Ko‘krak bezi saratoni profilaktikasi: kasallik haqida har bir ayol bilish kerak bo‘lgan 10 ta fakt
Ko‘krak bezi saratonining sababi aniq ma’lum emas, ammo ushbu kasallikning rivojlanish xavfini kamaytiradigan omillar mavjud.
Foto: Pinterest1. Faqat sog‘lom ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish emas, balki foydali oziq-ovqatlarni muntazam ravishda iste’mol qilish tavsiya etiladi. Bularga quyidagilar kiradi: butguldoshlar oilasiga mansub sabzavotlar, ayniqsa, karam va brokkoli, qora, ko‘k va qizil mevalar, pomidor, yong‘oq, sarimsoq, loviya, sabzi, o‘rik, qovoq.
2. Ismaloq tanovul qiling!Ushbu mahsulotni muntazam iste’mol qiladigan ayollar ko‘krak va bachadon bo‘yni saratoni rivojlanish xavfini kamaytiradi.
3. Yong‘oqni unutmang!Kuniga atigi 15 gramm yeryong‘oq iste’moli ko‘krak bezi saratoni va diabet kabi ko‘plab kasalliklardan o‘lim xavfini kamaytirish uchun yetarli.
4. Go‘shtni ko‘p iste’mol qilish o‘sma paydo bo‘lish xavfini oshirishi mumkinligi haqidagi keng tarqalgan qarash noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi: 20 dan ortiq tadqiqotlar buni tasdiqlamadi. Shuning uchun go‘shtni yog‘siz va oqilona miqdorda yeyish mumkin.
5. Spirtli ichimliklar bilan ehtiyot bo‘ling!Agar ayol spirtli ichimliklarni muntazam ravishda iste’mol qilsa, ko‘krak saratoni xavfi taxminan 7 foizga oshadi.
6. Ayollar, ayniqsa, menopauza davrida, vaznini kuzatishi juda muhimdir. Quvvat mashqlari va kardio mashg‘ulotlarining kombinatsiyasi vazn yo‘qotish va mushak massasini olishning eng samarali usuli ekanligi aniqlandi. Ayollarga haftasiga kamida 4-7 soat vaqtini sport zalida o‘tkazish tavsiya etiladi.
7. Tungi gazaklar nafaqat bel uchun, balki umuman ayollar salomatligi uchun ham xavflidir. Ertaroq ovqatlanish va tunda ovqatlanmaslik qondagi qand miqdorining barqarorligini ta’minlaydi va natijada ko‘krak bezi saratoni va diabet rivojlanish xavfini kamaytiradi.
8. Kechasi uxlash juda muhim — bu melatonin ishlab chiqarish uchun shart. Kechasi, ayniqsa 12 soatlik smenada ishlaydigan ayollarda ko‘krak bezi saratoni rivojlanish xavfi ortishi isbotlangan.
9. Harakat qiling!O‘troq turmush tarzi ayollarda ko‘krak bezi saratoni, tuxumdon saratoni va o‘sma rivojlanish xavfini kamida 10 foizga oshiradi.
10. Ko‘krakni muntazam tekshiruvdan o‘tkazing!Muntazam mammogramma tekshiruvida bo‘lgan 50-69 yoshdagi ayollarda o‘simtani erta bosqichda aniqlash orqali ko‘krak saratonidan o‘lish xavfi 40 foizga kamaydi.
Mavzuga doir:
- Saraton kasalligining kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan kundalik odatlar
- Qo‘ltiq osti shishi ayollar uchun xavfli kasallik alomati bo‘lishi mumkinmi?
- Saratonning ko‘pchilik o‘tkazib yuboradigan dastlabki belgilari
Manba