Salomatlik Salomatlik Oshqozondagi og‘irlik hissini qanday bartaraf etish mumkin?

Oshqozondagi og‘irlik hissini qanday bartaraf etish mumkin?

O'qildi: 221


Oshqozondagi og‘irlik hissini qanday bartaraf etish mumkin?

Odamga ovqat hazm bo‘lish jarayoni to‘xtagandek tuyulsa, oshqozon o‘z vazifasini bajara olmayapti yoki ishlamayapti, deb o‘ylashadi. Bu hissiyot hazmsizlik, to‘g‘rirog‘i — dispepsiya deyiladi. Bu alohida kasallik emas, balki boshqa holatlarning alomatidir.

Ko‘pincha dispepsiya, odam ortiqcha ovqatlanganda, ko‘p suyuqlik ichganda paydo bo‘ladi. Ammo bu, shuningdek, oshqozon atoniyasi, gastroezofagial reflyuks kasalligi(GERD)yoki xavfli o‘simta kabi jiddiyroq muammolarni ham ko‘rsatishi mumkin.

Simptomlar sababga qarab farq qiladi, umumiy qaraganda quyidagi kabi namoyon bo‘ladi:

  • to‘yingan holda oshqozonni tez to‘ldirish hissi;
  • uzoq davom etadigan oshqozonning to‘lalik hissi;
  • qorinning yuqori qismida noqulaylik va yonish hissi;
  • shish;
  • ko‘ngil aynishi;
  • baʼzida jig‘ildon qaynashi va qusish.

Nima uchun oshqozonda og‘irlik hissi paydo bo‘ladi?

Bu ko‘pincha turmush tarzi bilan bog‘liq va quyidagi sabablarga ko‘ra yuzaga kelishi mumkin:

  • ortiqcha ovqatlanish;
  • ovqatni tez yeyish;
  • yog‘li yoki achchiq ovqatlar;
  • kofein, alkogol, shokolad yoki gazlangan ichimliklarni haddan tashqari ko‘p isteʼmol qilish;
  • chekish;
  • tashvishlanish.

Shuningdek, oshqozonda og‘irlik hissi:

  • Baʼzi dori-darmonlarni qabul qilgandan so‘ng — steroid bo‘lmagan yallig‘lanishga qarshi preparatlar, temir preparatlari, ayrim antibiotiklar;
  • Gastrit va oshqozon yarasi tufayli;
  • Qizilo‘ngach va oshqozondagi xavfli o‘sma kasalliklari fonida;
  • GERD tufayli yuzaga keladi.

Oshqozonni bo‘shatishning kechikishi, oziq-ovqatning unda zarur bo‘lgandan ko‘proq vaqt qolishi holatlarida gastroparez yoki oshqozon atoniyasi deb ataladi. Muammo odatda kuchsiz asab funksiyasi(masalan, diabet, nevrologik kasalliklar tufayli), biriktiruvchi to‘qima kasalliklari, operatsiyadan keyingi asoratlar bilan bog‘;liq.

Oshqozon muammolarida qachon shifokorga murojaat qilish kerak?

Quyidagilarni his qilsangiz tez yordam chaqiring:

  • nafas qisilishi;
  • terlash;
  • yurak urishining o‘zgarishi;
  • qo‘llarga tarqaladigan og‘riq.

Bu infarkt bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari quyidagi belgilar ham tashvishga solishi kerak:

  • ishtaha yo‘qolishi;
  • tez-tez qusish va ko‘ngil aynish;
  • ozish;
  • axlatda qon;
  • ovqatni yutish paytida qiyinchilik va og‘riq;
  • hatto, dori-darmonlar bilan ham o‘tib ketmaydigan oshqozon buzilishi belgilari;
  • jismoniy mashqlar yoki stress bilan yuzaga keladigan, dam olish bilan yo‘qoladigan alomatlar.

Shunday belgilar kuzatilgan odamlar imkon qadar tezroq shifokorga murojaat qilishlari kerak. Ular jiddiy kasalliklarni, shu jumladan, saraton kasalliklarini ko‘rsatishi mumkin.

Sizda bu belgilar bo‘lmasa, lekin oshqozonda haftada bir martadan og‘irlik hissini tuysangiz ham terapevt qabuliga boring. Keyinchalik xavf soladigan jiddiy kasalliklarni istisno qilgan yaxshiroqdir. Buning uchun analizlardan o‘tishingiz va, ehtimol, chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan o‘tishingiz kerak bo‘ladi. Masalan, gastroskopiya qilish kabi.

Ovqat hazm qilish buzilganda oshqozonga qanday yordam berish kerak?

Variantlar ko‘p emas. Mutaxassislar kislotani suyultirish va ovqat hazm qilishni boshlash uchun retseptsiz ovqat hazm qilish vositalarini(fermentlar, prokinetikalar, jig‘ildon qaynashiga qarshi vositalar, meteorizm va boshqalar)yoki kichik qultumlarda oz-ozdan suv ichishni maslahat beradi. To‘g‘ri, oshqozon kengaymasligi va simptomlar yomonlashmasligi uchun suvni ko‘p ichmaslik kerak.

Nazariy jihatdan esa siqib turgan kiyimlarni bo‘shashtirishingiz, yurishingiz va yotishingiz mumkin. Ammo bu usullarning samaradorligi haqida hech qanday dalil yo‘q.

Ovqat hazm qilish buzilishining oldini olish uchun nima qilish kerak?

  • Oshqozon kerakli darajada ishlashi uchun quyidagi oddiy tavsiyalarga amal qiling:
  • Tez-tez ovqatlaning, lekin kam-kamdan.
  • Triggerlardan(spirtli ichimliklar, kofein, yog‘li va og‘ir ovqatlar, chekish)saqlaning.
  • O‘rtacha sog‘lom vaznni saqlang. Yog‘ ichki organlarga bosim o‘tkazadi va ularning ishlashiga to‘sqinlik qiladi. Masalan, oshqozonning kislotali tarkibini qizilo‘ngachga tashlashiga olib keladi.
  • Muntazam mashq qiling. Bu vosita ko‘nikmalarini yaxshilaydi va normal vaznni saqlashga yordam beradi.
  • Stressni nazorat qiling. Xavotir o‘z-o‘zidan hazmsizlikni keltirib chiqarmaydi, balki simptomlarni kuchaytiradi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.