Jig‘ildon qaynamasligi uchun qanday mahsulotlar iste’mol qilish kerak?
Jig‘ildon qaynashidan aziyat chekadigan insonlar qanday mahsulotlarni iste’mol qilmasligi kerak?Albatta, achchiq va qovurilgan ovqatlar, pomidor souslari, qahva va non kabilar. Biroq har doim hamma narsadan o‘zni inkor etib bo‘lmaydi.
Foto: “Domashniy ochag”Yaxshiyamki, jig‘ildon qaynashidan xalos bo‘lishga yordam beradigan mahsulotlar mavjud.
Zanjabil
Zanjabil ovqat hazm qilishga yordam beradi, shuningdek, ko‘pincha og‘riq va shishni bartaraf etadi. Hamda jig‘ildon qaynashining oldini oladi. Qolaversa, yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega, asab tizimini tinchlantiradi va oshqozon kislotasini kamaytiradi. Buning uchun zanjabilning bir necha bo‘lagiga qaynoq suv quyiladi va shakar qo‘shilmagan holatda ovqatdan oldin ichiladi.
Banan
Hech kimga sir emaski, apelsin, greypfruit yoki rezavorlar kabi kislotali mevalar jig‘ildon qaynashini keltirib chiqarishi mumkin. Bananlar esa ishqoriy mevalardir, shuning uchun ular oshqozondagi kislotalilikni kamaytiradi va noxush alomatlarni yo‘q qiladi.
Yogurt
Muntazam ravishda jig‘ildon qaynashidan aziyat chekadigan odamlar uchun ajoyib tanlov. Faqat yogurt tabiiy bo‘lishi juda muhim, sun’iy qo‘shimchalarsiz va yog‘siz bo‘lishi kerak. Yog‘li mahsulotlar qizilo‘ngachning pastki sfinkteriga bosimni pasaytiradi va hazm qilish uchun ko‘proq vaqt talab etadi, shu bilan jig‘ildon qaynashi ehtimolini oshiradi. Jig‘ildon qaynashining oldini olish uchun kechasi ovqatlanmaslik va ovqatlanish orasida uzoq vaqt qoldirmaslik tavsiya etiladi.
Qovun
Banan kabi qovun ham kislotalarni zararsizlantiradigan ishqoriy meva hisoblanadi. Qovun bo‘laklarini jig‘ildon qaynashiga olib kelishi mumkin bo‘lgan nordon rezavorlar o‘rniga smuzi yoki smetanalarga qo‘shish mumkin. Biroq qovun ham, banan ham vaziyatni yomonlashtirishi mumkin. Bu taxminan 1 foiz odamlarda sodir bo‘ladi, shuning uchun bu tajribani mahsulotning kichik bo‘lagidan boshlash kerak.
Yashil sabzavotlar
Yashil sabzavotlar iste’mol qilishning minglab sabablari bor. Eng muhimi, karam, ismaloq, gulkaram va Bryussel karami, shuningdek, salat bargi jig‘ildon qaynashida yordam beradi, chunki ular pH darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlardir.
Suli yormasi
Suli yormasi oshqozonni tinchlantiradi va turli ovqat hazm qilish muammolari bo‘lgan odamlar uchun eng foydali mahsulotdir. Bundan tashqari, jig‘ildon qaynashida yordam beradi, faqat uni suvda, yog‘siz yoki bodom sutida pishirish tavsiya etiladi. Qo‘shimcha ta’sir uchun bo‘tqaga banan bo‘laklarini ham qo‘shish mumkin. Shuningdek, ortiqcha vaznli odamlarda jig‘ildon qaynashidan aziyat chekish ehtimoli ko‘proq.
Saqich chaynash
Qizilo‘ngach devorlaridan kislotani olib tashlaydigan so‘lak miqdorini oshiradi. Jig‘ildon qaynashi bilan kurashish uchun yalpizli saqichni tanlamaslik kerak va saqichni och qoringa emas, balki ovqatdan keyin chaynash mumkin.
Mavzuga doir:
- Jig‘ildon qaynashining oldini oladi, kayfiyatni ko‘taradi: bananning foydali xususiyatlari
- Oshqozon-ichak kasalliklari rivojlanishining 7 sababi
- Hazm jarayoni uchun zararli bo‘lgan mahsulotlar
Manba