Ko‘rish qobiliyatining pasayishi: E’tiborsiz qoldirmaslik kerak bo‘lgan dastlabki alomatlar
Ko‘rish qobiliyatining pasayishi tug‘ma bo‘lishi mumkin, ammo bu turli sabablarga ko‘ra har qaysi yoshda xavotir tug‘dirishi ehtimoldan holi emas. O‘zingiz va bolalarda bu muammoni o‘tkazib yubormaslik kerak, deb yozadi “Lisa.ru” nashri.
Har qanday holatda ham quyidagi ogohlantiruvchi belgilarni e’tiborsiz qoldirmang:
- Uzoqdagi u yoki bu obyektni ko‘rish uchun ko‘zingizni qisgan holda qaray boshlaysiz;
- Obyektni ikki tomonlama ko‘rish va tasvirning xiralashishini sezasiz;
- Qorong‘ida, oqshom chog‘ida deyarli ko‘rmaysiz;
- Har qanday obyektga e’tibor qaratmoqchi bo‘lganingizda, bosh og‘rig‘ini yoki ko‘z soqqasining og‘rig‘ini his qilasiz;
- Ko‘zlaringiz qurib qolgandek yoki ularga qum kirgandek bo‘ladi;
- Qorachiqqa yorug‘lik nurlari yoki qorong‘ilik ta’sir qilmaydi, bu bosh bilan bog‘liq jiddiy jarohat borligini anglatadi;Foto: “Lisa.ru”
Sizda yuqoridagi belgilardan bittasi yoki bir nechtasi kuzatilgan bo‘lsa, oftalmolog qabuliga boring. Davolanishni qanchalik tez boshlasangiz, avvalgi ko‘rish qobiliyatingizni qaytarish ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi.
Ko‘rish qobiliyati bir necha daqiqa mobaynida keskin yomonlashishi mumkin, bir yoki ikkala ko‘zning ko‘rish qobiliyati birvarakayiga tushib ketadi. Ushbu buzilish sabablari ko‘p:(to‘r pardaning yengil ajralishi o‘zini shunday namoyon qiladi), stressdan jiddiy kasalliklarga qadar. Bosh aylanishi shu vaqtning o‘zida paydo bo‘lsa, ko‘rishning pasayishi kislorod yetishmasligi, qon tomirlarning siqilib qolishi, shuningdek, miyada qon aylanishining buzilishi kabi belgilar bilan birga kechsa, bu holat juda xavflidir. Kechiktirmasdan shifokorga uchrang.
Shuni yodda tutish kerakki, ko‘pincha bolalar bunday alomatlarni o‘zlari sezmaydilar va ularda bu muammolar borligini har doim ham tashqi tomondan aniqlash mushkul. Shu bois bolalarni yiliga bir marta oftalmolog tekshiruvidan o‘tkazish majburiydir.
Ko‘rish qobiliyatining pasayishi: doimiy yoki vaqtinchalik
Ko‘rish qobiliyatining pasayishi vaqtinchalik yoki doimiy bo‘lishi mumkin. Ko‘rishning vaqtincha yomonlashishi jiddiy davolanishni talab qilmaydi va ko‘p hollarda vizual yuk rejimi barqarorlashtirgandan so‘ng bir muncha vaqt o‘tgach, muammo o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. Ko‘pincha bunga stress, uyqusizlik yoki ko‘rish yuklamasining haddan ortiqligi sabab bo‘ladi.
Ko‘rish qobiliyatining doimiy pasayishi xavotirli sanalib, turli xil ko‘z kasalliklariga bu muammoni keltirib chiqaruvchi omil sifatida qaraladi. Yaqinni yoki uzoqni ko‘ra olmaslik kabi astigmatizm kasalliklarini obdon davolashga to‘g‘ri keladi. Ba’zi hollarda, masalan, kataraktada og‘riqsiz va samarali jarrohlik amaliyoti bemorlarga yordam beradi.
Foto: “Lisa.ru”Davolash
Zamonaviy tibbiyot ko‘rish qobiliyatini tiklashga yordam beradigan ko‘plab usullarni taklif qiladi: dori-darmon terapiyasidan jarrohlik amaliyotigacha. Shuningdek, bemorlarga turli apparat protseduralari buyuriladi. Ko‘z charchoqlarini yo‘qotish uchun oftalmolog alohida tanlangan linzali ko‘zoynaklardan foydalanishni buyurishi mumkin. Afsuski, ko‘p hollarda aksariyat kishilar o‘ylaganidek, ko‘zlar uchun gimnastika yordamida yo‘qolgan ko‘rish qobiliyatini qaytarish imkonsiz. Lekin ba’zi hollarda bu mashqlar beminnat profilaktika vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Ko‘rish qobiliyati pasayishining oldini olishdagi asosiy qoidalar
- To‘liq va tartibga solingan parhezga rioya qiling, taomnomangizda tuxum, yong‘oq, asal, dengiz mahsulotlari va sitrus mevalari kabi mahsulotlar bo‘lishi kerak;
- Ish joyingizni quyidagi me’yorlarni hisobga olgan holda tashkil qiling: monitor ko‘zingizdan 50-60 santimetr uzoq masofada bo‘lishi kerak, yorug‘lik esa chap tomonga tushishi lozim;
- Oftalmolog maslahati bilan ko‘rish qobiliyati pasayishining oldini olish uchun maxsus vitaminlar va minerallarni qabul qilish;
- Ko‘zlar uchun gimnastika mashqlarini bajarishni doimiy odatga aylantiring;
- Agar monitor qarshisida ko‘p vaqt sarflashga to‘g‘ri kelsa, mutaxassisdan maslahat oling: u ko‘zlarning quruqlashib qolishining oldini olishga mo‘ljallangan maxsus tomchilarni tanlashga yordam beradi;
- Bolalarda vizual yuklamani me’yorllashtirish. Chunki gadjetlar xilma-xilligi va maktab yuklamasining ko‘pligi hisobiga keyingi yillarda uzoqni ko‘ra olmaydigan bolalar soni tez sur’atlarda oshib bormoqda. Bu ham o‘smirlarda ko‘rish qobiliyati pasayishining keng tarqalgan sabablaridan biridir. Shu bois patologiyaning ilk alomatlarini o‘tkazib yubormaslik zarurdir.
Manba