Salomatlik Salomatlik 30 yoshdan oshgan ayollar foydalanishi shart bo‘lgan kosmetik mahsulotlar

30 yoshdan oshgan ayollar foydalanishi shart bo‘lgan kosmetik mahsulotlar

O'qildi: 347


30 yoshdan oshgan ayollar foydalanishi shart bo‘lgan kosmetik mahsulotlar

Tibbiyot sohasidagi yutuqlar haqiqatan ham umrni uzaytirishiga qaramay, 30 yosh eng muhim bosqich hisoblanadi, hech bo‘lmaganda teri uchun. To‘rtinchi o‘n yillikda terining elastikligi, yangiligi va yoshligini imkon qadar uzoq vaqt davomida saqlab qolish va uning xiralashishini iloji boricha kechiktirish uchun alohida harakatlar qilish kerak. Terini elastik qiladigan tabiiy kollagen, elastin va gialuron kislotasini yetarli darajada ushlab turish uchun muntazam ravsihda “Noviy ochag” nashri sanab o‘tgan besh mahsulotdan foydalanish tavsiya etiladi.

Foto: “Noviy ochag”

Retinolli sivorotka

Foto: “Noviy ochag”

Muntazam ravishda qo‘llaniladigan retinol kollagen ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga yordam beradi. Bundan tashqari, u husnbuzar va pigmentatsiya bilan ham kurashadi.  Ammo shunga qaramay, retinol o‘z ichiga olgan mahsulotlarning asosiy afzalligi ajinlar tushishini ortga surishdir.

Namlantiruvchi sovun

Foto: “Noviy ochag”

30 yoshga kelib terining tabiiy himoya to‘sig‘i yupqalasha boshlaydi va tozalash vositalaridan ko‘p foydalanish uni yanada zaiflashtiradi. Shuning uchun dermatologlar yuz terisini yuvishda ko‘p miqdorda namlantruvchi moddalarni o‘z ichiga olgan mahsulotlardan foydalanishni tavsiya etadi.

Tarkibida SPF mavjud kundalik namlantiruvchi

Foto: “Noviy ochag”

Terini har kuni ultrabinafsha nurlaridan himoya qilishda ham har kuni tishlarni yuvish yoki yuzni yuvish kabi majburiy odat bo‘lishi kerak. Buning eng oson yo‘li ertalab teriga surtilishi mumkin bo‘lgan SPFli namlantiruvchidir. U bilan kun davomida terining xavfsizligi haqida o‘ylamasa ham bo‘ladi.

C vitaminini o‘z ichiga olgan namlantiruvchi vositalar

C vitamini terini erkin radikallar ta’siridan himoya qiladigan va qarishga qarshi yanada samarali kurashishga yordam beradigan eng mos antioksidantdir. C vitamini erkin radikallarni zararsizlantiradi va kollagen ishlab chiqarishni rag‘batlantirish orqali terini qayta tiklanishiga yordam beradi.

Namlantiruvchi tana kremi

O‘ttiz yoshdan so‘ng teri suyuqlik muvozanatini samarali saqlay olmaydi va bu nafaqat yuz terisiga, balki butun badanga ta’sir o‘tkazadi. Shuning uchun muntazam ravishda yengil namlantiruvchilarni, masalan, losionlar yoki molochkalarni qo‘llash tavsiya etiladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.