Salomatlik Salomatlik Jig‘ildon qaynashini uy sharoitida qanday bartaraf etish mumkin?

Jig‘ildon qaynashini uy sharoitida qanday bartaraf etish mumkin?

O'qildi: 198


Jig‘ildon qaynashini uy sharoitida qanday bartaraf etish mumkin?

Jig‘ildon qaynashi oshqozon shirasining juda ko‘p ishlab chiqarilishi bilan bog‘liq bo‘lib, kislota to‘g‘ridan to‘g‘ri qizilo‘ngachga kirib, shilliq qavatni bezovta qiladi. Albatta, muammoning kelib chiqishi haqida shifokor(terapevt yoki gastroenterolog)bilan maslahatlashgan ma’qul, lekin hech qanday dori-darmonlarsiz ham uyda bu muammoni hal qilish mumkin.

Foto: Grazia

Jig‘ildon qaynashi qanday paydo bo‘ladi?

Jig‘ildon qaynashiga olib keluvchi asosiy omillardan biri bu noto‘g‘ri ovqatlanishdir. Ko‘p ovqat yeb qo‘yish, tez ovqatlanish, yomon chaynash, yo‘l-yo‘lakay ovqat yeyish shular jumlasidan. Shirin, achchiq, qovurilgan, sho‘r, yog‘li taomlar va spirtli ichimlik iste’mol qilish ham jig‘ildon qaynashiga olib keladi. Shuningdek, shokoladli kofe, sarxil va nordon mevalar, konditer mahsulotlari oshqozonda kislotalilikni oshiradigan ovqatlar guruhiga kiradi.

Foto: Grazia

Bundan tashqari, dori-darmonlarni qabul qilish ham oshqozonda noqulaylik tug‘dirishi mumkin.

Xalqona vositalar va retseptlar

  • Suv. Oshqozon shilliq qavatiga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Buning uchun kam miqdorda iliq suv ichish lozim.
  • Ichimlik sodasi. Taxminan, 1 choy qoshiq sodani 300 ml iliq suvda eritib iching. U kislotani zararsizlantiradi, ammo ta’siri uzoq vaqt davom etmaydi — og‘iq bo‘lgan holatlarda yordam bermasligi mumkin.
  • Faollashgan ko‘mir. Homilador ayollarga ham mumkin bo‘lgan vosita. Ko‘mir ortiqcha kislotani yutadi va uni chiqarib tashlaydi. Yengil hollarda 3-4 tabletka yetarli, ammo yaxshi ta’sir qilishi uchun 10 tagacha ichish mumkin. Tabletkani suv bilan yoki suvda eritib ichish lozim.
  • Olma sirkasi. Uni, albatta, suvda eritib(yarim stakanga 1 choy qoshiq), ovqatlanishdan oldin ichish kerak. Jig‘ildon qaynashining yengil shakllarida sirka yaxshi samara beradi.
  • Guruch qaynatmasi(xo‘rda). U jig‘ildon qaynashini sekinlik bilan yengillashtiradi. Bulyonni ichishdan oldin bir necha soat davomida iliq joyda turishi kerak — shunda yanada foydaliroq bo‘ladi.

Tuxum po‘chog‘i. Po‘stloqni maydalab, kukun holiga keltirish lozim va kuniga uch marta, 0,5 choy qoshiqdan iste’mol qilinadi.

Foto: Marie Claire

Jig‘ildon qaynashida fitoterapiya ham yordam berishi mumkin.

Selderey ildizini maydalab, ustidan qaynoq suv quying. Ovqatdan keyin 1 osh qoshiqdan iching.

Moychechak. 3 osh qoshiq quritilgan gullarga bir stakan qaynoq suv quying va 20 daqiqaga tindiring. Ovqatdan oldin kuniga 3 marta iching. Ta’sir darhol sezilmasligi mumkin, ammo 2 haftadan so‘ng holat sezilarli darajada yaxshilanadi. Shuningdek, moychechakli damlamani profilaktika maqsadida ichish ham tavsiya etiladi.

Aloe barglaridan 1 choy qoshiq sharbatini siqib oling va 300 ml suv bilan suyultiring. Sharbatning ozginasini sariyog‘ bilan aralashtirib, iste’mol qilish foyda beradi.

Foto: “RBK”

Quyidagi mahsulotlar ham birinchi navbatda ratsionga kiritilishi kerak:

  • bodom;
  • banan;
  • qovoq va kungaboqar urug‘lari;
  • asal;
  • sut;
  • oq karam sharbati;
  • kartoshka sharbati.

Bu mahsulotlar oshqozondagi kislotalilikni kamaytirishga yordam beradi.

Agar yuqoridagi tavsiyalardan so‘ng ham jig‘ildon qaynashi to‘xtamasa, bunday hollarda shifokor maslahati juda muhimdir.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.