chayish
Qimmatbaho kukunlar yoki moychechak kabi dorivor giyohlarga pul sarflashning keragi yo‘q. Yarim choy qoshiq tuz bir stakan suvda eritilib, tomoqni har ikki soatda chayqash kerak. Lekin sirka qo‘shib bo‘lmaydi, u tish emalini zararlaydi.
Sovuq ichimliklar
Qariyalarning qaytarishlaridan farqli o‘laroq, sovuq ichimlik tomoq og‘rig‘i va yallig‘lanishni kamaytirishga yordam beradi.
Muz
Agar sovuq ichimlik ichish yoqmasa yoki qo‘rquv bo‘lsa, suyuqlikni muz bo‘lagi bilan almashtirish mumkin.
Havoni namlash
Quruq havo sog‘ayishga yordam bermaydi. Tez-tez havo namlantirgichdan foydalanish yoki iliq dush qabul qilish kerak.
Zararli narsalardan saqlanish
Gazlangan ichimliklar, sovuq ovqatlar, sitrus mevalari tomoqqa zararli.
Giyohli choy ichish
Bu og‘riqni kamaytirishga va immunitetni yaxshilashga yordam beradi.
Asalni iste’mol qilish
Asalning o‘zini yoki choyga qo‘shib ichish tavsiya etiladi. Uning antibakterial ta’siri mavjud.
Kamroq gapirish
Shunda tomoq og‘rig‘i tezroq o‘tib ketadi. Aks holda, bir necha kun davomida ovozda xirillash kuzatiladi.
Tish cho‘tkani almashtirish
Bakteriyalar unda ham ko‘payadi. Ikkilamchi infeksiyaning oldini olish uchun uni kasallikning boshida va sog‘ayishdan keyin o‘zgartirish kerak.
Shifokorga murojaat qilish
Yuqori isitma, tomoqning qattiq og‘rishi, tupukdagi qon terapevt bilan bog‘lanish va keyin nima qilishni hal qilish uchun jiddiy sababdir.
Mavzuga doir:
- Boshni yuvib, sochlarni quritmay ko‘chaga chiqish organizmga qanday xavf tug‘diradi?
- Immun tizimi uchun qaysi biri xavfliroq: gamburgermi yoki shamollash?
- Bosh aylanishi, tomir tortishishi, ko‘karish va koronavirusning boshqa alomatlari
- Surunkali tonzillit kasalligini keltirib chiqaruvchi omillar
Manba