Salomatlik Salomatlik Buyraklar shamollaganda og‘riqni qanday yengillatish mumkin?

Buyraklar shamollaganda og‘riqni qanday yengillatish mumkin?

O'qildi: 369


Buyraklar shamollaganda og‘riqni qanday yengillatish mumkin?

O‘z sog‘lig‘iga beparvo munosabatda bo‘lish kun kelib belning pastki qismida to‘satdan paydo bo‘ladigan kuchli og‘riqni keltirib chiqaradi. Buyraklarini shamollatib qo‘ygan kishi bunday noxush holatning takrorlanishini istamaydi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun nimalarni bilish kerak?Buyraklar yallig‘lanishini qanday davolash mumkin?

Buyrak shamollashi belgilari

Oqibatlari haqida o‘ylamasdan odamlar shamollashga yetarlicha e’tibor qaratmaydilar, issiq kiyinmaydilar. Toshli joylar, o‘t-o‘lanlar, temir-beton o‘rindiqlar aksar yoshlarning o‘zaro yig‘ilish joyiga aylangan. Bularning barchasi buyraklarda yallig‘lanish jarayonining rivojlanishiga olib keladi. Bu ham sekin, ham tez bo‘lishi mumkin.

Birinchisi, ya’ni buyrakning sekin-asta yallig‘lanishi ancha xavflidir. Chunki bu jarayon uzoq vaqt davomida sezilmaydi, ammo jiddiy oqibatlar bilan yakun topadi. Ikkinchisi o‘zini to‘satdan namoyon qiladi. Quyidagi belgilarni boshdan kechirgan bo‘lsangiz, buyraklaringizni shamollatib qo‘ygan bo‘lishingiz mumkin:

  • Tana haroratining 39 gradusga keskin ko‘tarilishi;
  • Kuchli sovuq terning chiqishi;
  • Bosh og‘rig‘ining kuchayishi;
  • Bel sohasida noqulaylik;
  • Ko‘ngil aynishi va qayt qilish;
  • Umumiy behollik;
  • Chanqoq;
  • Peshob vaqtida bezovtalanish va og‘riq;
  • Peshobning loyqalanishi, unda qon va qumning paydo bo‘lishi.

Bunday belgilar paydo bo‘lganda eng katta xato — bu o‘z-o‘zini davolashga urinishdir. Bu sog‘liqqa zarar yetkazishi va kasallikning surunkali shaklga o‘tishiga olib kelishi mumkin. Bemorga qanday yordam berish kerak?

Buyrak shamollaganda nima qilish kerak?

Buyraklar shamollaganda, urolog yoki buyrak kasalliklari bo‘yicha mutaxassis bilan tibbiy muloqotdan qochib bo‘lmaydi. Yallig‘lanish sababini aniqlash va zarar maydonini aniqlash o‘ta muhimdir. Davolanish davrining davomiyligi to‘g‘ri tashxisga bog‘liq bo‘ladi. Kasallikni erta aniqlash muvaffaqiyatli davolanishning kalitidir.

Shunga o‘xshash alomatlar sezilganda xastalik bo‘yicha ma’lum dori-darmonlarni qabul qilgan do‘stlar, tanish-bilishlar va qarindoshlarning maslahatiga tayanmang.

Omadingiz kelib tashxislar bir-biriga mutanosib kelsa ham, har bir organizm shu qadar individualki, kimdir uchun samarali bo‘lgan dori boshqasining sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Buyraklar shamollashi to‘satdan aniqlanib qolsa, nima qilish kerakligi haqidagi savolga javob aniq. Siydik va qonni to‘liq tekshirish, lozim topilsa, zararlangan organni rentgen qildirish yoki ultratovush orqali diagnostika qildirish zarur.

Shunga o‘xshash muammosi bor bemorlarga shifokor odatda quyidagilarni tavsiya qiladi:

  • Shifobaxsh parhez;
  • Dam olish va jismoniy faoliyatdan bir muddat chekinish;
  • Sovuq qotishdan saqlanish;
  • Sog‘aytiruvchi vannalar qabul qilish.

Mutaxassis nazorati ostida kasallikni tez fursatda yengib o‘tish mumkin. Asosiysi, muammoni jiddiy qabul qilib, davolash choralarini o‘tkazib yubormaslik zarur.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.