Salomatlik Salomatlik Kun davomida tetiklik: salomatlik uchun qishda ovqatlanishning 4 qoidasi

Kun davomida tetiklik: salomatlik uchun qishda ovqatlanishning 4 qoidasi

O'qildi: 352


Kun davomida tetiklik: salomatlik uchun qishda ovqatlanishning 4 qoidasi

Kun qisqarib borayotgan bir paytda, organizmni tabiiy yo‘l bilan qayta tiklash kerak. Tun uzoqligi tufayli ertalab uyg‘onish qiyinlashadi va mavsumiy ob-havo organizmga tobora ko‘proq hujum qiladi. Ovqatlanishga to‘g‘ri yondashuv ushbu noxush alomatlarni yengishga yordam beradi, deb yozadi Marie Claire.

Foto: Marie Claire

Garderob mavsumiy kiyimlar bilan yangilanganidek, ratsion ham o‘zgarishi kerak. Sovuq havoda immunitetni mustahkamlaydigan, quvvatni oshiradigan va har tomonlama o‘zimizni yaxshi his qilishga yordam beradigan mahsulotlarni iste’mol qilish kerak. Grow Food parhezshunosi Yelena Sviridova qish faslida ovqatlanish qoidalari bilan o‘rtoqlashdi, bu tetiklik va immunitetni saqlashga yordam beradi.

Mukammal kunlik ovqatlanish rejasi qanday bo‘lishi kerak?

Nonushta

Foto: Marie Claire

Tongni suli yormasi, sut, qirg‘ichdan o‘tkazilgan olma, zanjabil va dolchin, shuningdek, yong‘oq va urug‘lardan tayyorlangan to‘yimli bo‘tqa bilan boshlash tavsiya etiladi.

Tushlik

Foto: Marie Claire

Tushlik uchun bug‘da yoki sabzavotli garnir bilan pishirilgan baliq iste’mol qilish mumkin. Shuningdek, qovoq yoki brokkoli qo‘shilgan issiq qaymoqli sho‘rva ham tavsiya etiladi. Ovqatlanish oralig‘ida zarchavali latte, o‘simlik choyi, yong‘oq yoki batonchiklar iste’mol qilish tanlovi mavjud.

Kechki ovqat

Foto: Marie Claire

Kechki ovqat yengil, ozroq va ayni paytda foydali bo‘lishi kerak. Yog‘da qovurilgan ovqatlar, yog‘li baliq va go‘sht, shirinlik, xamir ovqat, mevalar, shuningdek, qaynatilgan sabzi, lavlagi, kartoshkani istisno qilish kerak. Kechki ovqat uchun ideal variantlar — tovuq filesi, yog‘siz mol go‘shti, salatlar, tvorog yoki omlet hisoblanadi.

Yog‘ miqdorini nazorat qiling

Foto: Marie Claire

Ratsionga sog‘lom yog‘larni qo‘shish tavsiya etiladi: avokado, zaytun yog‘i, losos, yong‘oq, zig‘ir urug‘i, qovoq va kungaboqar. Ushbu mahsulotlar qimmatbaho yog‘ kislotalarni o‘z ichiga oladi.

Yetarlicha oqsil iste’mol qiling

Oziq-ovqat oqsillari bilan organizmga kiradigan aminokislotalar immunitet tizimini tartibga soladi, mushak va terining holati uchun javobgar, qolaversa, asab tizimini boshqaradi. Oqsilli mahsulotlar immunnitetni tiklaydi, bu ayniqsa turli viruslar faollashganda muhim ahamiyatga ega. Oqsilning eng yaxshi manbalari parranda go‘shti, baliq, tuxum, sut mahsulotlari, yong‘oqlar va ba’zi dukkakli mahsulotlardir.

Murakkab uglevodlarga e’tibor bering

Foto: Marie Claire

Murakkab uglevodlar nafaqat organizmni energiya bilan ta’minlaydi, balki uzoq vaqt davomida to‘qlik tuyg‘usini saqlab qoladi. Mavsumiy meva va sabzavotlardan tashqari, kunlik ratsionga don, dukkaklilar, qovoq va makaron mahsulotini qo‘shish mumkin.

Shirinliklarni ratsiondan chiqarib tashlang

Pechenye, shirinlik, fastfudlar, oq non, shakar, shokolad qisqa muddatli to‘qlik tuyg‘usini beradi, ammo juda tez vaqtda qayta ovqatlanish istagi paydo bo‘ladi. Bu ovqatlar kech kuzda ratsiondan chiqarib tashlanishi kerak. Ayniqsa, oddiy shakar va yog‘larning kombinatsiyasidan qochish lozim.

Ratsionni fasllarga moslashtirish jismoniy va ruhiy salomatlik uchun juda muhimdir. Ushbu oddiy ovqatlanish qoidalari kun davomida energiyani saqlashga yordam beradi va sovuq ob-havoda immunitet zaiflashishining oldini oladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.