Salomatlik Salomatlik Imkon qadar tez-tez iste’mol qilish tavsiya etiladigan 9 ta eng foydali sabzavot

Imkon qadar tez-tez iste’mol qilish tavsiya etiladigan 9 ta eng foydali sabzavot

O'qildi: 346


Imkon qadar tez-tez iste’mol qilish tavsiya etiladigan 9 ta eng foydali sabzavot

Yetarli miqdorda kletchatka, shuningdek, boshqa foydali vitamin va minerallarni olish uchun sabzavotlarni har kuni iste’mol qilish kerak. Deyarli har qanday sabzavot salomatlik uchun zarurdir, ammo imkon qadar tez-tez iste’mol qilinishi kerak bo‘lgan haqiqiy chempionlar mavjud.

Foto: “Domashniy ochag”

Piyoz

Yangi piyozda antioksidantlar ko‘p bo‘lib, ular erkin radikallarning salbiy ta’siriga qarshi kurashadi va saraton hujayralariga qarshilikni oshiradi. Esda tutish kerakki, xom yoki tuzlangan piyozning foydasi juda ko‘p.

Makkajo‘xori

Bu sabzavot hamma uchun foydali, ayniqsa, keksalar uchun. Tadqiqot shuni tasdiqladiki, makkajo‘xorida boy bo‘lgan maxsus antioksidant lyutein keksalikda ko‘rlik rivojlanishining oldini olishga yordam beradi. Bundan tashqari, boshoqlar qancha uzoq pishirilsa, antioksidantlar miqdori shunchalik yuqori bo‘ladi.

No‘xat

Hajmi muhim bo‘lmagan mahsulotlardan biri: kichik no‘xatlar oshqozon saratoni xavfini kamaytirishga yordam beradigan birikmalarga to‘la. Uni har kuni – yangi, konservalangan yoki boshqa usulda tayyorlanganini iste’mol qilish mumkin.

Karam

Oddiy karam tarkibida zararli xolesterin darajasini sezilarli darajada kamaytiradigan va yurak xastaliklari xavfining oldini oladigan antioksidant bo‘lgan C vitamini mavjud.

Brokkoli

Karamlar oilasiga mansub ushbu sabzavot saraton kasalligiga qarshi kurashda foydali hisoblanadi: tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, bu sabzavotni haftasiga besh marta iste’mol qilish peshob pufagi saratoni rivojlanish xavfini ikki baravar kamaytirishi mumkin.

Qizil qalampir

Bitta o‘rta kattalikdagi qalampir C vitamini kunlik qiymatining 150 foizini o‘z ichiga oladi, bu aterosklerozning oldini olishga, yurak va qon tomirlarini himoya qilishga yordam beradi.

Ismaloq

Ko‘zlar salomatligi haqida qayg‘uradiganlar shunchaki ismaloqni muntazam iste’mol qilishi kerak. U ko‘z sog‘lig‘ini qo‘llab-quvvatlaydigan va keksa odamlarda ko‘rish qobiliyati pasayishining oldini olishga yordam beradigan karotenoidlar, antioksidantlarga boy.

Bryussel karami

C vitamini yuqori bo‘lgan yana bir sabzavot, shuningdek, erkin radikallarni zararsizlantirishga yordam beradigan antioksidantlar, yurak kasalliklari bilan kurashish va katarakta rivojlanishining oldini olishga yordam beradi.

Lavlagi

Bu ildiz sabzavot saratonga qarshi kurashda yordam beradigan foydali antioksidantlarga, shuningdek, ko‘z salomatligi uchun zarur bo‘lgan lyuteinga boy. Bundan tashqari, foydali xususiyatlar pishirish va qovurishdan keyin ham saqlanib qoladi.

Mavzuga doir:

  • Organizmni tozalashga yordam beradigan 6 mahsulot
  • Shifokor tavsiyasi: insult xavfini kamaytiradigan 8 mahsulot
  • Miya faoliyatini yaxshilashda yordam beradigan mahsulotlar


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.