Salomatlik Salomatlik Oshqozon bezovta qilganda va jig‘ildon qaynaganda nima qilish kerak?

Oshqozon bezovta qilganda va jig‘ildon qaynaganda nima qilish kerak?

O'qildi: 313


Oshqozon bezovta qilganda va jig‘ildon qaynaganda nima qilish kerak?

Ko‘pchilikka yaxshi tanish bo‘lgan jig‘ildon qaynashi bezovta qilganda shifokorga murojaat qilishdan tashqari, dorilarni o‘zboshimcha ortiqcha qabul qilib yubormaslik va xalq tabobatining samara beradigan usullari haqida ham ma’lumotga ega bo‘lish kerak.

Foto: Wday

Guruchning foydasi

Qorningiz burab og‘risa, dam bo‘lsa va jig‘ildon qaynashi kuzatilsa, qaynatilgan guruch iste’mol qilib ko‘ring. Har ikki soatda bir stakan qaynatmaning uchdan bir qismini ichish kerak. Shuningdek, qorag‘atdan tayyorlangan choy, moychechak qo‘shib tayyorlangan qizilpoycha damlamasi ham tinchlantiruvchi xususiyatga ega.

Ovqatdan zaharlanishda — margansovka

Sifatsiz ovqatdan zaharlanganda margansovka yordam beradi. Marganets-nordon kaliyli aralashma oshqozonga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Uni tayyorlash uchun bir litr suvga bir necha tomchi margansovka qo‘shish kifoya. Aralashma och pushti rangda bo‘lishi kerak. Uni ertalab va kechqurun bir stakandan(bolalar yarim stakan)ichish kerak. Bunday eritmadan huqna(klizma)qilishda ham foydalansa bo‘ladi. Qolaversa, uyingizda hamisha antiseptik va boshqa foydali xususiyatga ega bo‘lgan turli giyohlar bo‘lsin. Qizilpoycha, moychechak, na’matak shular jumlasidan.

Jig‘ildon qaynaganda nima qilish kerak?

Jig‘ildon qaynashi bezovta qilganda achchiq va nordon taomlar, xantal, qalampir, yog‘li va qovurilgan mahsulotlardan tiyiling. Moychechak va mavrakdan bir choy qoshiqdan solib, ustiga qaynoq suv qo‘shing. Taxminan 1—3 oy davomida, kuniga 7—8 marta har ikki soatda bir qoshiqdan ichib yuring. Shuningdek, sabzi sharbati ham yaxshi samara beradi. Oshqozon suyuqligi qancha ko‘p ajralsa, sabzi sharbatidan shuncha ko‘p ichish kerak. Xalq tabobatiga oid davolash usuli hisoblangan bir stakan suvga qo‘shilgan bir choy qoshiq soda darhaqiqat samara berishi mumkin, ammo uning jigarga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ham esdan chiqarmaslik kerak.

Igna bilan davolash 

Britaniyalik olimlar jig‘ildon qaynashini davolashda igna bilan davolash yaxshi samara berishini aniqlagan. Ushbu tajribada jig‘ildon qaynashi, ayniqsa ko‘p kuzatilgani sabab ham homilador ayollar qatnashgan. Gap shundaki, homiladorlik vaqtidagi gormonal o‘zgarishlar oshqozonda diskomfort, ko‘ngil aynishi, qorinda shish va jig‘ildon qaynashiga sabab bo‘ladi. Ushbu simptomlar 45 foizdan 80 foizgacha bo‘lgan ayollarda kuzatilib, muddat yaqinlashgani sayin oshqozon-ichak tizimida diskomfort ko‘payaveradi.

Tadqiqot davomida oshqozon-ichak kasalliklari belgilari bo‘lgan homilador ayollar tasodifiy ravishda ikki guruhga bo‘lingan. Birinchi guruhdagilarga oddiy tibbiy muolajalar buyurilgan. Ikkinchi guruhdagilar esa standart muolajalar bilan birga haftada bir-ikki marta igna(akupunktura)bilan ham davolangan. Tadqiqot natijasiga ko‘ra, ikkinchi guruhdagi ayollarda oshqozon buzilishi bilan bog‘liq simptomlar birinchi guruhdagilarga nisbatan kamroq kuzatilgani ma’lum bo‘lgan. Akupunktura muolajasi bilan davolangan ishtirokchilar shifokorga qo‘shimcha yordam uchun deyarli murojaat qilmagan va jig‘ildon qiynashidan shikoyat qilmay qolgan.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.