Salomatlik Salomatlik Yuqori tana harorati, ko‘ngil aynishi va buyrakda tosh borligini anglatuvchi boshqa simptomlar

Yuqori tana harorati, ko‘ngil aynishi va buyrakda tosh borligini anglatuvchi boshqa simptomlar

O'qildi: 159


Yuqori tana harorati, ko‘ngil aynishi va buyrakda tosh borligini anglatuvchi boshqa simptomlar

Buyrak toshlari bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy alomatlardan biri – tosh harakatlanayotganda va tanani tark etishga urinishda paydo bo‘ladigan dahshatli og‘riqdir. Ko‘pincha og‘riq odamning buyragi va siydik pufagida muammo borligidan darak beradi. Ammo ko‘pchilikka noma’lum bo‘lgan ogohlantiruvchi boshqa alomatlar ham mavjud.

Foto: Cosmopolitan

Buyrak toshlari – bu tuzlarning to‘planishi bo‘lib, ular juda qattiq bo‘laklarga aylanadi. Ba’zi toshlar mayda-chuyda bo‘lib, tanani sezilarsiz darajada tark etishi mumkin, boshqa kattaroqlari va ularning harakatlari noqulaylik va qattiq og‘riqni keltirib chiqaradi. Ba’zi hollarda toshlar juda kattaligi tufayli siydik yo‘lini to‘sib qo‘yishi mumkin, keyinchalik bu holat jarrohlik amaliyotini talab qiladi.

Buyrak toshlarining paydo bo‘lishi turli omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin: ovqatlanish xususiyatlari, irsiyat, odamning turmush tarzi va birga keladigan kasalliklar, masalan, semirish bilan.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.