Cho’kish — belgilari, birinchi yordam ko’rsatish, cho’kayotgan odamni qutqarish texnikasi
O'qildi: 300
Suvda cho’kish qiyin emas, hatto mohir suzuvchilar uchun ham. Va bu noxush hodisa doim ham multfilm va kinolardagi singari, qahramonlar og’zini kulgili ravishda ochib, qutqaruvchilarni chaqirishi bilan kechmaydi. Darhaqiqat, insonlarga tez va jim holda cho’kib ketish xosdir. Bu hatto olomon ko’p bo’lgan va har bir kishini kuzatish uchun ko’zlar yetarli bo’lgan plyajlarda ham sodir bo’ladi.
Spirtli ichimliklar. Mastlik kishini eng mantiqsiz harakatlarga undashi mumkin, kishida o’z kuchini teran baholash bilan qiyinchiliklar ham kuzatiladi. Mast holatda do’stlari bilan daryoni narigi sohiliga suzib o’ta olishga garov o’ynash yoki shunchaki «yengillashish» uchun suvga tushib chiqish istagi uyg’onishi mumkin. Har holda, alkogol — cho’kish sabablarining 80 foizini tashkil qiladi.
Tabiiy xavf. Suv girdobiga suzish bo’yicha sport ustasi ham tushib qolishi mumkin, undan suzib chiqish va kuchli oqimni yengish esa juda qiyin.
Zarb. Sho’ng’ishga yoki suv tubidan chiqishga harakat qilayotganda odam suzib yuruvchi shox-shabba, biron jism yoki boshqa birovga urilib ketishi mumkin. Ba’zan zarba shunchalik kuchli bo’ladiki, odam qayta suv sathiga suzib chiqishga qodir bo’lmaydi.
Tomir tortishi. Sovuq suvda, mushaklarning kuchli zo’riqtirish bilan tomir tortishib qolishi ehtimoli yuqori, tortishib qolgan oyoqni ishlatib suzish esa deyarli mumkin emas.
Chin (haqiqiy). Shuningdek nam cho’kish deb ataladi, o’lim o’pkalarga suv kirishi natijasida sodir bo’ladi. Havo o’rniga alveolalarda suv to’lishi natijasida qon tomirlar yoriladi va qonga suv kiradi. Bu uch bosqichda kechadi:
Dastlabki. Bunda odam hushida, harakatlanishga, suv ostida nafasini ushlab turishga va uni yutib yubormaslikka harakat qilishga qodir bo’ladi. Birinchi yordam ko’rsatilgach va o’pkadan suv yo’tal bilan, oshqozondan esa qayt qilish orqali chiqib ketganidan so’ng hech qanday asoratlar qolmaydi.
Agonal. Ushbu bosqichda cho’kayotgan odam hushini yo’qotadi. Garchi uning harakatlari saqlanib qolsada, ammo ular ixtiyoriy bo’lmaydi, suv o’pkaga nazoratsiz ravishda kiradi, yurak urishi va nafas olish mavjud, ammo zaifdir. Birinchi yordam berilmasa va o’pkadan suv chiqarib tashlanmasa, jabrlanuvchi holati juda tez uchinchi bosqichga o’tadi.
Klinik o’lim. Nafas olish va puls to’xtaydi, ko’z qorachig’lari yorug’likka reaktsiya qilmaydi. Jabrlanuvchiga faqat dastlabki daqiqalarda yordam berish mumkin.
Soxta, ikkinchi nomi asfiksik cho’kish. Ushbu turdagi cho’kishda ham o’lim o’pkaga suv tushishi sababli sodir bo’ladi, ammo bu safar bu spazm tomonidan chaqiriladi. Tomoq teshigi qisiladi va suvning o’pkaga kirishiga to’sqinlik qiladi, odam tezda hushini yo’qotadi, so’ngra suv tubiga cho’ka boshlaydi va natijada suv nazoratsiz uning ichiga kiradi. Bu holat suvga keskin urilganda, qo’rquv, shok vaziyatlarda kuzatiladi.
Sinkopal yoxud ko’k cho’kish. O’lim yurak urishi to’xtashi hisobiga sodir bo’ladi, yurak to’xtashi esa — gipotermiya va ortiqcha kuch sarflash tufayli. Bunday cho’kish turli xaotik harakatlarga ko’p energiya sarflaydigan va panikaga tushib qoladigan tajribasiz suzuvchilarda ham, yurak yetishmovchiligi bo’lgan tajribali suzuvchilarda ham kuzatiladi.
Bosh suv sathidan pastda saqlanadi, og’iz suv ostida va faqat vaqti-vaqti bilan nafas olish uchun ko’tariladi.
Cho’kayotgan odam xalaqit berayotgan sochlarini to’g’irlamaydi, bir joydan boshqa joyga suzib ketmaydi, bir nuqtaga qaraydi — o’sha paytdagi nigohi «shishadek» bo’lib qoladi.
Orqaga tayanish yoki boshini tashlashga harakat qilib, qiyinchiliklar bilan nafas oladi.
Uning rangi oqarib ketadi, haqiqiy cho’kishda — og’iz va burun atrofida ko’pik bo’ladi.
Cho’kish haqida belgil beruvchi boshqa alomatlar ham mavjud, masalan titroqli nafas olish va varaja qilish, lekin ularni masofadan turib sezib bo’lmaydi.
Bunday harakatlar ixtiyorsiz ravishda bo’ladi, shuning uchun siz bir necha oddiy qoidaga amal qilishingiz kerak:
Birinchidan, cho’kayotgan odamga yordam berish uchun uning orqa tomonidan suzib kelish kerak, ya’ni u qutqaruvchini ko’rmasligi lozim. Shundan so’ng cho’kayotganni suvdan chiqarishning turli yo’llarini qo’llash kerak:Cho’kayotgan odamni orqaga qo’yib, uni qo’ltig’i yoki qulog’i yaqinida boshidan ushlab, oyoqlar bilan ishlab, unu o’z ortidan tortish.
Bitta qo’lni cho’kuvchining qo’ltig’i ostidan o’tkazib, uni iyagidan ushlab, suv sathidan yuqorida fiksatsiya qilib, erkin qo’l va oyoqlarni harakatlantirib tortish. Cho’kuvchini chalqancha qilib, bitta qo’lni uning qo’ltig’i ostidan o’tkazib, uning ikkinchi qo’lidan ushlab, o’z ortidan tortish.
Agar cho’kayotgan odam sizni tutishga harakat qilsa, nafasni ushlab, suv ostiga sho’ng’ish kerak. Cho’kuvchining tirmashib olganidan uning qo’llarini majburlab ochish orqali qutulishga urinmaslik kerak — vahima jabrlanuvchiga qo’shimcha kuch beradi, kurashish esa yana ko’proq vaqtni oladi. Agar chukuvchi suv tubiga yetgan bo’lsa, oqimning kuchi va yo’nalishini hisobga olib, sho’ng’ish kerak. Sho’ng’igach, cho’kib kegan odamni qattiq tutub, bitta harakat bilan suv sathiga chiqib olish uchun suv tubidan kuchli itarilish kerak.
Agar ular butunlay mavjud va jabrlanuvchi hushida bo’lsa, uning boshini oyoqlaridan pastroq qilib yotqizish, ho’l kiyimlarini yechib, uni issiq choyshab bilan o’rab, issiq ichimlik berish kerak. So’ng tez yordamni chaqirish majburiydir — garchi jabrlangan kishi yaxshi ko’rinsa va o’zini yaxshi his etayotganini aytsa ham, bu hech narsani anglatmaydi.
Agar ular mavjud bo’lsa, lekin kishi behush bo’lsa , uni ammiakli spirt yordamida hushiga keltirib, yuqorida keltirilgan harakatlar — choyshab, issiq ichimlik berish va shifokor chaqirish kerak.
Agar nafas olish va puls aniqlanmasa, shoshilinch qutqaruv choralariga o’tish kerak.
Avvalo, o’pkadagi suvni chiqarib tashlash kerak. Buning uchun cho’kkan odamni tizza ustidan tashlab, osilgan holatga keltirish va bir vaqtning o’zida boshini ushlab turib, kuraklari orasiga bosish kerak. Agar bu foyda bermasa, jabrlanuvchining og’ziga ikkita barmoqni tiqib, tilning ildiziga bosish kerak.
Tayyorgarligi bo’lmagan kishi uchun eng oddiy sun’iy nafas berish «og’izdan og’izga» usuli hisoblanadi. Buning uchun jabrlanuvchi chalqancha qilib yotqiziladi, boshi orqaga tashlanib, og’ziga nafas berila boshlaydi, bunda uning burni barmoqlar bilan yopib turiladi. Refleks boshlanishi va jabrlanuvchi o’zi mustaqil nafas ola boshlamagunicha daqiqasiga 12-14 marotaba nafas berish amalga oshirilishi kerak.Agar oldin chiqib ketmagan suv chiqa boshlasa, jabrlanuvchining boshi yon tomonga burish, qarama-qarshi tomondagi yelkasini esa ko’tarib qo’yish kerak.
Qo’llarni yuqoriga ko’tarmang, ular bilan suvga urmang. Ularni suv ostida harakatlantiring: bu holda boshni suv sathidan yuqorida saqlab qolish osonroq bo’ladi;
Oyoqlaringiz bilan ko’chada yurayotgandek kabi harakatlar qiling;
Imkon bo’lishi bilanoq chuqur nafas oling. Tana shu zahotiyoq yengilroq bo’ladi. Albatta hotirjamlikni saqlashga harakat qiling.
Son tortishishlarida oyoqni tizzadan bukib, tovon dumbaga olib kelinsa, u tezda o’tib ketadi;
Qorin mushaklari oyoqlarni qoringa tortib olsa tez bo’shashadi;
Kichik boldir mushaklari tortishishida oldinga harakat qilish yordam beradi: oyoqni suvdan chiqarib, tovonni qo’l bilan o’zingizga torting;
Bilak tortishishida qo’l kaftini bir necha marotaba keskin ochib-yopish yordam beradi.
Manba
Nima uchun odamlar cho’kadi?
«Chunki ular suzishni bilmaydi» degan eng ayon javob juda ahmoqonadir. Suzishni bilmaydigan inson chuqur suvga tushmaydi va umuman suvdan yiroqroq bo’lishga harakat qiladi. Suza olmaydigan odam ko’lning o’rtasigacha suzib borib, o’sha yerda cho’kib ketishini tasavvur qilish qiyin. Cho’kishning keng tarqalgan sabablari quyidagilardir:Spirtli ichimliklar. Mastlik kishini eng mantiqsiz harakatlarga undashi mumkin, kishida o’z kuchini teran baholash bilan qiyinchiliklar ham kuzatiladi. Mast holatda do’stlari bilan daryoni narigi sohiliga suzib o’ta olishga garov o’ynash yoki shunchaki «yengillashish» uchun suvga tushib chiqish istagi uyg’onishi mumkin. Har holda, alkogol — cho’kish sabablarining 80 foizini tashkil qiladi.
Tabiiy xavf. Suv girdobiga suzish bo’yicha sport ustasi ham tushib qolishi mumkin, undan suzib chiqish va kuchli oqimni yengish esa juda qiyin.
Zarb. Sho’ng’ishga yoki suv tubidan chiqishga harakat qilayotganda odam suzib yuruvchi shox-shabba, biron jism yoki boshqa birovga urilib ketishi mumkin. Ba’zan zarba shunchalik kuchli bo’ladiki, odam qayta suv sathiga suzib chiqishga qodir bo’lmaydi.
Tomir tortishi. Sovuq suvda, mushaklarning kuchli zo’riqtirish bilan tomir tortishib qolishi ehtimoli yuqori, tortishib qolgan oyoqni ishlatib suzish esa deyarli mumkin emas.
Cho’kish turlari
Chin (haqiqiy). Shuningdek nam cho’kish deb ataladi, o’lim o’pkalarga suv kirishi natijasida sodir bo’ladi. Havo o’rniga alveolalarda suv to’lishi natijasida qon tomirlar yoriladi va qonga suv kiradi. Bu uch bosqichda kechadi:
Dastlabki. Bunda odam hushida, harakatlanishga, suv ostida nafasini ushlab turishga va uni yutib yubormaslikka harakat qilishga qodir bo’ladi. Birinchi yordam ko’rsatilgach va o’pkadan suv yo’tal bilan, oshqozondan esa qayt qilish orqali chiqib ketganidan so’ng hech qanday asoratlar qolmaydi.
Agonal. Ushbu bosqichda cho’kayotgan odam hushini yo’qotadi. Garchi uning harakatlari saqlanib qolsada, ammo ular ixtiyoriy bo’lmaydi, suv o’pkaga nazoratsiz ravishda kiradi, yurak urishi va nafas olish mavjud, ammo zaifdir. Birinchi yordam berilmasa va o’pkadan suv chiqarib tashlanmasa, jabrlanuvchi holati juda tez uchinchi bosqichga o’tadi.
Klinik o’lim. Nafas olish va puls to’xtaydi, ko’z qorachig’lari yorug’likka reaktsiya qilmaydi. Jabrlanuvchiga faqat dastlabki daqiqalarda yordam berish mumkin.
Soxta, ikkinchi nomi asfiksik cho’kish. Ushbu turdagi cho’kishda ham o’lim o’pkaga suv tushishi sababli sodir bo’ladi, ammo bu safar bu spazm tomonidan chaqiriladi. Tomoq teshigi qisiladi va suvning o’pkaga kirishiga to’sqinlik qiladi, odam tezda hushini yo’qotadi, so’ngra suv tubiga cho’ka boshlaydi va natijada suv nazoratsiz uning ichiga kiradi. Bu holat suvga keskin urilganda, qo’rquv, shok vaziyatlarda kuzatiladi.
Sinkopal yoxud ko’k cho’kish. O’lim yurak urishi to’xtashi hisobiga sodir bo’ladi, yurak to’xtashi esa — gipotermiya va ortiqcha kuch sarflash tufayli. Bunday cho’kish turli xaotik harakatlarga ko’p energiya sarflaydigan va panikaga tushib qoladigan tajribasiz suzuvchilarda ham, yurak yetishmovchiligi bo’lgan tajribali suzuvchilarda ham kuzatiladi.
Inson cho’kayotganini qanday bilish mumkin?
Albatta, hech qanday shovqin-suron ko’tarilmaydi — har bir nafas qultumi uchun kurashish kerak bo’lgan holatda ko’pchilik odamlar baqirishmaydi. Shuningdek qo’llarni silkitish va suv sachratish ham kuzatilmaydi. Cho’kayotgan odamda odatda quyidagi belgilar kuzatiladi:Bosh suv sathidan pastda saqlanadi, og’iz suv ostida va faqat vaqti-vaqti bilan nafas olish uchun ko’tariladi.
Cho’kayotgan odam xalaqit berayotgan sochlarini to’g’irlamaydi, bir joydan boshqa joyga suzib ketmaydi, bir nuqtaga qaraydi — o’sha paytdagi nigohi «shishadek» bo’lib qoladi.
Orqaga tayanish yoki boshini tashlashga harakat qilib, qiyinchiliklar bilan nafas oladi.
Uning rangi oqarib ketadi, haqiqiy cho’kishda — og’iz va burun atrofida ko’pik bo’ladi.
Cho’kish haqida belgil beruvchi boshqa alomatlar ham mavjud, masalan titroqli nafas olish va varaja qilish, lekin ularni masofadan turib sezib bo’lmaydi.
Cho’kayotgan odamni qutqarish va suvdan chiqarish texnikasi
Eng avvalo cho’kayotgan kishini suvga tushmasdan qutqarish mumkinligini teran baholab ko’rish kerak. Yaqin atrofda uzunroq tayoq, qutqaruv balloni yoki havo solingan boshqa jism mavjudligiga nazar soling. Atrofdagilarni yordamga chaqiring — bunday holda qahramonlik qilish ketmaydi. Cho’kayotgan odamga yordam berishning eng katta qiyinchiligi shundaki, cho’kuvchi odam qutqaruvchiga reflektor ravishda tirmashib oladi va qutqaruvchi yetarlicha tajribaga ega bo’lmasa, cho’kuvchi ikkisini ham suv tubiga tortib ketishi mumkin.Quruqlikka chiqqach nima qilish kerak?
Bu jihatda multfilmlardagi harakatlar biroz haqiqatga yaqindir. Darhaqiqat, javbrlanuvchiga sun’iy nafas berish talab qilinadi, lekin avval uni yotqizib, og’zidan qayt massasi, qum va boshqalarni chiqarib tashlash, uning nafas olishi va pulsini eshitish kerak:Agar ular butunlay mavjud va jabrlanuvchi hushida bo’lsa, uning boshini oyoqlaridan pastroq qilib yotqizish, ho’l kiyimlarini yechib, uni issiq choyshab bilan o’rab, issiq ichimlik berish kerak. So’ng tez yordamni chaqirish majburiydir — garchi jabrlangan kishi yaxshi ko’rinsa va o’zini yaxshi his etayotganini aytsa ham, bu hech narsani anglatmaydi.
Agar ular mavjud bo’lsa, lekin kishi behush bo’lsa , uni ammiakli spirt yordamida hushiga keltirib, yuqorida keltirilgan harakatlar — choyshab, issiq ichimlik berish va shifokor chaqirish kerak.
Agar nafas olish va puls aniqlanmasa, shoshilinch qutqaruv choralariga o’tish kerak.
Cho’kkan odamga shoshilinch yordam ko’rsatish
Suvni chiqarib tashlash
Sun’iy nafas berish
Bilvosita yurak massaji
Bunda qo’llarni ustma-ust qilib ko’krak qafasining pastki qismiga qo’yib, uni daqiqada 50-70 martalik chastota bilan ritmik tarzda bosish kerak. Agar yordam bir kishi tomonidan amalga oshirilsa, 5 ta bosishga bitta sun’iy nafas berish to’g’ri kelishi kerak. Jabrlanuvchi nafas ola boshlaganda darhol tez yordam chaqirish kerak.Suvda cho’kib ketmaslik uchun nima qilish kerak?
Inson tanasi suvdan ko’ra yengilroq, inson faqat vahima qilganida cho’ka boshlaydi, shuning uchun quyidagi tajribalarni o’tkazib ko’ring. Unchalik chuqur bo’lmagan suvga to’laligingizcha kiring, oyoqlaringizni birlashtiring, biroz kutib turing. Suv sizni yuqoriga itarib chiqarayotganini sezasiz. Bu tuyg’uni eslab qoling. Chalqancha bo’ling va bo’shashing. Bosh suvga to’laligicha kirgan bo’lishi mumkin? muhimi og’iz va burun suv sathidan yuqorida qolishidir.Hotirjamlik — siz hattok suzishni bilmasangiz ham, uzoq muddat suv yuzasiga yaqinroq qolishga yordam beradigan hislat.
Agar siz vahimaga tushib bo’lgan bo’lsangiz, quyidagilarni bajaring:Qo’llarni yuqoriga ko’tarmang, ular bilan suvga urmang. Ularni suv ostida harakatlantiring: bu holda boshni suv sathidan yuqorida saqlab qolish osonroq bo’ladi;
Oyoqlaringiz bilan ko’chada yurayotgandek kabi harakatlar qiling;
Imkon bo’lishi bilanoq chuqur nafas oling. Tana shu zahotiyoq yengilroq bo’ladi. Albatta hotirjamlikni saqlashga harakat qiling.
Suvga tushayotganda nimalarni yodda tutish muhim
1. Hech qachon mast holda suvga tushmang. Ayniqsa dam solingan matraslar va aylanalarda yotgan holda. 2. Kunning eng issiq vaqtlarida (12:00-16:00) suvda quyosh urishi sababli hushdan ketish mumkin. Bunda tavakkal qilmagan yaxshi. 3. Yakka o’zingiz cho’milmang, ayniqsa begona suv havzalarida. Doimo yaqiningizda sizni kuzatib turadigan va kerak bo’lganda yordam bera oladigan inson bo’lsin. 4. Agar uzoq suzib ketgan va charchagan bo’lsangiz, dam oling. Chalqancha bo’ling, bo’shashing, «yulduzcha» shaklida dam oling. Nafasni rostlab olgach, asta-sekin sohilga qarab suza boshlang. 5. Agar sizni oqim olib ketayotgan bo’lsa, qarshilik ko’rsatmang: u zaiflashishini kuting va asta-sekin sohil tomon harakatlaning. Qayta oqimlar juda xavfli sanaladi. Ular sohilbo’yida hosil bo’ladi va to’g’ridan-to’g’ri ochiq daryo yoki ummonga olib chiqadi. Bunday oqimlar sohildan bir necha yuz metr uzoqlikkacha olib ketib qolishi mumkin. Bunday hollarda eng yaxshi yondashuv — oqimga qarshi emas, sohilga parallel ravishda suzishdir. Odatda qayta oqimlar unchalik keng bo’lmaydi (bir necha metr), shu sababli ulardan chiqib olish qiyin emas. 6. Agar tomir tortishib qolsa, tezda qaror qabul qiling:Son tortishishlarida oyoqni tizzadan bukib, tovon dumbaga olib kelinsa, u tezda o’tib ketadi;
Qorin mushaklari oyoqlarni qoringa tortib olsa tez bo’shashadi;
Kichik boldir mushaklari tortishishida oldinga harakat qilish yordam beradi: oyoqni suvdan chiqarib, tovonni qo’l bilan o’zingizga torting;
Bilak tortishishida qo’l kaftini bir necha marotaba keskin ochib-yopish yordam beradi.
Manba: Mymedic.uz
Manba
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.