Salomatlik Salomatlik Oshqozon yarasi: belgilari, davolash choralari va oldini olish bo‘yicha samarali tavsiyalar

Oshqozon yarasi: belgilari, davolash choralari va oldini olish bo‘yicha samarali tavsiyalar

O'qildi: 298


Oshqozon yarasi: belgilari, davolash choralari va oldini olish bo‘yicha samarali tavsiyalar

Oshqozon yarasi nima?Oshqozon yarasi — oshqozon shilliq qavatidagi ochiq yara. Baʼzida xuddi shunday yaralar oshqozonning orqasida joylashgan ichak qismida paydo bo‘ladi. Bu holda, u o‘n ikki barmoqli ichak yarasi hisoblanadi. Oshqozon yarasining ikkala turi ham peptik yara deb ataladi. Ular bir xil ssenariy bo‘yicha paydo bo‘ladi, rivojlanadi va davolanadi. Shu bois peptik yara tushunchasini oshqozon yarasining aniq sinonimi desa ham bo‘ladi.

Peptik yaralar juda keng tarqalgan. Misol uchun, Amerika Qo‘shma Shtatlarida har o‘n nafardan biri bu kasallikdan aziyat chekadi.

Yosh qanchalik katta bo‘lsa, oshqozon yarasi rivojlanish xavfi shunchalik yuqori bo‘ladi. Ayniqsa, 60 yoshdan oshgan odamlarda bu kasallik keng tarqalgan.

Oshqozon yarasining sabablari nima?

Oshqozonda ovqat hazm bo‘lishiga yordam beradigan kislota mavjud. Ammo u organning devorlarini ham hazm qila oladi. Buning oldini olish uchun oshqozonning ichki shilimshiq qismi faol ravishda ishlab chiqaradigan himoya hujayra qatlami bilan qoplangan. Agar biron sababga ko‘ra bu qatlam vayron bo‘lsa, shilimshiq kamaysa, kislota oshqozon devorini yemira boshlaydi. Shu tariqa yara hosil bo‘ladi.

Himoya qatlamini buzishi mumkin bo‘lgan bir necha omillar mavjud.

1. Bakterial infeksiya

Ko‘pincha, oshqozonga yuvilmagan qo‘llar yoki boshqa narsalardan tushgan Helicobacter pylori ( H. pylori)deb ataluvchi bakteriyalari himoya qatlamiga ziyon yetkazadi. Baʼzi sharoitlarda bu mikroblar birinchi navbatda oshqozon shilliq qavatining yallig‘lanishi(gastrit)ni keltirib chiqaradi, so‘ng himoya qatlamining yaxlitligini buzadi.

Ajablanarlisi, dunyo aholisining 50 foizigacha Helicobacter pylori bakteriyasi bilan kasallangan. Ammo ko‘p hollarda bu sog‘liqqa jiddiy taʼsir qilmaydi. Oshqozon yarasi infeksiyalanganlarning atigi 10-15 foizida rivojlanadi.

2. Bir qancha og‘riq qoldiruvchi dorilarni qabul qilish

Maʼlumki, steroid(yuqori biologik faollikka ega preparatlar)bo‘lmagan yallig‘lanishga qarshi dorilar(NSAID)oshqozon yarasi paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin, masalan:

  • Aspirin. Tabletkalar himoya qobig‘i bilan qoplangan bo‘lsa ham va oshqozondan tashqarida eriydi.
  • Ibuprofenga asoslangan vositalar.
  • Diklofenak natriyga asoslangan preparatlar.
  • Naproksenga asoslangan og‘riq qoldiruvchi vositalar.
  • Baʼzi retseptlar bo‘yicha NSAIDlar.

Paratsetamolga asoslangan vositalar steroid bo‘lmagan yallig‘lanishga qarshi preparatlarga tegishli emas va ular oshqozonning himoya qatlamiga zarar yetkazmaydi.

Shuni taʼkidlash kerakki, NSAIDlarni qabul qilganlarning hammasi ham oshqozon yarasini rivojlantirmaydi. Og‘riq qoldiruvchi vositalar allaqachon Helicobacter pylori bakteriyasi bilan kasallangan oshqozonga kirsa, xavf ortadi. Shuningdek, steroid bo‘lmagan yallig‘lanishga qarshi dorilarni qabul qilish ikki hissa xavfli bo‘lishi mumkin, agar:

  • Ko‘rsatmalarga rioya qilmagan holda, og‘riq qoldiruvchi vositalarni nazoratsiz ravishda ichsangiz, dozani oshirsangiz.
  • NSAIDlarni ketma-ket bir necha kun mobaynida qabul qilsangiz.
  • 70 yoshdan oshgan bo‘lsangiz.
  • Kortikosteroidlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz. Bunday preparatlar astma, artritlar uchun buyuriladi.
  • Sizga bir marta oshqozon yarasi tashxisi qo‘yilgan bo‘lsa.

3. Turmush tarzining ayrim omillari

Ilgari qabul qilingan achchiq ovqatlar, qahva, spirtli ichimliklar va stress oshqozonning himoya qatlamini yupqalashtiradi, degan qarash bor edi. Ammo bu uchun yetarli dalillar mavjud emas.

Ko‘proq tasdiqlangan zararli omil — chekish oshqozon yarasining shakllanishiga olib kelishi va davolash samaradorligini kamaytirishi mumkin.

4. Boshqa sabablar

Kamdan kam hollarda oshqozon yarasi quyidagi kasallik va holatlar fonida paydo bo‘lishi mumkin:

  • Og‘ir yuqumli kasalliklar;
  • Qorin bo‘shlig‘ida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyoti;
  • Baʼzi dori-darmonlarni qabul qilish, masalan, steroidlar;
  • Zollinger-Ellison sindromi deb ataluvchi kam uchraydigan kasallik bo‘lib, unda kislota hosil qiluvchi hujayralarda o‘sma(gastrinoma)paydo bo‘ladi.

Xavfli oshqozon yarasi nima?

Baʼzan — hech narsa. Agar oshqozon yarasi kichik bo‘lsa, organizm o‘z-o‘zidan uni yengadi. Oshqozon shilliq qavatidagi yara bitadi va ovqat hazm qilish tizimi normal ishlashini davom ettiradi.

Lekin bu har doim ham shunday yakun topmaydi. Baʼzi hollarda yara kengayib boradi, chuqurlashadi. Vaqtida davolamasa, qon tomirlarga yetib borishi mumkin. Bu hol ko‘p qon yo‘qotish bilan birga ichki qon ketishiga olib keladi.

Yana bir noxush asorat yaraning chuqurlashib borishi bilan yuzaga keladi. Paydo bo‘lgan teshik orqali oshqozon yoki ichak tarkibi qorin bo‘shlig‘iga o‘tadi va bu peritonitga olib keladi. Qorin bo‘shlig‘ining yallig‘lanishi, o‘z vaqtida to‘xtatilmasa, qon zaharlanishiga, muhim organlarning ishlamay qolishiga va to‘satdan o‘limga ham sabab bo‘lishi mumkin.

Tibbiy ko‘riksiz sizning holatingizda voqealar qanday rivojlanishini oldindan aytib bo‘lmaydi. Shuning uchun oshqozon yarasi belgilarini bilish juda muhim, ular paydo bo‘lsa, iloji boricha tezroq shifokorga murojaat qiling.

Oshqozon yarasining belgilari qanday va qachon shifokorga murojaat qilish kerak?

Baʼzan hech qanday alomat sezilmaydi. Ammo ko‘pincha oshqozon yarasi xarakterli belgilar sifatida namoyon bo‘ladi.

  • Qorinning yuqori markaziy qismida yonuvchan, kesuvchan og‘riq turadi. Bu och qoringa, ayniqsa, aniq namoyon bo‘ladi.
  • Og‘riq ovqatdan keyin yoki dori-darmonlarni qabul qilgandan keyin kamayadi.
  • Ko‘ngil aynishi yoki qayt qilish muntazam ravishda sodir bo‘ladi.
  • Jig‘ildon qaynashi kuzatiladi.

Agar ushbu alomatlardan kamida ikkitasini his qilsangiz, iloji boricha tezroq umumiy amaliyot shifokori yoki gastroenterologga murojaat qiling.

Oshqozon yarasining asorati belgilari bo‘lsa ham tez yordam chaqiring:

  • Qon aralash yoki to‘q jigarrang quyuq ko‘rinishda qusish;
  • Qorin bo‘shlig‘ida to‘satdan o‘tkir og‘riq kuchayishi.

Oshqozon yarasini qanday davolash mumkin?

Davo choralari yaraning paydo bo‘lishiga aniq nima sabab bo‘lganiga bog‘liq bo‘ladi. Agar shifokorning ko‘rsatmalariga qatʼiy rioya qilsangiz, bir yoki ikki oy ichida oshqozon yarasidan xalos bo‘lasiz.

Davolash uchun sizga quyidagilar buyurilishi mumkin:

  • Antibiotiklar. Bunday dorilar agar oshqozonning himoya qatlami bakterial infeksiyadan zarar ko‘rgan bo‘lsa buyuriladi.
  • Oshqozonda kislota ishlab chiqarishni kamaytiradigan dorilar.
  • Antatsidlar, ularning vazifasi oshqozonning kislotaliligini kamaytirish, yaʼni meʼda shirasini zararsizlantirishdir.
  • Himoya uskunalari. Qabul qilinganda ular yarani himoya qatlami bilan qoplaydi, yaʼni ular suyuq bandajning bir turi bo‘lib xizmat qiladi.
  • Agar yaradan qon ketsa, jarrohlik amaliyotini o‘tkazish zarur bo‘ladi. Shifokorlar oshqozonga maxsus zond kiritadilar va undan qon ketishini to‘xtatish uchun yaraning chetlarini qisish yoki kuydirish uchun foydalanadilar.

Oshqozon yarasini oldini olish uchun nima qilish kerak?

Yara aniq paydo bo‘lmasligiga kafolat berib bo‘lmaydi. Ammo xavflarni kamaytirishning bir necha usullari bor:

  • Zarurat bo‘lmasa, og‘riq qoldiruvchi vosita(NSAID)larni qabul qilishdan saqlaning.
  • Haroratni pasaytirish yoki og‘riqni kamaytirish lozim bo‘lsa, NSAIDlarning eng past samarali dozasini tanlang. Bularning barchasi yo‘riqnomalarda yozilgan bo‘ladi.
  • Og‘riq qoldiruvchi vosita(NSAID)larni ovqat bilan bir vaqtda iching.
  • Terapevt bilan qaysi og‘riq qoldiruvchi vosita siz uchun eng xavfsiz ekanini muhokama qiling. Steroid bo‘lmagan yallig‘lanishga qarshi dorilarning muqobilini topishingiz mumkin.
  • Chekishni tashlang va spirtli ichimliklarni isteʼmolini cheklang.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.