Ro‘za tutish qandli diabet va teri kasalliklarining oldini oladi
Ro‘za tutish insonning qandli diabet kasaliga chalinmasligiga sabab bo‘ladi, deb yozadi O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.
Foto: “Muslim.uz”Doktor Аhmad Fanjariy aytadi: “Ro‘za tutganda qondagi qand(shakar)miqdori eng past darajagacha tushadi. Bu esa oshqozon osti bezi faoliyatini me’yoriga keltiradi. Ma’lumki, oshqozon osti bezi insulin ishlab chiqaradi. Bu qand moddasini tindirib yog‘ga aylantiradi va to‘qimalarda to‘playdi. Аgar ortiqcha ovqat iste’mol qilinsa, oshqozon osti bezi faoliyati buzilib, o‘z vazifasini bajara olmaydi. Natijada qondagi qand miqdori ortib, vaqt o‘tgan sari qandli diabet kasalligini paydo qiladi. Oshqozon osti bezining me’yorda ishlashi va qandli diabet kasalligining oldini olishda ro‘zaning o‘rni beqiyosdir”.
Ro‘za tutish bilan qon va teridagi suv miqdori kamayadi. Natijada
- terining mikroblarga qarshi immunitetini oshiradi;
- teridagi o‘tkir yallig‘lanishlarni va ularning tarqalishini kamaytiradi;
- allergiya va yuzdagi toshmalarni quritadi;
- ichaklar faoliyatini yaxshilaydi va teridagi chipqonlarni yo‘qotadi.
Mavzuga doir:
- Tetiklik, sarviqomat va salomatlik uchun: qonda shakar miqdorini kamaytirishning 3 ta oddiy usuli
- “Hammasiga shakar sababchi” hamda qandli diabet haqidagi boshqa yanglish fikrlar
Manba