Salomatlik Salomatlik Nima uchun bananni ko‘p iste’mol qilib bo‘lmaydi?

Nima uchun bananni ko‘p iste’mol qilib bo‘lmaydi?

O'qildi: 407


Nima uchun bananni ko‘p iste’mol qilib bo‘lmaydi?

Sabzavot va mevalar ratsionga kiritilishi kerak, ammo ularni to‘g‘ri iste’mol qilish lozim. Masalan, bananlarda juda ko‘p foydali moddalar mavjud, ammo diyetologlar ularni ko‘p iste’mol qilishni maslahat bermaydi.

Foto: Grazia

Mutaxassisning ma’lum qilishicha, bu mevalarda inson organizmi uchun zarur bo‘lgan kaliy, magniy va B vitaminlari mavjud. Lekin banan tarkibida kraxmal va shakar ham ko‘p bo‘lib, u, albatta, kaloriya beradi.

Shifokorning ta’kidlashicha, odamlar bu mevani nafaqat ajoyib foydalari, balki, birinchi navbatda, o‘ziga xos ta’mi uchun yaxshi ko‘radi. Shu munosabat bilan banan o‘rnini bosadigan mevani topish juda qiyin. Biroq foydali moddalar tarkibiga ko‘ra, u, masalan, qovoq, turshak va quritilgan mevalardan kam emas, banan ham ko‘p miqdorda kaliyni o‘z ichiga oladi. Magniy yetishmovchiligi urug‘, yong‘oq, yashil sabzavotlar bilan to‘ldirilishi mumkin. B vitamini butun don tarkibida mavjud. Ya’ni mutaxassisning xulosasiga ko‘ra, foydali moddalar bilan to‘yinganlik jihatidan bananlarning o‘rini bosa oladigan mahsulotlar mavjud.

Ma’lum bo‘lishicha, banandagi mashhur bo‘lgan serotonin gormonini ham sut mahsulotlari yoki donlardan olish mumkin. Shuningdek, banan tarkibidagi o‘simlik oqsili — zavqlanish gormonining asosiy sababchisi bo‘lib, uni qora shokolad yoki kakao olish tavsya etiladi.

Mavzuga doir:

  • Bananlarni uzoq vaqt yangidek saqlash uchun nimalarga e’tibor berish kerak?
  • Bananlarni uzoq vaqt yangidek saqlash uchun nimalarga e’tibor berish kerak?
  • Jig‘ildon qaynashining oldini oladi, kayfiyatni ko‘taradi: bananning foydali xususiyatlari


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.