Salomatlik Salomatlik Qon bosimi past ekanligidan darak beruvchi hamda e’tibor qaratish talab etiladigan simptomlar

Qon bosimi past ekanligidan darak beruvchi hamda e’tibor qaratish talab etiladigan simptomlar

O'qildi: 312


Qon bosimi past ekanligidan darak beruvchi hamda e’tibor qaratish talab etiladigan simptomlar

Past qon bosimi yoki gipotoniya sog‘liq uchun yuqori qon bosimi kabi xavfli bo‘lishi mumkin. Surunkali past qon bosimidan aziyat chekmaydigan insonlar quyidagi alomatlardan birini sezsa, albatta shifokorni ko‘rigidan o‘tishi kerak.

Foto: Pinterest

Bosh aylanishi

Bosh aylanishi va holsizlik, ayniqsa, tana holatining keskin o‘zgarishidan so‘ng kuzatilsa, bu past qon bosimining eng keng tarqalgan alomatidir. Agar so‘nggi paytlarda bosh aylanayotgan bo‘lsa, albatta, shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Konsentratsiya bilan bog‘liq qiyinchiliklar

Stress, bezovtalik yoki uyqusizlik, zaiflikning kuchayishi — bularning barchasi diqqatni jamlashda qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin. Bu ham past qon bosimining alomati: qon miya hujayralariga kerakli miqdorda oqishini to‘xtatadi va diqqatni jamlash qiyinlashadi.

Tashnalik

Qancha ko‘p suyuqlik ichilsa ham, chanqoqning qonmasligi, tashnalik ham past qon bosimining belgisi bo‘lishi mumkin.

Xira ko‘rish

Bu nafaqat yoqimsiz, balki juda xavfli alomatdir: haqiqat shundaki, bosimning pasayishi va ko‘rish markazlarida qon ta’minoti kamayishi natijasida loyqa yoki xira ko‘rish kuzatilishi mumkin. Hatto bosim tiklangan bo‘lsa ham, ko‘rish bilan bog‘liq muammolar davom etishi mumkin. Shuning uchun imkon qadar tezroq shifokorga murojaat qilish lozim.

Sovuq va nam teri

Past bosimda tana birinchi navbatda qonni muhim organlarga yo‘naltirishga harakat qiladi, bunda oyoq-qo‘llarga qon yetib bormaydi. Natijada qo‘l yoki oyoq terisi sovuq, nam va hatto rangi ko‘k yoki kulrang tusga o‘zgarishi mumkin.

Yurak urishining tezlashishi

Qon bosimi darajasi pasayganda, yurak yetarli qonni ololmaydi — u qisqarish chastotasini oshirish orqali tanqislikni qoplashga harakat qiladi. Aytgancha, past qon bosimi yurakning juda charchaganligining belgisi bo‘lishi mumkin. Har qanday holatda ham shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Charchoq

Hatto odatiy mashg‘ulotlar ham juda ko‘p kuch talab qiladigan charchoq turli xil jiddiy kasalliklarning belgisi, shu jumladan, past qon bosimi alomati bo‘lishi mumkin. So‘nggi paytlarda tez charchayotgan bo‘lsangiz, albatta, shifokor bilan maslahatlashing.

Depressiya 

Miyaning qon bilan ta’minlanmaganligi depressiya alomatlarini qo‘zg‘atishi mumkin: Dublin Trinity kolleji tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, past qon bosimi depressiya xavfini 30 foizga oshiradi. Bosim nafaqat jismoniy, balki ruhiyatga ham ta’sir qiladi.

Ko‘ngil aynishi yoki qayt qilish

Oshqozon og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi yoki hatto qayt qilish keskin pasaygan bosimning klassik belgilaridir. Buning sababi shundaki, qon oqimining yetishmasligi miya va yurak signallari o‘rtasidagi nomuvofiqlikka olib keladi. Agar siz hech qanday sababsiz bunday narsani his qilsangiz, shifokor bilan maslahatlashib,  bosim darajasini nazorat qilishni unutmang.

Mavzuga doir:

  • Qon bosimining oshishiga sabab bo‘luvchi 5 holat
  • Jismoniy mashqlar orqali qon bosimni qanday tushirish mumkin?
  • Qon bosimi pasayganda qanday mahsulotlar iste’mol qilish tavsiya etiladi?


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.