Salomatlik Salomatlik Asalning 6 shifobaxsh xususiyati

Asalning 6 shifobaxsh xususiyati

O'qildi: 378


Asalning 6 shifobaxsh xususiyati

Asal — bu nafaqat mazali shirinlik, balki salomatligimiz bilan bog‘liq ko‘plab muammolarni bartaraf qilishda bizning yordamchimiz ham hisoblanadi.

Foto: Shutterstock

Asalni bir yoshgacha bo‘lgan bolalar va unga allergiyasi bo‘lganlar iste’mol qilishlari mumkin emasligini hisobga oling. Va u davolash uchun bosh vosita emas, balki yordamchi vosita ekanligini unutmang.

1.Akneni davolash

Asalli niqob yuzdagi turg‘un dog‘lar va qizarishlarni yo‘qotishga yordam beradi. Uni tayyorlash uchun 1 osh qoshiq asal va 1 choy qoshiq zaytun yog‘ini aralashtiring. Aralashmani yuzingizga suring va 20 daqiqadan so‘ng iliq suv bilan yuvib tashlang.

2. GERKni davolash

GERK(gastroezofageal reflyuksli kasallik)— bu qizilo‘ngachning me’da qaynashi bilan kechadigan yallig‘lanishi. Asal me’dadagi kislotani normallashtirish xususiyatiga egadir.

Qizilo‘ngach shilliq qavatini yumshatish va tiklash uchun bir kunda ikki marta ovqatlanishdan 1 soat oldin 1 choy qoshiqdan asal iste’mol qiling.

3. Stomatitni davolash

Asal sal yengilroq yallig‘lanishlarni davolash bilan stomatit alomatlarini yengillashtiradi.

Paxtani suvga ho‘llang va og‘izdagi yarachalarni arting. Keyin quruq paxta o‘ralgan cho‘p bilan ularga asal suring. Buni bir kunda bir necha marta takrorlang.

4. Yo‘talni davolash

200 g iliq suv ichiga yarim choy qoshiq qahva va ikki yarim choy qoshiq asal solib aralashtiring. Bir kunda uch marta iching. Asal tomoqni yumshatadi va uning qichishishini to‘xtatadi. Kofein esa bronxlarni kengaytiradi, buning natijasida nafas olish yengillashadi.

5. Ekzema va seboriyali dermatitni davolash

Ekzema terining qalinlashishi, qizarishi, qichishishi va buning natijasida qontalash yaralar paydo bo‘lishiga olib keladi. Seboriyali dermatitda bu alomatlar yuz va boshda namoyon bo‘ladi.

Kasallikning bu belgilarini yengillashtirish uchun zararlangan joyga har kuni asal surilgan bint qo‘ying va uch soat shunday qoldiring.

6. Grippni davolash

Asal gripp alomatlarini ham yengillashtirishga yordam beradi. Agar kasal bo‘lsangiz, har uch soatda bir osh qoshiqdan asal yeng. Asalli choy esa viruslarga qarshi kurashishda va immunitetni mustahkamlashga yordam beradi.

Manba: “Passion.ru”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.