Salomatlik Salomatlik Xotirani mustahkamlashda yordam beradigan odatlar

Xotirani mustahkamlashda yordam beradigan odatlar

O'qildi: 368


Xotirani mustahkamlashda yordam beradigan odatlar

Hozirda nafaqat yoshi kattalar, balki yoshlar orasida ham xotira borasida muammolar paydo bo‘lmoqda. Ammo ularni vaqtida bartaraf etishga yordam beradigan bir qancha foydali odatlar ham mavjud.

Foto: Pinterest

Doimiy ravishda yangi narsalarni o‘rganish

Bu oddiy tuyilishi mumkin, lekin miya uchun o‘rganishdan ko‘ra yaxshiroq faoliyat yo‘q. Yangi ma’lumot va ko‘nikmalarni o‘rganish jarayonida miyada yangi neyron aloqalar shakllanadi, bu xotira uchun ham muhimdir. Hamma narsani o‘rganish mumkin: xitoy tilidan tennis o‘ynashgacha. Asosiysi, doimiy ravishda yangi ma’lumotlarni olish va qayta ishlash. Ijodiy qobiliyatlarni o‘zlashtirish ham xotirani yaxshilashga yordam beradi. Aslida nima kerakligini o‘ylab ko‘rish lozim. Grafik chizish texnikasimi yoki kulol g‘ildiragida ishlashmi?Yangi ma’lumotlarni qabul qilish va qayta ishlash bilan bog‘liq har qanday faoliyatni amalga oshirish mumkin.

Kundalik yozishni odatga aylantirish

Agar faqat bolalikda kundalik tutgan bo‘lsangiz, yana bu odatga qaytish vaqti keldi. Fikrlarni shakllantirish va ularni yozma ravishda ifodalash qobiliyati umuman hayotda foydalidir, shuningdek, bu miya uchun ajoyib mashqdir. Har kunning voqealarini, ko‘rgan filmlar va kitoblardan olgan taassurotlarni, ajoyib biznes g‘oyalarni va xayolga kelgan boshqa narsalarni yozishi mumkin. Fikrlarni atrofdagilar bilan baham ko‘rishni xohlovchilar chiroyli daftarda yoki kompyuterda yoki hatto Instagram’ga post joylashi mumkin. Chalkashtirmaslik kerak: telefondagi eslatmalarga bir nechta jumlalarni yozish va kundalik yozish ikki xil narsadir. Tinch o‘tirish, diqqatni jamlash va tushunarli izchil matnni tuzish juda muhim, faqat shu yondashuv miya faoliyatini oshirishga va xotirani rivojlantirishga yordam beradi.

Ratsiondagi sog‘lom yog‘lar nazorati

Balansli ovqatlanish nafaqat miyaning, balki butun organizmning ishlashi uchun muhimdir. Biroq yog‘larga juda muhtoj bo‘lgan ham aynan shu organ. Albatta, miya oqsil va uglevodlar tufayli ham yaxshi ishlaydi, lekin unchalik samarali emas. Miyaning ishlashiga va kognitiv qobiliyatlarga haqiqatan ham ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan asosiy va eng samarali moddani olimlar omega-3 yog‘ kislotalari deb atagan. Ular miya hujayralarida membranalarni qurish, shuningdek, yallig‘lanish reaksiyalarining oldini olish va oksidlovchi stressni kamaytirish uchun zarurdir. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, omega-3 yog‘ kislotalarining yetishmasligi yosh bilan kognitiv hamda xotira qobiliyatining keskin pasayishi xavfi bilan bog‘liq.

Omegalar oziq-ovqatdan kerakli miqdorda olish oson bo‘lgan moddalar qatoriga kiradi, shuning uchun shifokordan maslahat olishning keragi yo‘q. Ratsionda yog‘li baliq, yong‘oq, urug‘lar, avokado va zaytun moyi bo‘lishi lozim. Vegetarianlar uchun ushbu ro‘yxatning o‘simlikka asoslangan komponenti ham mavjud.

Mavzuga doir:

  • Miya faoliyatini yaxshilashda yordam beradigan mahsulotlar
  • Yurak salomatligini mustahkamlash uchun amal qilish kerak bo‘lgan 8 ta muhim qoida
  • Ko‘rish qobiliyatini yaxshilashga yordam beradigan vitamin va minerallar
  • Qishda tishlar salomatligi uchun qanday vitaminlar kerak?
  • Qanday mahsulotlar miya salomatligi uchun zararli?


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.