Salomatlik Salomatlik Nima uchun pomidorni xomligicha emas, pishirilgan holda iste’mol qilish foydaliroq?

Nima uchun pomidorni xomligicha emas, pishirilgan holda iste’mol qilish foydaliroq?

O'qildi: 397


Nima uchun pomidorni xomligicha emas, pishirilgan holda iste’mol qilish foydaliroq?

Pomidor nafaqat mazali, balki bir qancha foydali xususiyatlarga ega mahsulot. “Noviy ochag” nashri nima uchun pomidorni xomligicha emas, balki pishirilgan holda iste’mol qilish foydali ekanini ma’lum qildi.

Foto: “Noviy ochag”

Pomidor yurak-qon tomir salomatligini yaxshilaydi

Pomidorning asosiy xususiyati birinchi o‘rinda likopen deb ataladigan moddasidadir. Bu pomidorga qizil rang beradigan tabiiy antioksidant hisoblanadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, likopen yurak-qon tomir tizimiga bir necha jihatdan ta’sir qiladi. Ular quyidagilar:

  • qon bosimini nazorat qilish;
  • aterosklerozning oldini olish;
  • yomon xolesterinni kamaytirish;
  • xavfli triglitseridlarni kamaytirish;
  • yaxshi xolesterin sintezini tezlashtirish.
Pomidor saraton xavfini kamaytiradi

Olimlar haftasiga ikki marta yoki undan ko‘p pitssa iste’mol qiladigan erkaklarda prostata saratoni rivojlanish xavfi 23 foizga kam bo‘lishini aniqladi. Mutaxassislarning fikricha, bu pitssa tarkibiga kiruvchi pomidor sousidagi likopen bilan bog‘liq. O‘shandan keyin pomidorni iste’mol qilish va tuxumdonlar, oshqozon, oshqozon osti bezi va prostata saratoni xavfini kamaytirish o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadigan bir qator tadqiqotlar olib borildi.

Pomidor vitamin va minerallarga boy

Pomidor ko‘pchilikda yetishmaydigan C vitamini va kaliyning ajoyib manbaidir. Qizig‘i shundaki, pomidor pyuresi butun mevaga qaraganda ikki baravar ko‘p kaliyga ega, tomat pastasida esa pyurega qaraganda ikki baravar ko‘p kaliy mavjud. Shuningdek, salat shaklida iste’mol qilinadigan to‘g‘ralgan pomidorlar ham juda yaxshi: o‘rta kattalikdagi mevada 292, o‘rta kattalikdagi bananda esa 422 milligramm kaliy bor.

Pomidor qandli diabetning salbiy ta’sirini kamaytirishga yordam beradi

Sabzavot va mevalar qandli diabetga chalingan odamlarning ratsionida bo‘lishi kerak, ammo tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ular orasida pomidor alohida o‘rin tutadi. Olimlar pomidorning stressini kamaytirishi, yallig‘lanishni bartaraf etishi, ateroskleroz va qandli diabet tufayli kelib chiqqan to‘qimalarning shikastlanishiga qarshi kurashishini aniqladi. Albatta, bir nechta pomidor shakar darajasini darhol kamaytirmaydi, ammo uzoq muddat davomida pomidor iste’molining himoya xususiyatlarini ortiqcha baholab bo‘lmaydi.

Pomidorlar ichaklar faoliyatiga yordam beradi

Ko‘pgina sabzavotlar singari pomidor ham kletchatkaning yaxshi manbai hisoblanadi — bitta o‘rtacha pomidorda taxminan 1,5 gramm mavjud. Kletchatka ovqatni hazm qilish tizimi orqali o‘tkazishga yordam beradi. Agar ichaklari faoliyati sust bo‘lsa, sabzavotli salat unga yordam beradi. Pomidorlar uzoq vaqt davomida to‘qlik hissini paydo qiladi, bu esa vazn kamaytirishni istaganlar uchun ayni muddao.

Pomidorlar terini himoya qila oladi

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, pomidorni iste’mol qilish teriga ultrabinafsha nurlar ta’sirini va quyosh kuydirishi xavfini kamaytirishi mumkin. Olimlarning fikricha, bu pomidor tarkibidagi karotinoidlarning ko‘pligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Albatta, kechki ovqat uchun pomidor salatini iste’mol qilish quyoshdan himoyalovchi kremlardan foydalanmaslikni anglatmaydi. Ko‘chaga chiqqanda kamida 30 SPF bo‘lgan quyoshdan himoyalovchi krem ​​surtish tavsiya etiladi.

Pomidor ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi

Olimlar likopenga boy oziq-ovqatlarni iste’mol qilish yoshga bog‘liq katarakta rivojlanish xavfini kamaytirishini isbotladi. Pomidorni bir juft tuxum va yashil bargli sabzavotlar bilan birga iste’mol qilish tavsiya etiladi. Ular lutein va zeaksantin, ko‘z salomatligi uchun muhim bo‘lgan yana ikkita karotenoidga boy.

Maksimal foyda olish uchun pomidorni qanday iste’mol qilish kerak?

Yangi pomidor ajoyib, lekin pishirilganda likopen ko‘proq chiqariladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 100 gramm yangi pomidorda 2,6 mg likopen, 100 gramm tomat pastasida esa 15 mg ni tashkil qiladi. Qolaversa, pomidorlarni sog‘lom yog‘lar bilan pishirish uning foydasini 4 baravar oshirishi mumkin.

 

Likopenning tavsiya etilgan sutkalik dozasi hali mavjud emas. Biroq hozirgi ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra, u 8 dan 21 mg gacha bolishi mumkin.

Kimlarga pomidor iste’mol qilish mumkin emas?

Pomidorning yorqin rangi allergik reaksiyaga olib kelishi mumkin. Shuningdek quyidagi holatlarda ham uni iste’mol qilishdan ehtiyot bo‘lish lozim:

  • o‘t pufagi bilan bog‘liq muammolarda;
  • buyrak kasalligida(tosh hosil bo‘lish xavfi mavjud).
  • pankreatit;
  • oshqozon-ichak trakti kasalliklari;
  • bo‘g‘imlar kasalliklari;
  • gipertoniya.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.