Salomatlik Salomatlik Har kuni 2 dona banan iste’mol qilish natijasida organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi?

Har kuni 2 dona banan iste’mol qilish natijasida organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi?

O'qildi: 274


Har kuni 2 dona banan iste’mol qilish natijasida organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi?

Banan — 107 ta mamlakat bozoridagi qimmatli mahsulotlar ro‘yxatida 4-o‘rin, butun dunyo oshxonalarida mazali, foydali va gazak uchun ideal mahsulot. Bananning tarkibida kaliy, kletchatka, vitamin C va B6 hamda boshqa foydali xususiyatlari mavjud. Marie Claire nashri har kuni 2 donadan banan iste’mol qilish natijasida organizmda qanday o‘zgarish yuz berishini ma’lum qildi.

Foto: Marie Claire

Avvalo ikkita oddiy banandan olinadigan ozuqa moddalari to‘plamini va ularning miqdorini aniqlab olish kerak:

  • 900 mg kaliy — 24 foiz;
  • 54 gramm uglevod — 18 foiz;
  • 2 gramm kletchatka — 24 foiz;
  • 28 gramm shakar;
  • 6 gramm oqsil — 4 foiz;
  • Jami: 210 kkal.
Bundan tashqari quyidagi vitaminlar mavjud:
  • A vitamini —  2 foiz;
  • C vitamini — 3 foiz;
  • temir — 2 foiz;
  • B6 vitamini — 40 foiz;
  • magniy — 16 foiz.
Kuniga 2 donadan banan iste’mol qilinsa, organizmda nimalar ro‘y beradi?

Organizm kaliy bilan to‘yinadi

Kaliy organizmdagi har bir hujayra tomonidan elektr zaryadini hosil qilish uchun ishlatiladi, ularsiz me’yorda ishlay olmaydi. Kaliyning ikkilamchi funksiyalaridan biri — yurak urishining muntazamligini qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom qon bosimi, qonda shakar darajasini tartibga solish.

Kattalar uchun tavsiya etilgan kaliy miqdori kuniga 3500-4700 mg ni tashkil qiladi. Ikkita banan bilan iste’mol qilinadigan kaliy miqdorining deyarli to‘rtdan bir qismi qoplanadi. Shuning uchun ushbu odatni muntazam ravishda amalga oshirish lozim.

Saraton bilan bog‘liq xavflar sezilarli darajada kamayadi

Yangi sabzavot va mevalarga boy ratsion saraton kasalligining oldini olish dasturining kalitidir: bu oziq-ovqatlar tufayli tuz, shakar va konservantlar mavjud bo‘lgan eng kam oziq moddalar qabul qilinadi Boshqa tomondan, bananda kanserogenlar va erkin radikallarning salbiy ta’sirini oldini olish qobiliyati bilan mashhur bo‘lgan C vitaminining yuqori miqdori mavjud.

Oziq-ovqat kletchatkasi haqida gap ketganda, u ovqat hazm qilish tizimini muvozanatlashi va yo‘g‘on ichak saratoni rivojlanishining oldini olishi mumkin.

Yurak faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi

Sog‘lom yurak faoliyati uchun natriy-kaliy muvozanatini saqlash juda muhimdir. Yaqinda o‘tkazilgan tibbiy tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, kuniga kamida 4069 mg kaliy olgan odamlar yurak ishemiyasidan kelib chiqadigan o‘lim xavfini kamida 49 foizga kamaytiradi. Bundan tashqari, banandagi ko‘p miqdordagi kletchatkalar, C va B6 vitaminlari yurak urishining muntazamligini saqlashga yordam beradi.

Shakarga bo‘lgan ishtiyoqni sog‘lom tarzda qondiradi

Zamonaviy parhez amaliyotida shakar aniq salbiy ta’sirga ega. Ammo shuni esda tutish kerakki, parhezshunoslar shakarga qarshi emas, balki shakar mavjud bo‘lmagan, ya’ni sun’iy ravishda kiritilgan mahsulotlarga qarshi. Banan tarkibida tabiiy shakar mavjud bo‘lib, sog‘liqqa salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.