Salomatlik Salomatlik Nima uchun ukol joyi ogʻriydi va ogʻriqni qanday yengillashtirish mumkin? 

Nima uchun ukol joyi ogʻriydi va ogʻriqni qanday yengillashtirish mumkin? 

O'qildi: 375


Nima uchun ukol joyi ogʻriydi va ogʻriqni qanday yengillashtirish mumkin? 

Ukol qilishni koʻp odam xush koʻrmaydi. Vaziyat taqozosi bilan bu ishni bajarsa-yu, inyeksiya oʻrnida ogʻriq paydo boʻlsa, bu yanada yoqimsiz holat. Inyeksiya joyining ogʻrigʻiga nima sabab boʻlishi mumkin?Bu borada nimalarni bilish muhim?

Mushak ichiga qilingan inyeksiyadan keyin ogʻriq quyidagi sabablarga koʻra paydo boʻladi:

  • Notoʻgʻri qilingan inyeksiya texnikasi tufayli yalligʻlanish;
  • Dori-darmonlarga allergik reaksiya;
  • Preparat uzoq vaqt davomida soʻriladi, bu esa ogʻriqli shish paydo boʻlishiga olib keladi.

Agar ogʻriq dori allergiyasidan kelib chiqsa, inyeksiya joyi nafaqat ogʻriydi, balki qichishadi ham. Ogʻriq pulsatsiyalanuvchi xarakter bilan paydo boʻlsa, bu yalligʻlanishdir. Dori-darmon qoldirgan shishni qoʻl bilan yengil bosish orqali sezish mumkin.

Bordi-yu inyeksiya joyi ogʻrisa, shu bilan birga harorat koʻtarilsa yoki shish, yiringlash, kuchli qizarish kuzatilsa, darhol shifokor koʻrigidan oʻtish zarur. Bu yiringli yalligʻlanish jarayoni boʻlishi mumkin. U holda oʻz-oʻzini davolashga harakat qilish xavflidir.

Inyeksiyadan keyin paydo boʻladigan ogʻriqning oldini olish mumkinmi?

Sifatli shpris va preparatni sekin-asta mushak ichiga yuborish inyeksiyadan keyin ogʻriqli shish paydo boʻlishining oldini olishga yordam beradi.

Preparat mushak ichiga chuqur kirib borishi uchun yetarlicha uzunlikdagi ignali shprisdan foydalanish kerak, yaʼni hajmi kamida 5 millilitr.

Asosi yogʻ boʻlgan dorilarni inyeksiya qilishda ampulani qoʻllaringiz kaftlarida yoki iliq suvda isitish lozim. Uni sovuq shaklda kiritish tufayli ogʻriqli shish, hatto, yalligʻlanish paydo boʻlishi hech gap emas.

Yaxshisi, inyeksiya qilishni tajribali mutaxassisga topshirgan maʼqul. Agar asab tolasiga tegib yuborsangiz, bemor uzoq vaqt ogʻriqdan aziyat chekishiga toʻgʻri keladi.

Preparat yaxshiroq soʻrilishi uchun uni boʻshashgan mushak ichiga yuborish kerak. Buning uchun eng yaxshi holat yuztuban yotishdir.

Agar mushak ichiga inyeksiya kursini oʻtkazish kerak boʻlsa, joyni har kuni oʻzgartirish kerak, yaʼni chap va oʻng yonboshda navbat bilan inyeksiya qilgan yaxshi. Koʻproq yursangiz, dori tezroq soʻriladi.

Inyeksiya qilingan joy ogʻriyapti. Xalqona usullar yordam beradimi?

Agar hoʻppoz va isitma boʻlmasa, lekin inyeksiya joyida ogʻriq sezilsa, ogʻriq qoldiruvchi vositalarni qabul qilish, tasdiqlangan usullardan birini qoʻllash mumkin:

  • Karam bargini yuving, yengil urib, ogʻriqli joyga bostiring. Bir kun yoki kamida bir kecha qoldiring;
  • Asalga allergiya boʻlmasa, un bilan asaldan xamir tayyorlab, uni kompress sifatida qoʻllasa boʻladi. qorishmani ogʻriq ustiga qoʻyib folga bilan yoping, ustidan bogʻlab, bir kecha kuting. Ertalab yuvib tashlang;
  • Qirgʻichdan oʻtkazilgan turp va asaldan kompress qiling, ogʻriq joyiga uch soat ushlang;
  • Kefir yoki shakarsiz yogurtga paxta yoki tamponni botirib oling. Ogʻriq ustiga surib, ustidan plyonka yoping va bir soatga qoldiring.

Inyeksiya joyining nima uchun ogʻriyotganini anglagan holda xalqona usullar va tibbiy vositalar yordamida ahvolingizni yengillashtirishingiz mumkin. Biroq, baʼzi muolajalar qatʼiyan tavsiya etilmaydi. Masalan, ogʻriqli joyni, shu jumladan hammom yoki saunada qizdirish. Bu yalligʻlanish jarayonining kuchayishiga olib keladi. Inyeksiya qilingan joyni massaj qila olmaysiz. Agar uning ostida hoʻppoz boʻlsa va u yorilib ketsa, qonni zaharlaydi.

Spirtli kompresslardan faqat ogʻriqlar preparatning sekin soʻrilishidan kelib chiqqanligiga ishonch hosil qilgan taqdirdagina foydalanish tavsiya etiladi. Yalligʻlanish jarayoni boʻlsa, u bu bilan faqat kuchayadi.

Ehtiyot choralarini koʻrish va ogʻriqni toʻgʻri bartaraf etish orqali siz 2-3 kundan keyin uning yoʻqolishiga erishishasiz. Kichkina shish hali ketmasa, davolanish kursini davom ettirish mumkin, shish vaqt oʻtib yoʻqolib ketadi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.