Har kuni bir bo‘lak limon iste’mol qilish organizmga qanday ta’sir qiladi?
O'qildi: 280
Diyetolog Aleksandra Lapina limonning bir qancha foydali xususiyatlari bilan birga, kimlar undan voz kechishi kerakligini ham ma’lum qildi.
Foto: GraziaFoydali tomonlari
- “Limon ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilaydi, ishtahani ochadi, qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi, spazmlarni yo‘qotadi va hatto saratonning oldini oladi”, – deydi ekspert.
- Bir tilim limon tarkibida C va D vitaminlari, foliy va askorbin kislotalari, shuningdek, temir, mis, rux, ftor mavjud.
- Bir tilim limon askorbin kislotaning kunlik ehtiyojining yarmini o‘z ichiga oladi. C vitamini sovuq mavsumda immunitet tizimining himoya xususiyatlarini mustahkamlaydi.
- Limon organizmdagi bakteriyalarning ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi.
- Limonlar allergen mahsulotdir, shuning uchun u hammaga mos kelmaydi. Sitruslarga allergiyasi bor bo‘lgan odamlar bu mevani iste’mol qilmasliklari kerak.
- Shuningdek, limonni homilador ayollar, uch yoshgacha bo‘lgan bolalar va buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarga iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.
- Limonni ko‘p iste’mol qilish mumkin emas: kuniga maksimal ikki bo‘lak sog‘liq uchun xavfsizdir. Agar har kuni butun limon iste’mol qilinsa, gipervitaminoz bilan kasallanish xavfi mavjud.
Mavzuga doir:
- Kunni bir stakan limonli suv ichishdan boshlashning foydali tomonlari
- Sovuq mavsumda organizmni energiya bilan ta’minlab, tetiklashishga hissa qo‘shadigan 8 mahsulot
- Kun retsepti: Immunitetni mustahkamlovchi vitaminlarga boy ichimlik
- Uyqusizlikdan keyingi charchoqni bartaraf etishga yordam beradigan 7 ta usul
Manba
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.